Sun'iy intellektdagi intellektual agentlarning turlari. Intellektual agentlarning sinflari



Download 30,44 Kb.
bet2/7
Sana02.12.2022
Hajmi30,44 Kb.
#877141
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SI IA — копия

Agent tuzilmasi.

Hozircha agentlarning xususiyatlari idrok qilishning har qanday ketma-ketligini agent olganidan keyin, uning tomonidan bajariladigan harakatlarni tahlil qilish asosida qaralgan edi. Endi ularning ichki faoliyati qanday tashkil etilganligini ko'rib chiqamiz. Sun'iy intellektning vazifasi - idrok va xatti-harakatlarni aks ettirishda agent funksiyasini ifodalovchi dasturlarni ishlab chiqishdan iborat. Bu holda dastur fizik datchiklar va bajaruvchi mexanizmlardan iborat hisoblash qurilmasi asosida ishlashi tahmin qilinadi. Bu komponentlar agentning arxitekturasi deb nomlanadi va agent tuzilmasi shartli ravishda quyidagi formula bilan belgilanadi.


Agent = arxitektura + dastur.
Shubhasiz, tanlangan dastur ushbu arxitektura uchun mos bo'lishi kerak.
Masalan, agar dastur Walk (yurish) kabi harakatlarni bajarish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqsa, u holda arxitekturada tayanch-dvigitelli apparatdan foydalanishni oldindan bilishi tavsiya etiladi. Arxitektura an'anaviy shaxsiy kompyuter bo'lishi mumkin yoki u bir nechta bortli kompyuterlar, videokameralar va boshqa datchiklarga ega robotlashtirilgan avtomashina sifatida amalga oshirilishi mumkin. Umuman olganda, arxitektura datchiklardan olingan idrok natijalarini dasturga, dasturni bajarishga va dastur tomonidan tanlangan harakatlar variantlarini ijro etuvchi mexanizmlarga o'tkazishni ta'minlaydi. Arxitektura shaxsiy kompyuter yoki robot transport vositasi bo'lishi mumkin.


Agent dasturlari.

Barcha agent dasturlar bir xil tuzilishga ega: ular datchiklardan joriy idrok etish natijalarini kirish ma'lumotlari sifatida qabul qiladi va tanlangan harakat variantini bajaruvchi mexanizmlarga (aktuatorlarga) qaytaradi. Joriy idrok natijalarini kirish sifatida qabul qiladigan agent dasturi bilan idrok qilish harakatlarining butun tarixini kirish sifatida qabul qiladigan agent funksiyasi o'rtasidagi farqni ko’rsatish kerak. Agent dasturi kiruvchi ma’lumotlar sifatida faqat joriy idrok natijalarini oladi, chunki u o'z muhitidan boshqa hech narsa o'rgana olmaydi. Agar agentning harakatlari idrok qilish harakatlarining butun ketma-ketligiga bog'liq bo'lsa, unda agentning o'zi bu his qilish harakatlarining natijalarini eslab qolishi kerak. Deyarli barcha intellektual tizimlarning asosini tashkil etuvchi dasturli agentlarning beshta asosiy turi mavjud.


- oddiy refleksli agentlar;
- modelga asoslangan refleksli agentlar;
- maqsadga asoslangan agentlar;
- foydalilikga asoslangan agentlar;
- O’rganuvchi agentlar.



Download 30,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish