KIRISH Hozirgi jadallik bilan rivojlanib borayotgan jamiyatimizda axborot xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb masalalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Zamonaviy dunyoda, ayniqsa elektron axborotlar uchun axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Axborot texnologiyalari sohasidagi yutuqlar XXI asrda jamiyatning yangi turi – axborot jamiyatini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratmoqda. Bugungi kunda ma’lumotlar qiymati shu darajaga yetib keldiki, uning qiymati o‘zi saqlanayotgan qurilma(Server, computer, telefon va h.k.)lar qiymatidan bir necha milliard barobar yuqori baholanmoqda. Tabiiyki bunday sharoitda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun sarflanayotgan mablag‘ vaqt va mehnat qiymati juda yuqori darajaga chiqadi. Bu jarayonlarning barchasi globallashuv sharoitida yuz bermoqda.
Elektron axborot hajmini ortishi, uni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar hajmini ham ortishiga olib keladi. Ushbu muammolarni hal qilishda mavjud bo‘lgan usullar esa, kundan-kunga yangilanaveradi. Bunday katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashda inson omili qaysidir ma’noda yetarli bo‘lmasligi mumkin. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi, ertangi ilm-fan ravnaqi hisoblanayotgan sun’iy intelekt tizimlari axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida ham o‘zining muqim o‘rnini egallab kelmoqda. Agar kelajak sun’iy intelekt tizimlarini internetning toji sifatida ko‘rar ekanmiz, shubxasiz axborot xavfsizligi ushbu tojning asosidir.
Sun’iy intelekt(SI) - bu kompyuterlarni aqlli mashinalarga aylantirishga intiladigan informatika sohasi bo‘lib, bu inson omili ishtirokisiz, o‘zining ma’lumotlar bazasida yozilgan imkoniyatlaridan foydalanib qaror qabul qila oluvchi axborot tizimidir. SI tarixi u qadar uzoq emas. Kelib chiqishi XX asrdan boshlanadi.
Nima uchun bugungi kunda kiber fazoda aqlli ilovalarning roli keskin oshdi? Kiber olamga diqqat bilan nazar solsangiz, quyidagi javoblarni ko‘rishingiz mumkin. Birinchidan, internetdagi vaziyatlarga javob berish misli ko‘rilmagan darajada tezkorlikni talab qiladi. Kiberfazoda ma’lumotlar juda tez boshqarilishi kerak. Ikkinchidan ma’lumotlar oqimi nazorati uzluksiz ravishda olib borilishi lozim. Uchinchidan juda ulkan hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, har bir ma’lumotning oqimini kuzatish insonlar uchun imkonsiz vazifa va h.k. Mana shu kabi masalalarni hal qilishda SI tizimlarining roli beqiyos.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2025-yilga borib SI sohasi kapitallashuvi $190 miliard darajasiga chiqishi kutilmoqda. 2021-yil holatiga ko‘ra esa ushbu yilning dastlabki uch choragi mobaynida sohani rivojlantirishga $60 milliard summada mablag‘ yo‘naltirilgan. Bugungi kunda 75% ilovalar dastur kodlarida SI algoritmlaridan foydalanmoqda. Xuddi shunday, biznes mutaxassislarining 61 foizi SI tizimlarini kelgusi yildagi eng muhim rivojlanish tashabbuskorlari sifatida ta’kidlashmoqda. Bundan tashqari, Big-Data tizimlari sarmoyadorlari hisoblanmish malakali biznes rahbarlarining qariyb 95% qismi SI texnologiyalarini rivojlanishiga sarmoya kiritishni ma’qul ko‘rishmoqda1.
Sun’iy intelekt tizimlarini qo‘llab dastur yaratish bir qancha qiyinchiliklarni tug‘diradi. Sun’iy intelekt tizimini shakllantirishda quyidagicha tarzda ishni tashkillashtirish talab qilinadi.
1-qadam. Yechilishi talab qilinayotgan masalani aniqlashtirish: Bu qadam eng birinchi hamda eng muhim qadam hisoblanadi. Bu qadamning mohiyati quyidagicha agar qayerga qarab ketayotganingni bilmasang yugurishdan foyda yo‘q.
2-qadam. Ma’lumotlarni tayyorlash: Ma’lumotlarning asosan ikki xil turi mavjud, ya’ni strukturaviy va strukturasiz ma’lumotlar.