Sun'iy intellektdagi intellektual agentlarning turlari. Intellektual agentlarning sinflari



Download 30,44 Kb.
bet5/7
Sana02.12.2022
Hajmi30,44 Kb.
#877141
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SI IA — копия

O’rganuvchi agentlar.
O’rganuvchi agentning tuzilishini to'rtta kontseptual tarkibiy qismga bo'lish mumkin. Eng muhim farq takomillashtirishni amalga oshirishga javob beradigan o’rganuvchi komponent va tashqi harakatlarni tanlashni ta'minlaydigan samaradorlik komponenti o'rtasida kuzatiladi.
Samaradorlik komponenti - bu idrok qilingan ma'lumotni qabul qiladigan va hatti-harakatlarning bajarilishi haqida qaror qabul qiladigan agentning qismi hisoblanadi. O’rganuvchi komponent agentning qanday harakatlanishini baholash uchun tanqidchining fikridan teskari aloqa yordamida foydalanadi va kelajakda samaraliroq harakatlanish uchun samaradorlilik komponentni qanday o'zgartirish kerakligini aniqlaydi. O’rganuvchi komponentning loyihasi samaradorlik komponenti loyihasiga juda bog'liq bo’ladi. Tanqidchi o'rganuvchi komponentga samaradorlik standartining doimiyligini hisobga olib agentning qanchalik yaxshi harakatlanayotgani haqida ma’lumot berib turadi. Agentning muvaffaqiyatli harakatlanishi uchun idrok etilgan natijalar emas, balki tanqidchi zarur. Masalan, shaxmat dasturida raqibini mag'lubiyatga uchratganligini ko'rsatuvchi yaxshi natijalar olinishi mumkin, ammo buning yaxshi natija ekanligini aniqlash uchun samaradorlik standarti talab qilinadi; idrok qilingan ma'lumotlarning o'zi bu haqda hech qanday natija bermaydi. Bunda samaradorlik standarti doimiy bo'lishi muhim hisoblanadi. Aslida, ushbu standartni agent uchun mutlaqo tashqi ko'rinish sifatida qarash kerak, chunki agent uni o'z xatti-harakatlariga mos kelishi uchun o'zgartira olmasligi kerak.

O’rganuvchi agentining oxirgi komponenti muammolar generatori hisoblanadi. Uning vazifasi yangi va muhim tajribani olishga olib keladigan harakatlarni taklif qilishdir. Gap shundaki, agar samaradorlik komponenti o’zini namoyon qilsa, u holda agent o’z bilimi nuqtai nazaridan eng yaxshi deb hisoblangan harakatlarni bajarishni davom ettiradi. Agar agent ozgina tajriba o'tkazishga tayyor bo’lsa va qisqa muddatda bajargan harakatlari unchalik optimal bo’lmasa, u holda agent uzoq muddatli kelajak nuqtai nazardan ancha yaxshi harakatlarni aniqlay oladi.


Muammo generatori bunday izlanish harakatlarini taklif qilish uchun mo’ljallangan. Ba'zi adabiyotlarda O’rganuvchi agentlar avtonom intellektual agentlar (angl. autonomous intelligent agents) deb ham ataladi, bu ularning mustaqilligi va o'rganish hamda o'zgaruvchan sharoitlarga moslashish qobiliyatini anglatadi. Nikolay Kasabov fikriga ko'ra, intellektual agentlar tizimi quyidagi qobiliyatlarni namoyon qilishi kerak:
• аtrof-muhit bilan o'zaro munosabat jarayonida o'rganish va rivojlantirish;
real vaqt rejimiga moslashish;
• katta hajmli ma'lumotlarga asoslanib tez o'rganish;
• muammolarni hal qilishning yangi usullariga bosqichma-bosqich moslashish;
• misollar bazasini to'ldirish qobiliyatiga ega bo'lish;
tez va uzoq xotirani, yoshni va boshqalarni modellashtirish parametrlariga ega bo’lish;
• xulq, xato va muvaffaqiyat nuqtai nazaridan o'zini tahlil qilish.

Oddiy agentlar. Bunday agentlar joriy bilimlar asosida harakat qiladi. Ularning agentlik funksiyasi “shart-harakat” sxemasiga asoslanadi. IF (shart) THEN harakat. Bu funksiya muvaffaqiyatli qo’llaniladi, qachonki bizni o’rab turgan muhitni to’liq nazoratga olish mumkin bo’lsa.





Download 30,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish