Kompyuter sohasidagi intellektual agentlar.
Bu sohada asosan to’rtta tipli intellektual agentlar mavjud:
1. Sotish bilan shug’ullanuvchi robotlar;
2. Foydalanuvchiga mo’ljallangan yoki personal agentlar;
3. Boshqaruvchi va kuzatuvchi agentlar;
4. Axborotlarni oluvchi agentlar.
1. Sotish bilan shug’ullanuvchi robotlar-tarmoq resurslaridan (ko’proq intenetdan) sotiladigan tovarlar va xizmat ko’rsatish to’g’risidagi axborotlarni to’playdi. Bunday robotlar xo’jalik tovarlari, ya’ni kompakt-disklar, kitoblar, elektr tovarlari va boshqa tovarlarni sotish uchun samarali ishlaydi. Bunday robotlarga misol sifatida Amazon.com ni keltirish mumkin.
2. Foydalanuvchiga mo’ljallangan yoki personal agentlar-bu sizning nomingizdan sizning qiziqishingizga qarab harakat qiluvchi intellektual agentlar hisoblanadi.
Bunday agentlar quyidagi topshiriqlarni bajaradi:
sizning pochtangizni tekshiradi, ularni muhimligi bo’yicha saralaydi, keladigan xat to’g’risida sizni xabardor qiladi;
kompyuter o’yinlarida sizning opponentingiz sifatida o’ynaydi;
yangiliklarni to’playdi;
tanlangan fan bo’yicha axborotlarni izlaydi;
mustaqil ravishda web-shakllarni to’ldiradi va kelajakda foydalanish uchun
axborotlarni saqlaydi;
web - sahifalarni ko’rib chiqadi va tayanch axborotlarni yoritadi;
siz bilan turli mavzularda bahslashadi.
3. Boshqaruvchi va kuzatuvchi agentlar-bu kuzatishni amalga oshiradi va hisobotlarni jo’natadi. Masalan, “NASA’s Jet Propulsion Laboratory” da inventarlar, rejalashtirish, jadval tuzish holatlarini kuzatuvchi agent bor. Bunday agentlar kompyuter tarmoqlarini kuzatadilar va tarmoqga ulangan har bir kompyuter konfigurasiyasini nazorat qiladi.
4. Axborotlarni oluvchi agentlar-bu ma’lumotlar omborida harakat qilib ma’lumotlarni yig’ish bilan shug’ullandi. Ma’lumotlar ombori turli manbalardan olingan axborotlarni o’zida birlashtiradi. Axborotlarni yig’ish -bu kelajakda foydalanish uchun ma’lumotlarni qidirish jarayoni, masalan, sotuvni ko’paytirish yoki sotib oluvchilarni jalb etish.
Dasturli agentlar. Bunday agentlarni sinflashda quyidagi asosiy alomatlardan foydalaniladi:
1) tashqi muhit haqidagi ichki tasvirlashlarning rivojlanish darajasi;
2) munosabat uslubi.
Birinchi alomat bo’yicha agentli dasturlar intellektual (kognitivli, fikrlovchi) va reaktiv agentlarga bo’linadi. Intellektual agentlar o’zida mavjud bilimlar bazasiga, harakatlarni fikrlash va tahlil qilishning mavjudligi uchun tashqi muhitni yaxshi va simvolli modellashtirish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Reaktivli agentlar tashqi olam haqida umuman yoki cheklangan tasavvurga ega va bashorat qilish ko’lami juda cheklangan bo’ladi. Ular o’zining harakatini rejalashtirish qobiliyatiga ega bo’lmaydi, tashqi olam ta’siriga kuchli bog’langan bo’ladi. Ular fikrlashdan foydalanmaydi va shaxsiy resurslarga han ega bo’lmaydi.
Kognitivli agentlar reaktivli agentlarga nisbatan tashqi olam to’g’risida ko’proq tasavvurga ega bo’ladilar. Bunga ular o’zlaridagi mavjud bilimlar bazasi va masalani yechishning mexanizmlari yordamida erishadilar. Kognitivli agentlar tashqi olamni ichki tasavvur etish va fikrlash qobiliyatlarining rivojlanganligi sababli turli holatlarni saqlash va tahlil qilish, o’z harakatiga ta’sir etuvchi turli holatlarni bashorat qilish, o’z harakatlaridan kelib chiqib kelajakda qanday harakat qilishni rejalashtirish uchun xulosa chiqarish qobiliyatlariga ega.
Mobilli agentlar – bu tarmoq bo’yicha ko’chib yuradigan dastur hisoblanadi. Ular o’zining harakatini bajarish uchun kliyent kompyuterdan chiqadi va masofaviy serverga ko’chadi, undan keyin yana orqaga qaytadi. Mobil agentlar kompyuter tarmoqlari uchun istiqboli porloq hisoblanadi, lekin hozirgi vaqtda ularni yaratishning alohida standartlari mavjud emas, bir qator muammolar, ya’ni tarmoq bo’yicha siljishning rasmiy uslublari, tarmoq bo’yicha beriladigan viruslardan himoyalash, agentlar tomonidan shaxsiy mulk huquqiga rioya qilish, axborotlarning maxfiyligini saqlash kabilar o’z yechimini topaolmayapti.
Dasturli agentlarga misollar. 1) IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan ABE (Agent Building Environment) agentlarni yaratish muhiti – intellektual agentlarga asoslangan hamda mavjud ilovalarni yangi agentlar bilan to’ldiruvchi ilovalarni yaratish uchun qo’llaniladi. Bunda intellektual agentlar muhit shartlarini kuzatadi, qoidalar asosida qaror qabul qiladi va natijada ba’zi harakatlarni bajaradi. 2) Bits & Pixels firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Intelligent Agent Library maxsuloti agentlarning o’zaro aloqasini va agentlar guruhini qurishni ta’minlash uchun qo’llaniladi. U KQML tiliga asoslangan va Web-ilovalarda ishlaydigan agentlarning namunaviy misollarini o’z ichiga olgan. Bu ilova mobil agentlarni yaratishda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |