Oddiy refleksli agentlar.
Oddiy agentning ko’rinishi - bu oddiy refleksiv agent hisoblanadi. Bunday agentlar idrok etishning barcha tarixiy aktlarini inkor etib, idrok etishning joriy aktlari asosida harakatni tanlaydilar.
Oddiy refleksli agentlari diqqatga sazovor xususiyati bilan ajralib turadi, ular juda sodda, ammo ular juda cheklangan aqlga ega bo’ladi. Ushbu turdagi agentlar, agar to'g'ri qaror faqat hozirgi idrokka asoslangan holda, boshqacha aytganda, muhit to'liq kuzatilgan bo'lsa, ishlaydi. Kichik miqdordagi kuzatilmaslikning joriy etilishi uning ishlashiga jiddiy xalaqit berishi mumkin. Misol. Agent – tozalagich: Qarorlar faqat mavjud joy va unda axlat borligi haqidagi ma'lumotga asoslanadi.
Modelga asoslangan refleksli agentlar.
Qisman kuzatish sharoitida ishni tashkillashtirishning eng samarali usuli - bu joriy vaqtda agent tomonidan idrok etilgan ma’lumotlarga mos keluvchi dunyoning qismini kuzatishdan iborat. Bu shuni anglatadiki, agent idrok qilish aktlari tarixiga bog'liq bo'lgan va shu bilan birga hech bo'lmaganda hozirgi holatning kuzatib bo'lmaydigan tomonlarini aks ettiradigan o'ziga xos ichki holatni saqlab turishi kerak. Misol sifatida mashinani boshqarishda mashina harakatini bir qatordan boshqasiga o'tish masalasini hal qilish uchun agent boshqa barcha avtomobillarni bir vaqtning o’zida ko’rolmasa, u boshqa mashinalarning qayerdaligini kuzatishi kerak. Vaqt o'tishi bilan ushbu ichki holat haqidagi ma'lumotni yangilash uchun ikki xil ma'lumot agent dasturiga kodlangan bo'lishi kerak. Birinchidan, mashinalar harakati holati agentdan bog’liq bo’lmagan holda o'zgaradi, masalan, oldinda harakatlanayotgan mashinani quvib o’tmoqchi bo’lgan mashina oldingi harakatini o’zgartirib oldingi mashinaga yaqinlashadi. Ikkinchidan, agentning o'z xatti-harakatlari holatga qanday ta'sir qilishi to'g'risida ma'lum ma'lumotlar talab qilinadi, masalan, agent rulni soat yo'nalishi bo'yicha aylantirganda, mashina o'ngga buriladi yoki mashina besh minut mobaynida shimolga harakatlangandan keyin u besh minutdan oldingi holatiga nisbatan 5 kilometr shimolda joylashgan bo’ladi. Bu holatlarning o’zgarishini mantiqiy sxemalar yoki murakkab ilmiy nazariyalar bilan model ko’rinishda tasvirlash mumkin. Bunday modeldan foydalanadigan agentga modelga asoslangan agent deyiladi. Modelga asoslangan refleksli agent ichki holat asosida harakat qiladi va hozirgi idrok oldingi ichki holat bilan birlashtirilib, hozirgi holatning yangilangan tavsifini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |