Materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar



Download 3,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/62
Sana22.06.2022
Hajmi3,35 Mb.
#692047
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Kesish nazariyasi 2



 
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAHSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
A.
 
 ZAPAROV 
 
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH, 
ASBOBLAR VA STANOKLAR 
5112100 – Mehnat ta’limi yo’nalishi talabalari uchun 
o'quv qo'llanma



ANDIJON – 2020 
A.
 
ZAPAROV. Materiallarni kesib ishlash, asboblar va stanoklar.
Ushbu o’q’uv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta mahsus 
ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan pedagogika yo’nalishi universitetlari 
hamda institutlarining 5112100 - «Mehnat ta`limi» bakalavr yo’nalishi uchun 
«Materiallarni kesib ishlash, asboblar va stanoklar» fani dasturi asosida yozilgan.
Qo'llanmada materiallarni kesib ishlashning nazariy asoslari, stanoklarturlari
va ularning tuzilishi, ularda bajariladigan ishlar hamda kesuvchi 
asboblarto'g’risidagi ma`lumotlar keltirilgan. 
Это учебное пособие написано на основе программ, утвержденной
Министерством высшего и среднего специального образовании
Республики Узбекистан, предназначеного для бакалавриата 5112100 - 
«Трудовое обучение» университетов и институтов педагогического 
направления, по курсу «Резание материалов, инструменты и станки».
В пособии даются сведения об основах теории резания, разновидностей 
станков и их конструкии, о видах выполняемых на них работ а также 
режущих инструментах. 
This study guide is written on the basis of programs approved by the 
Ministry of higher and secondary special education of the Republic of Uzbekistan
intended for undergraduate 5112100 - "Labor training" universities and institutes 
of pedagogical direction, at the course "Material cutting, tools and machine tools." 
The manual provides information on the basics of the theory of cutting, 
varieties of machines and their design, on the types of work performed on them as 
well as cutting tools. 
Taqrizchilar: A.B.Djumaboev - texnika fanlari dokto’ri, professo’r. 
М.U.To’raev - texnika fanlari nomzodi, dotsent. 



KIRISH 
Materiallarni kesib ishlash, asboblar va stanoklar fanining maqsadi 
materiallami kesish jarayonining fizikaviy asoslarini, asbobsozlik materiallari
kesuvchi asboblarning ishlatilishi va ulami loyixalash, ishlab chiqarishda keng 
tarqalgan stanoklaming tuzilishi, ularda bajariladigan ishlarga oid masalalarni 
o‘rganishdir. Shuningdek: kesish jarayoni to‘g ‘risida umumiy ma'lumot, 
keskichning kesuvchi qismining elementlari, geometriyasi, mashina va donalik 
vaqti. Kesib ishlashning fizik hodisalari: o‘simta, qirindining kirishuvi, kesish 
jarayonida hosil boMuvchi issiqlik hodisalari, kuchlar, kesish tezligi,
yo'nilgan sirtning sifati, metallmas materiallarni kesib ishlash, tokarlik, randalash, 
parmalash, frezerlash, jilvirlovchi, yog‘ochni qayta ishlovchi stanoklar, hamda
materiallami fizik-kimyoviy ishlov berish haqida talabalarga bilim berishdir. 
Ushbu fanning vazifasi materiallarni kesib ishlashning nazariy asoslari
va zamonaviy metall kesuvchi stanoklaming asosiy turlarini boshqarish,
sozlash, kesuvchi asboblami charxlash, ratsional kesish rejimlarini tanlash va
boshqalami o‘rgatishdan iborat. 
Metallarni kesish haqidagi fan oldida, yangi konstruksion materiallar, 
zanglamas va issiqbardosh qotishmalar, sintetik materiallarni keng ko’lamda 
qo’llash kabi yangi muhimmasalalalar turadi. Kesish jarayonini tekshirishning 
an’anaviy usullari va vositalari kuchsiz hisoblanadi. Po’latlar va cho’yanlar uchun
o’rnatilgan kesish jaryonining qonuniyatlarini ko’p xollarda yangi ishlab 
chiqarishda qo’llana boshlagan konstruksion metallarga va ularning 
qotishmalariga ishlov berishda ko’llash mumkin emas. Kesish jarayonini nazariy 
va eksperimental o’rganishning yangi bosqichlari, yangi usul, apparatura va 
o’lchovchi asboblar keng qo’lamda qo’llanilishi bilan harakterlanadi. Kesuvchi
asbob va buyumning qatlam yuzasini hosil bo’lishini tekshirishda rentgen 
qurilmalari va elektron mikroskoplar qo’llanilmoqda. Kesuvchi asbobning eyilishi
va o’tmaslanishi tamgali atomlar yordamida o’rganilmoqda, issiqlik xodisalari 
elektron modellarda kuzatilyapti, rasional kesish maromlarini hisoblash uchun 
hisoblash mashinalari qo’llanilyapti. 
Metallarni kesib ishlash kishilarga qadimdan ma’lum bo’lib, bu ishlar asosan 
sodda mashina va mexanizmlar yordamida, qo’lda harakatga keltirilgan.
Metallarni kesish xaqidagi fan XIX asrning ikkinchi yarmida shakllana boshladi. 
Metallarni kesish jarayonlarini haqiqiy ilmiy tekshirishi 1870 yilda I.A.Timening 
"Сопротивлениеметалловидереварезанию" kitobini nashr etilishdan boshlandi 
deb xisoblash mumkin. Bu kitob kesish jarayonining fizik asoslarini nazariy 
o’rganishga asos soldi. I.A.Timening nazariy xulosalari rus olimlari Malqshev 
(1877), P.A. Afanasev (1884), A.V.Gadolin (1888), K.A. Zvorqkin (1893), A.A. 
Briks (1896) tomonidan to’ldirilgan, aniqlangan va rivojlantirilgan.
Metallarni kesish xaqidagi fanni rivojlantirishga va uni mustahkamlashga 
Vatanimiz Oliy o’quv yurtlari, ilmiy tekshirish institutlari olimlari va korxonalar 
xodimlari katta hissa qo’shganlar. Jumladan V.A.Mirboboev, G.P.Vasil’ev, 
A.S.Iskandarov va boshq. Kesish jarayonining qonunyatlari, mutaxassislari 



tajribalari va yangi fan yutuqlarini umumlashtirish va tarqatish fan va ishlab
chiqarish xodimlari ittifoqini mustahkamlashni, metallarni kesish nazariyasini va 
amaliyotini muvaffaqiyatli mukammallashtirish va rivojlantirishning ishonchli 
kafolati hisoblanadi. 
Hozirgi zamon stanoksozlik korxonalari metal kesish stanoklarining eng 
zamonaviy turlarini ishlab chiqarib, qo’l mehnatini kamaytirib, arzon va sifatli 
mashinalar ishlab chiqarish borasida talaygina ishlarni amalga oshirmokdalar. 
Bularga misol qilib avtomat va yarim avtomat stanoklar, sonli dastur bilan 
boshqariladigan stanoklar robot manipulyatorlar va ishlab chiqarish robotlari 
amalga oshiradigan texnalogik jarayonlar bilan tuzilgan potok liniyalarni sanab 
o’tish mumkin. Bularning yorqin misoli tariqasida O’zbekistonda faoliyat 
ko’rsatayotgan UzDEU qo’shma korxonasi, Toshkent aviasozlik birlashmasi, 
CHirchiq o’tga chidamli materiallar zavodi, Toshkent traktor zavodi va 
boshqalarni sanab o’tish mumkin. 

Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish