1-MAVZU: KIRISH. CHO’YAN VA PO’LAT ISHLAB CHIQARISH.
R E J A .
Po’lat ishlab chiqarishning qisqacha tarixi haqida umumiy ma’lumot.
Po’lat ishlab chiqarishning fizika - kimyoviy jarayoni.
Konvertor usulida po’lat ishlab chiqarish. Konvertorlarning tuzilishi va ishlash printsipi.
Tayanch iboralar:
Qayta ishlanadigan cho’yan, leSatel printsipi, Shihtani suyultirish, uglerodning oksidlanishi, temir oksididan temirning qaytarilishi, Bessemer qonvyontori, Tomas qonvyontori, qonvyontorni iS unumi, futyorovka.
Po’lat asosiy konstruksion material bo’lib, u cho’yanga nisbatan puxta, plastik, yuqori oquvchanlikka ega va qoliplarni bir tekisda ravon tuldiradi, prokatlash, bog’lalash bosim bilan va kesuvchi asboblar bilan kesib ishlash, yaxshi payvandlanuvchanlik xususiyatiga egadir.
Mamlakatimizning Xalq xo’jaligini turli tarmoqlarida (mashinasozlikda, transportda, samolyotsozlikda, va hokazo) sohalarida po’latga nisbatan talab kundan - kunga ortib bormoqda.
Po’latning olinishi usullari 1740 yilda Angliyada birinchi marta tigellarda po’lat tayyorlana boshlandi, bu usul ancha ilgari Sharqda qo’llanilgan edi.1784 yildan boshhlab po’lat olishning pudlinglaS usulidan - cho’yan tarkibidagi turli xil qo’shimchaalarni alangali pech tubida oksidlantiriS yo’li bilan cho’yandan butka (hamir) holatidagi jarayondan foydalanildi.
Bu usullar kam unumli bo’lib, ko’p yoqilg’i va mehnat sarf qilinar edi. H1H asrning ikkinchi yarmida sanoat va transport Shuningdek, temir yo’l transporti barq urib rivojlanishi g’oyat ko’p miqdordi po’lat talab qilina boshladi, po’lat ishlab chiqarishning eski usullari bu talabni qondira olmadi. Po’lat suyuqlantirib olishning yangi, ancha unumdor usullari yaratiladi.1856 yilda konvertorlarda suyuq cho’yandan quyma po’lat olishning Bessemer usuli,1878 yilda tomas usuli paydo bo’ldi.1857 yilda rus metallurgi P.M.Obuxov o’zi kashf yotgan usulga cho’yan bilan yumshoq po’latni qo’shib suyuqlantirish orqali zambarak po’lati hosil qildi. P.M.Obuxovning zambarak po’lati sifat jihatidan chyot el po’latlaridan ustun turardi.
1864 yilda alangali pechlarda po’lat ishlab chiqarishning Marten usuli, 1899 yildan boshhlab po’lat olishning elektrik pechlarda usuli qo’llanila boshlandi. Po’lat ishlab chiqarishning elektrik usuli 1802 yilda akad. V.V.Pyotrov kashf yotgan elektr yeyi hodisasidan foydalanishga asoshlangan.
Cho’yanni po’latga aylantiriS uchun cho’yandan ortiqcha uglerod, kremniy, marganes va Ayniqsa zararli qo’shimchaalar S bilan R chiqarib yuboriladi.
2. Kimyoviy reaksiya tezligi qayta ishlanuvchi cho’yanlarning tarkibiga konsentrasiyasiga va temperaturasiga bog’liq bo’ladi. Qayta ishlanuvchi cho’yanlardan kimyoviy tarkibining o’zgarishi quyidagi 1jadvalda % hisobida keltirilgan.
Jadval - 1.
Do'stlaringiz bilan baham: |