Strukturaviy ma’lumotlar: barqaror bo‘lishini ta’minlash uchun qat’iy formatga ega bo‘lgan ma’lumotlar
Strukturasiz ma’lumotlar: Qat'iy formatga ega bo‘lmagan ma’lumotlarning har qanday shakli strukturasiz ma’lumotlar sifatida tasniflanadi. Har qanday video, audio va tasvir fayllari bunga misol bo‘lishi mumkin.
3-qadam. Algoritm tanlash.
Bu qadam SI tizimini yaratishning asosiy qismi yoki eng muhim qismi xisoblanadi. Qo‘llanilish sohasiga qarab, algoritm o‘z shaklini o‘zgartirishi mumkin.
4-qadam. SI tizimini yaratish uchun eng maqbul dasturlash tilini tanlash: Dasturlash tilini tanlashda turli xil variantlar mavjud. C++, java va python kabi zamonaviy tillar mavjud. Python dasturlash tili SI tizimlarini yaratish, hamda kod yozish uchun eng yaxshi tanlovdir.
5-qadam. Platformani tanlash: Quyidagi platformalar SI tizimni yaratish jarayonini yengillashtirish va modellarni yaratishda yordam berish uchun qurilgan. Microsoft Azure Machine Learning, Google Cloud Prediction API, TensorFlow va boshqalar kabi mashhur platformalar foydalanuvchiga ma’lumotlarni oldindan qayta ishlash, modelni o‘qitish va baholash kabi masalalarda yordam beradi.
SI tizimi dasturlarning o‘zini tutishini avtomatik modellashtiradi
Afsuski, yaxshi xulq-atvorni modellashtirishga asoslangan zararli dasturlarni aniqlaydigan SI tizimini ishlab chiqish oson emas. Katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, qonuniy dasturlar va foydalanuvchilar bajaradigan deyarli hamma narsani qo‘lga olish, qayta ishlash va tasniflash kerak. Bu nafaqat ma’lumotlarga kirishni, balki juda katta hajmdagi ishlov berishni talab qiladi. Bu hech qachon tugamaydigan ishdir. Dasturlar harakati muntazam o‘zgarib turganligi sababli, xatti-harakatlarni modellashtirish abadiy vazifadir.
Yaxshi xulq-atvorni modellashtirish bo‘yicha barcha vazifalarni qo‘lda bajarish deyarli imkonsiz. Biroq, sun’iy intellekt ushbu turdagi ishlar uchun juda mos keladi. Odamlardan farqli o‘laroq, sun’iy intellekt hech qachon charchamaydi, juda katta ma’lumotlar to‘plamini boshqarish uchun g‘ayrioddiy usullardan foydalanadi va avtomatik ravishda oddiy xatti-harakatlarning asosiy modellarini yaratishi mumkin.
Xulq-atvorni modellashtirish hech qachon tugamaydigan ish bo‘lsa-da, sun’iy intellekt doimo o‘zgarishlardan xabardor bo‘la olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Yangi xatti-harakatlar paydo bo‘lishi bilanoq, ular avtomatik ravishda real vaqtda hisobga olinadi.
Barcha sohada bo‘lgani kabi SI tizimidan foydalanishda ham kamchiliklar mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan: “noto‘g‘ri positivlar”, ya’ni tizim o‘zi tanimagan yoki bazasiga yot hatti harakatni amalga oshiruvchi pozitiv harakterdagi dasturlarni ham bloklashi mumkin. Bu muammoni hal qilish uchun administrator har kuni tizimni ko‘zdan kechirib turishi kerak. Zararli dasturlarni aniqlash vositalari rivojlanishda davom etar ekan, SI tizimlari kattaroq va muhimroq rol o‘ynaydi. Ko‘pincha sun’iy intellekt bilan bog‘liq bo‘lgan yaxshi xulq-atvor modellari ko‘pincha noto‘g‘ri pozitivlarni yaratsa-da, yomon xulq-atvorli modellarning avtomatlashtirilgan ilovasini qo‘shish bu xatolarni boshqarish mumkin bo‘lgan songacha kamaytirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |