SUNIY SPOOL BUYUMLAR ISHLAB CHIQARISHNING QISQACHA TARIXI
.
Bugungi kunda sopol buyumlari va materiallari mamlakat xalq xo‘jaligida boshqa qurilish va xo‘jalik mahsulotlari qatori kata ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda o‘nlab mahsus fayans zavodlari bo‘lib, bu korxonalarda turli-tuman xildagi hujalik buyumlari-piyola, tarelka, kosa, ko‘ra, ko‘zacha, kuvacha, tovoq kabilar ko‘plab ishlab chiqarilmoqda. Bu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxi kamaydi, assortimenti esa ko‘paydi. Mayolika, xo‘jalik va ziynatli sovg‘a buyumlari, xaykalcha, suvenirlar ko‘pgina xonadonlarning ko‘rki va kundalik turmush buyumiga aylandi.
Angren, Toshkent, G‘ijduvon, Rishton, Xiva va Samarqandning bir kator keramika zavodlari, qurilish materiallari kombinatlarida fayans mahsulot shaklini did bilan ishlash va naqshini tarixiy va zamonaviy yodgorliklar bilan sir berib bezash odat tusiga kirdi. Ilgari respublikamiz kulolchiligi korxonalarida o‘nga yaqin kosa, lagan, ko‘za, piyola, siyoxdon ishlab chiqarilgan bo‘lsa, endilikda 70 dan ortiq hildagi keramika maxsulotlari – serviz, vaza, tuvak, mayolika, koshin, quvur kabilar ishlab chiqarilmoqda.
Sirlangan keramika materiallari koshinlarga qo‘yilgan barcha talablarni qondiradi. Ular uzoqqa chidaydigan atmosfera taʼsiriga bardosh beradigan va ko‘rinishi chiroyli bo‘lganligidan xozirgi vaqtda kurilishda keng ko‘lamda va samarali foydalanilmoqda.
Jamoat binolarining vestibyullari, davolanish muassasalari hamda «O‘zkimyosanoat” korxonalarining pollariga Toshkent qurilish materiallari va Angren keramika kombinatlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar yotqizilgan. Bunday polbop plitalar amalda suv o‘tkazmaydi, qavatlararo yopmalarning ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarni namdan himoya qiladi, tezda ishqalanib yeyilmaydi, zang olmaydi va oson yuviladi. Ular odatda kislota va ishqorlar taʼsiriga chidamli va nam singdirmaydigan bo‘ladi.
Kanalizatsiya uchun ishlatiladigan sopol quvur va sanitariya-texnika buyumlari ishlab chiqarilishi kata ahamiyat kasb etmokda. Kanalizatsiya kuvurlari diametri 150-600 миллиметр, sopoli zich, zarralari uyushib qotgan, sirti va ichi sirlangan bo‘ladi. Sanitariya-texnika buyumlaridan vannalar mustahkamligi yukori fayans sirtiga xar turli rangdagi emal qoplash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday vannalar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda yasalib, tubi yassi, devorlarining ichi kovak bo‘ladi. O‘zbekistonda bunday buyumlar Angren keramika kombinatida ko‘plab ishlab chiqarilmoqda.
Sopolsozlikni rivojlantirish uchun birinchi navbatda mavjud korxonalardagi eskirib qolayotgan dastgox-uskuna va mexanizmlarni Yangi serunum avtomatlarga almashtirish kerak. Bu o‘rinda Toshkent qurilish materiallari kombinati ishlari diqqatga sazovor. Italiya firmalari bilan xamkorlik qilish orqasida chikayotgan mahsulotlar sifati oshib, jaxon andozalari talabiga javob beradigan bo‘ldi.
Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan gil, kvars, dala shpati kabi xom ashyolar koni izlab topilishi lozim. Baʼzan ashyoning o‘z vaqtida yetkazib berilmasligi sababli mavjud texnikadan ham yetarli foydalanilmayotir. Bu borada injener texnologlarga respublikamiz geolog va geoximiklarning yordami suv va havo kabi zarur.
Plita, quvur, sanitariya-texnika buyumlarning sifati, o‘lchamining bir turligi, qirralarining tekisligi zamona talablaridan bir oz orqada. Ularning reaksion muhit taʼsiriga chidamligini oshirish zarur.
Fayans buyumlarining massasini yaxshilash masalasi ham kun tartibining muhim masalasidir. Bu o‘rinda apatit va fosforit konsentratlarini massa tarkibiga kiritilganda fayans kuydirish temperaturasi pasayadi, qimmatbaxo dala shpati tejaladi.
Mavzuga oid tayanch so‘z va iboralar.
Sopol – giltuproq, dala shpati, qum kabi komponentlardantermik ishlov berish natijasida olingan qattiq material.
Tuproqli fayans buyumlari – kulolsozlik buyumlari nomi Bilan yuritiladi. Agar ular sirlangan va gul chizilgan bo‘lsa, sirlangan guldor sopol nomli buyumlar.
Qurilish va sanoat qurilishi materiallari – devorbop va bezakbop sopol buyumlar, kanalizatsiya uchun ishlatiladigan sopol quvurlari sanitariya-kurilish sopol buyumlari.
Ohakli fayans – yumshoq fayans. Bu fayans turiga «turk” fayansi, yarim fayans buyumlari kiradi. Bu mahsulotlar fors sopolsozligiga asoslangan bo‘lib, uning tarkibida gil, kvars, dala shpat iva ohaktosh bo‘lgan.
Qattiq fayans – rangi oq, sopoli g‘ovak, sirti sir Bilan qoplangan bo‘ladi. Bularga vanna, unitaz, umivalnik, bak va boshka buyumlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |