Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning nazariy va xuquqiy asoslari


Sug'urta mukofotlari hajmi bo'yicha



Download 1,14 Mb.
bet15/17
Sana17.12.2022
Hajmi1,14 Mb.
#889829
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti-fayllar.org

Sug'urta mukofotlari hajmi bo'yicha.

1
Sug'urta to'lovlari bo'yicha dastlabki uchlik tarkibi sug'urta mukofotlari 
yetakchilaridan biroz farq qiladi. «O'zagrosug’urta» DASK sug'urta
to'lovlarining umumiy hajmida 24,7 foizga teng eng katta ulush bilan bozorda 
birinchi o'rinda turibdi. Keyingi pog'onalardan 18,0 foiz va 15,5 foiz
ko'rsatkichlar bilan muvofiq tarzda “O'zbekinvest” EIMSK va “O'zbekinvest 
Hayot” SK joy olgan.
4-jadval 


Sug'urta to'lovlari hajmi bo'yicha.

2



Kompaniya



Bozordagi ulushi
1
UzReport malumoti asosida muallif tomonidan tayyorlangan. 

2
UzReport malumoti asosida muallif tomonidan tayyorlangan. 




Kompaniya



Bozordagi ulushi
1
O'zagrosug’urta 

25,8%
2


O'zbekinvest 

14,7%
3


Kafolat 

12,8%


50

O'zagrosug’urta


24,7%

2
O'zbekinvest 


18,0%
3

O'zbekinvest Hayot 


15,5%


III.BOB. SUG‘URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN 

TARTIBGA SOLISH MASALALARINI TAKOMILLASHTIRISH 

3.1 Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish 

masalalari
O‘zbekistonning iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘tishiga qadar 
sug‘urta qilinishi mumkin bo‘lgan moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish
tarmoqlaridagi davlat mulki, kasb mas’uliyati, kredit, tadbirkorlik riski sug‘urta 
himoyasidan chetda qolgan edi. Bundan tashqari, sug‘urta sohasida yakkahokim
bo‘lgan davlat sug‘urta tashkilotlari bo‘sh sug‘urta zahiralarini investitsiya qilish 
bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘tkazish huquqlari chegaralangan edi. Ularning
mablag‘laridan asosan byudjet kamomadini to‘ldirish uchun foydalanilardi. 
Bozor munosabatlariga o‘tilishi bilan bu muammolar bartaraf etila
boshlandi. Sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishi
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shartlarda amalga oshirilishi
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida 
rasman mustahkamlab qo‘yilgan.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlarining faoliyati 
salmoqli tarzda rivojlangan. To‘plangan zahiralar ularga yirik investorlarga
aylanish imkonini beradi. G‘arbdagi sug‘urta kompaniyalari o‘z sug‘urta 
sarmoyalarini jamlab, ilg‘or texnika va texnologiyani joriy qilish, yirik
inshootlar qurish sohasidagi eng ko‘p sarmoya talab qiladigan dasturlarni 
mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashmoqdalar.

51
Sug‘urtalovchilar sarmoya bozorida mablag‘lar harakatini amalga 


oshirmoqdalar. Ularning sug‘urtalanganlardan oladigan kichik miqdordagi


tarqoq sug‘urta mukofotlari, pirovardida, muttasil ortib boradigan katta sug‘urta 
fondiga aylanadi.
Hayotni sug‘urta qiluvchi kompaniyalar ana shunday mablag‘larga ega 
bo‘lib, vaqtincha bo‘sh resurslarni investitsiya qilish yo‘li bilan ishlab chiqarish
rivojlantirishini rag‘batlantiradilar, davlat zayomlari va obligatsiyalarini xarid 
qilish orqali esa infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hukumat xarajatlarini
kreditlashda qatnashadilar. Bu esa o‘z navbatida ish bilan bandlik darajasini 
oshirishga, ichki iste’mol hajmining va umuman yalpi ichki mahsulot hajmining
ko‘payishiga ijobiy ta’sir qiladi. 
SHunindek sug‘urta mukofotlari tushgan payt bilan sug‘urta qoplamasini
to‘lash o‘rtasida ancha uzoq vaqt o‘tishi mumkin. Buning natijasida vaqtincha 
bo‘sh resurslar vujudga keladi va ular sug‘urta kapitaliga aylanadi. Zahira hajmi
va mablag‘lar joylashtiriladigan muddatlar tufayli sug‘urta tashkilotlari g‘oyat 
qudratli moliya-kredit muassasalariga aylanadi. SHu sababli, sanoati rivojlangan
mamlakatlarda sug‘urta bozori iqtisodiyotga barqaror ta’sir ko‘rsatuvchi omil 
sifatida tan olingan.
SHuning uchun sug‘urta tashkilotlarining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini 
investitsiya qilish yo‘li bilan iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish sohasidagi chet el
tajribasi e’tiborga sazovordir. Bu ta’sir mexanizmini quyidagi 8-rasmdan ko‘rish 
mumkin:
Mazkur chizmadan ko‘rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta 
tashkilotlari manfaatdor firmalar, korxonalar va aholini sug‘urta himoyasi bilan
ta’minlashdan iborat asosiy vazifalaridan tashqari yalpi mahsulot hajmini 
ko‘paytirishda, ish bilan bandlik darajasini oshirishda,

52
8-rasm 

Акциядорлар тақдим этган 

капитал
Суғурта полислари, айниқса 


исътемол-
чилар расмийлаш- 
тирган ҳаётни суғурта қилиш
бўйича

Суғурта ташкилотлари 


Молия бозори 

Хусусий сектордаги кон-шахта, қишлоқ хўжалиги


маҳсулотларини қайта ишловчи корхоналар 
харажатларини маблағ билан таъминлаш
Инфратузилманинг 
ривожланиши бўйича ҳукумат
харажатларини маблағ билан 
таъминлаш
Ялпи ички маҳсулот ҳажмини ошириш 
Экспорт ҳажмининг ортиши ва импортга
талабнинг камайиши, бу ҳол тўлов балансини 
яхшилайди ва миллий валютани
мустаҳкамлайди 
Ички исътемол
ҳажмининг ортиши 
Иш билан бандлик
даража

сининг ошиши



53
inflyasiyani pasaytirishda keng ko‘lamda qatnashadi. Sug‘urta bozorining 


mazkur ko‘rsatkichlarga ta’siri bir qancha jihatlarni o‘z ichiga oladi.


Birinchidan, yuksak darajada rivojlangan bozori bo‘lgan mamlakatlardagi 
sug‘urta tashkilotlari ko‘pincha aksiyadorlik asosida tashkil qilinadi. CHizmada
sug‘urta tashkilotlari bilan sarmoya bozori o‘rtasidagi o‘zaro aloqa aks ettirilgan 
(1). Odatda, biror kompaniya tashkil topayotgan paytda aksiyalar chiqaradi va
ularni asosan fond birjalarida joylashtiradi. Buning natijasida aksiyadorlik 
sarmoyasi shakllanadi. Bu sarmoya muayyan vaqtdan keyin sug‘urta
sarmoyasiga aylansa, u aksiyadorlarga va sug‘urta tashkilotlariga tegishli 
daromad keltiradi.
Ikkinchidan, sug‘urtalanuvchilar bilan shartnoma tuzib, ma’lum miqdorda 
sug‘urta mukofoti oladi (2). SHartnomaga muvofiq, sug‘urta hodisalari ro‘y
berganida sug‘urtalovchi zarar o‘rnini qoplaydi va bu bilan sug‘urtalanuvchining 
moliyaviy ahvoli tiklanadi.
Yuqorida aytilganidek, sug‘urta mukofotlari tushgan va sug‘urta summasi 
to‘langan payt oralig‘ida, ayniqca hayot sug‘urtasiga ixtisoslashgan
kompaniyalarda juda ko‘p pul mablag‘lari to‘planib qoladi. CHizmadan (3) 
ko‘rinib turibdiki, ular sarmoya bozori orqali, ya’ni xususiy sektordagi yirik
shaxta - konlarga va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi
korxonalarning aksiyalarini sotib olish (4) orqali investitsiya qilinadi, bu esa
korxonalarga yangi uskunalar sotib olish hamda ularning tadbirkorlik va ishlab 
chiqarish faolligini rivojlantirishni ta’minlaydi.
SHuni aytish kerakki, bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda 
byudjet kamomadining o‘rni pul emissiyasi hisobidan emas, balki hukumat
kafolatidagi qimmatli qog‘ozlar chiqarish hisobidan qoplanadi. Masalan, 
AQSHda hukumat davlat veksellari, qarz sertifikatlari, davlat majburiyatlari va
obligatsiyalar chiqariladi. 
Sug‘urta tashkilotlarining investitsiyalari yalpi milliy mahsulot hajmini
ko‘paytirishga xizmat qilishi g‘oyat muhimdir (5). Zotan, investitsiya 

54
qilinadigan mablag‘lar ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga, yangi 


texnologiyalarni o‘zlashtirishga va ish joylarini ko‘paytirishga, xizmat qiladi.


G‘arbda sug‘urta kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar berish uchun pul 
mablag‘larini safarbar qilishning eng muhim va ishonchli vositalaridan biridir.
CHunonchi, AQSHda hayotni sug‘urta qiluvchi kompaniyalar aktivlarining 80 
foizidan ortig‘i sanoatga va boshqa tarmoqlarga uzoq muddatli sarmoya
quyishga sarflanadi. Ular bu mamlakatda iqtisodiyotga yo‘naltirilgan barcha 
uzoq muddatli investitsiyalarning 30 foizini tashkil qilib, xususiy savdo-sanoat
korporatsiyalarining aksiyalari va obligatsiyalarining asosiy xaridorlaridir.
Hayotni sug‘urta qiluvchi kompaniyalar yalpi daromadining deyarli uchdan bir
qismini investitsiya faoliyatidan tushumlar - qimmatli qog‘ozlar bilan 
o‘tkaziladigan operatsiyalardan olinadigan foizlar va dividendlar, garovlar va
boshqa kreditlar bo‘yicha foizlar tashkil qiladi. 
CHet el tajribasi tahlilidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bozor
munosabatlari sharoitida sug‘urta kompaniyalari mamlakat iqtisodiy ahvoliga 
ijobiy ta’sir qiluvchi eng yirik investorlardan biri sifatida faoliyat ko‘rsatdi.
SHuni ham aytish kerakki, fond birjalari, qimmatli qog‘ozlar bozori singari 
bozor infratuzilmalari yaxshi ishlab turgan holdagina investitsiya faoliyatidan
yuqori samara olishi mumkin. Ma’lumki, O‘zbekistonda sarmoyalar va qimmatli 
qog‘ozlar bozori endi vujudga kelayotir. Respublika fond birjasi va bir necha
o‘nlab

investitsiya


kompaniyalari 
faoliyat
ko‘rsatyapti. 
Bu
birja

xususiylashtiriladigan korxonalar va tashkilotlarning aksiyalarini dastlabki


joylashtirishni ta’minlaydi.
Bozor munosabatlariga o‘tilishi bilan bu muammolar bartaraf etila
boshlandi. Sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishi
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shartlarda amalga oshirilishi
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida 
rasman mustahkamlab qo‘yilgan.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlarining faoliyati 
salmoqli tarzda rivojlangan. To‘plangan zahiralar ularga yirik investorlarga

55
aylanish imkonini beradi. G‘arbdagi sug‘urta kompaniyalari o‘z sug‘urta 


sarmoyalarini jamlab, ilg‘or texnika va texnologiyani joriy qilish, yirik


inshootlar qurish sohasidagi eng ko‘p sarmoya talab qiladigan dasturlarni 
mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashmoqdalar.
Sug’urtalovchilar bozorga o’zlarini ishlab chiqargan o’ziga xos mahsuloti - 
sug’urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab sug’urta
kompaniyalari tomonidan sotilishi mumkin. O’z-o’zidan, bu holat sug’urta 
bozorida potentsial mijozlarni jalb etish uchun sug’urta kompaniyalari o’rtasida
raqobatning kuchayishiga olib keladi va “mahsulot”ning sifatiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. Eng asosiysi, potentsial sug’urtalanuvchi har tomonlama o’zining
talabini qondiradigan “mahsulot”ga ega bo’ladi. Bayon etilganlar quruq gap 
emas, balki bugungi kunda iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ruy
berayotgan oddiy haqiqatdir.
Sug’urta bozorining mohiyatini chuqurroq anglab olish uchun
kundalik xayotimizdan oddiy bir misol keltirsak maqsadga muvofiqdir. 
Masalan biz o’zimiz yoki bolalarimizga kiyim-kechak sotib olish uchun
buyum bozoriga boramiz. Aytaylik, birorta kiyim, aniqrog’i, kuylak sotib 
olmoqchimiz. Bozorda kuylakning har xili mavjud, baholari xam, narxi xam
turlicha. Biz, albatta, sifati yaxshisini va bahosi arzonini sotib olamiz. Sug’urta 
bozorida ham aynan shu jarayon yuz beradi.
Sug’urta kompaniyasi o’z mahsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga 
katta mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. Chunki, sug’urtalovchi ozgina
sug’urta mukofoti evaziga yirik mikdordagi riskni qabul qilib oladi va sug’urta 
hodisasi ruy berganda zimmasidagi sug’urta qoplamasini to’lashi shart. Shu
o’rinda, biz sug’urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan 
sug’urta xizmatiga ehtiyoj sezgan shaxslarga sug’urta shartnomasini tuzishdan
oldin sug’urta kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib 
chiqishlarini maslahat qilamiz. Shuning uchun hukumatimiz tomonidan
sug’urtalovchilar moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash yuzasidan 
juda katta chora-tadbirlar amalga oshirildi. Buning natijasi shundan dalolat

56
bermoqdagi, sug’urta bozorida ko’rsatiladigan sug’urta xizmatlari yildan-yilga 


kengayib ularni sifati va ishonchlilik darajasi ortib bormoqda.


Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, 

sug’urta xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo’ladi hamda bu


baho o’zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug’urta tushumlarining 
miqdori sug’urta to’lovlari va sug’urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng
bo’lishi sugurta baxosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda 
sug’urta kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko’p hollarda
sug’urta bozoridagi keskin raqobat, sug’urta tashkilotlarining potentsial 
mijozlarni jalb etish maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi.
Chet mamlakatlarda, sug’urtalovchilar sug’urta faoliyatidan zarar ko’rganda, bu 
zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi.
Sug’urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank 

foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug’urta xizmatining ma’lum bir turiga etarli


darajada talab mavjud bo’lganda, sug’urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini 
yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o’tishi bilan bozorda
sug’urta xizmati ko’rsatish turlarining ko’payishi bilan, o’z-o’zidan tarif 
stavkalari kamayadi.
Sug’urtalovchilar faoliyatini tartibga solish va tartibga solish mexanizmini 
takomillashtirish juda muhim ahamiyatga ega. Chunki har bir bozorda tartib
bo’lsa qolaversa sotuvchi va xaridor munosabatlar tartibga solingan bo’lsa, 
shundagina sug’urta ishini yuritish tartib qoidalari ancha takomillashib
borayotganligidan dalolat beradi. Shuning uchun O’zbekiston sug’urta bozorida 
ham sotuv va xaridor o’rtasida munosabatlarni yaxshi yo’lga qo’yish va ularning
huquq va majburiyatlarni bajarish yuzasidan ishlarni to’liq nazoratini ta’minlab 
berish, bu sug’urta bozorida sug’urta xizmatiga bo’lgan ishonch va sifatni
yanada oshirish imkoniyatini keltirib chiqaradi desak mubolag’a bo’lmaydi. 
Shu bilan bir qatorda hududlarda yuzaga keladigan sug’urta bozori ishtirokchilar
faoliyatini ya’ni sotuvchi va xaridorlar o’rtasidagi munosabatlarni bir maromda 
tartibini saqlovchi sug’urta inspektsiyalarini har bir viloyatda tashkil etish bu

57
sug’urtalovchini sug’urtalanuvchiga qolaversa sug’urta maxsulotiga bo’lgan 


ishonchini yanada orttiradi. Shuningdek sug’urta bozorida sug’urta vositachilar


ya’ni sug’urta agenti va brokerlik sug’urta faoliyatini amalga oshirish bilan 
bog’liq o’zaro munosabatlarini yanada yaxshilash hamda ularning huquqiy
asoslarini takomillashtirish borish, bu sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchilar 
o’rtasidagi iliq munosabatlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun
sug’urtalovchilar ishga qabul qilishi lozim bo’lgan sug’urta agentini belgilangan 
tartibda olti oy sinov muddatida sug’urta ishiga yollashlari kerak. Chunki
sug’urta agenti sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchining manfaatlarini himoya 
qiluvchi, o’rta vositachilik vazifani bajaruvchi va tegishli vositachilik haqini
oluvchi jismoniy shaxslar hisoblanadi. Qolaversa sug’urtalanuvchiga noxush 
baxtsiz hodisa sug’urta shartnomasida keltirilgan holatlar bo’yicha yuzaga
kelgan taqdirda unga sug’urta qoplamasini o’z vaqtida ta’minlab beruvchi 
ma’suliyatli shaxslardan biridir.
Hozirda respublikamizda o’ttishdan ortiq sug’urta kompaniyasi faoliyat 
yuritadigan bo’lsa, ulardan 2 tasi hayotni sug’urtalashga ixtisoslashgan bo’lsa,
qolgan 29 tasi umumiy sug’urta sohasi bo’yicha sug’urta faoliyatini amalga 
oshirib kelmoqda. Bunday ko’rsatkich sug’urta bozorida ba’zi bir uzoq muddatli
sug’urta xizmatlarini takomillashmaganligidan dalolat beradi. Shuning uchun 
sug’urta bozorida hayot sug’urtasi bo’yicha ixtisoslashgan sug’urta
kompaniyalar faoliyatini yanada tashkillashtirish ulara faoliyatiga doir sug’urta 
maxsulotlarini sug’urta bozoriga tatbiq etish kerak. Bu o’z navbatida sug’urta
bozorida sug’urta portfe’lini yuqori darajaga oshishiga, sug’urtalovchilarning 
moliyaviy barqarorlik darajasini mustahkamlaydi hamda ularda qo’shimcha
investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati kengayishiga olib keladi. 
Rivojlangan davlat tajribasi shuni ko’rsatadiki, sug’urta bozorida yig’ilgan
sug’urta mukofotlari hajmini aksariyat qismi uzoq muddatli sug’urta xizmatlari 
bo’yicha yig’ilgan sug’urta mukofotlarga to’g’ri keladi. Chunki ularda har bir
jismoniy shaxs o’zining iqtisodiyotda qo’shayotgan hissasini sug’urtasiz 
tasavvur eta olmaydi. Shu bois O’zbekistonda ham sekin astalik bilan uzoq

58
muddatli sug’urta xizmatlarini takomillashtirish orqali ularni iqtisodiyotga 


faoliyatini bilan chambarchas bog’lash kerak bo’ladi.


Yuqorida bildirilgan mulohazali fikrlardan kelib chiqqan holda shuni 

ta’kidlash joyizki, xusuan hududlarda sug’urta faoliyatini tartibga solishning


amaliy asoslariga barham beriladi. Shuningdek sug’urta bozorida sug’urtalovchi 
va sug’urtalanuvchilari o’rtasida munosabatlar hamda sug’urta vositalarining
sug’urta munosabatlarida vazifalari va sug’urta bozori ko’rsatilayotgan sug’urta 
xizmatlari qolaversa sug’urtalovchilarni moliyaviy barqarorlik darajasi yanada
mustahkamlanadi. Shu bilan bir qatorda sug’urtaning uzoq muddatli xizmatlari 
kengayadi hamda sug’urtalovchilarning investitsiya faoliyatini amalga
oshirishdlari uchun bo’sh mablag’lari shakllanadi va sug’urta kompaniyalarining 
milliy, mingtaqaviy, xalqaro sug’urta bozorida nufuzi oshadi hamda aholini
ijtimoiy muhofaza qilish yanada takomillashtirilgan bo’ladi.


59


Xulosa
Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid nazariy va amaliy ilmiy izlanishlar
bizga quyidagi xulosalarni shakllantirish uchun asos bo‘ldi: 

1. Sug‘urta faoliyati rivojlanishini o‘rganish 1998 yil o‘rtalarigacha 


O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini nazorat qilishga vakolatli


bo‘lgan davlat organi tashkil etilmaganligini ko‘rsatdi. SHu bilan bir qatorda 
davlat kapitali ishtirokida yirik sug‘urta kompaniyalari tuzilganligi ham ma’lum
bo‘ldi.

2. Ilmiy izlanishlarning ko‘rsatishicha, sug‘urta faoliyati turli tashkiliy-


huquqiy shakllarda tashkil etilishi mumkin. 2014 yil 1 may holatiga
respublikamizda 31 ta sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 
aksariyati aksionerlik va mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil
etilganligi ta’kidlandi. Aksionerlik sug‘urta tashkilotlari ochiq va yopiq shaklda 
bo‘lishi mumkin.
3. Bitiruv malakaviy ishi natijalari 2010-2015 yillarda O‘zbekistonda 
sug‘urta bozori bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi yildan yilga o‘sib
borganligini ko‘rsatdi. Bunga asosiy sabab keyingi 4-5 yil davomida davlat 
tomonidan sug‘urta faoliyatini rivojlantirishga katta e’tibor berilayotganligidir.
4. 1998 yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Sug‘urta 
nazorati davlat inspeksiyasi tashkil etilganligi sug‘urta faoliyatini davlat
tomonidan tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etganligi qayd etildi. 2002 yil 
O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda tarixiy yil
bo‘lganligi haqida xulosa chiqarildi. Bunga asos sifatida ilk marta Vazirlar 
Mahkamasi qarori asosida sug‘urta faoliyati klassifikatori qabul qilinganligi va
sug‘urta faoliyatini litsenziyalash tartibi tasdiqlanganligi keltirilgan. 
5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xalqaro miqyosda sug‘urta
kompaniyalari faoliyatiga salbiy ta’sir qilmoqda. Jumladan, AQSHdagi yirik 
sug‘urta kompaniyalaridan biri AIG kompaniyasining moliyaviy ahvoli
og‘irlashgan va davlat uni saqlab qolish uchun 175,0 mlrd.dollar miqdorida 
mablag‘ ajratganligi qayd etildi. Dunyoning boshqa davlatlarida ham

60
hukumatlar yirik sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqaror faoliyat 


ko‘rsatishlarini ta’minlash uchun katta ko‘mak berganligi to‘g‘risida xulosa


chiqarildi. 
6. Iqtisodi taraqqiy etgan davlatlarda sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan
tartibga solish tizimi turlicha bo‘lib, unga shu mamlakatning davlat tuzilishi va 
qaror topgan qonunchilik xujjatlari katta ta’sir ko‘rsatgan. Masalan, Buyuk
britaniyada sug‘urta faoliyatini Moliyaviy xizmatlar bozorini nazorat qilish 
agentligi tartibga solsa, AQSHda sug‘urta faoliyatini nazorat qilish federal
darajada emas, balki har bir shtat doirasida amalga oshiriladi. 
YUqorida keltirilgan xulosalarga asoslanib, O‘zbekistonda sug‘urta
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha 
quyidagi takliflarni bildiramiz.
1. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimini 

erkinlashtirishni taklif qilamiz. YA’ni, sug‘urta tashkilotlari faoliyatini bevosita


joylarga chiqib emas, balki masofadan turib tartibga solish amaliyotini joriy 
etish maqsadga muvofiq.
2. O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini rivojlantirishni quyidagi yirik 

yo‘nalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:


·

O‘zbekiston sug‘urtalovchilari tomonidan amalga oshirilayotgan tarif


siyosatini takomillashtirish, mamlakatda aktuariylarning faoliyati uchun huquqiy 
asos va shart-sharoitlar yaratish;
·

Sug‘urtalovchilar tomonidan iqtisodiyotning kengroq qamrab olinishi


ta’minlash 
maqsadida,
sug‘urta 
xizmatlarini
sotish

yo‘nalishlarini


takomillashtirish; 
·

Sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta zaxiralarining majburiyatlarga muvofiq 


va oqilona shakllantirilishini ta’minlash;


·
Qayta sug‘urtalash munosabatlarini rivojlantirish ularning ko‘lamini 

kengaytirish uchun zarur sharoitlarni yaratish.



61

5. Sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshirilayotgan tarif siyosatining
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi, ular tomonidan sug‘urtalash jarayonini sifatli va 
barqaror bo‘lishini ta’minlovchi asosiy omil hisoblanadi. Samarali tarif
siyosatining asosini tashkil etuvchi tarkibiy qism bu sug‘urtalovchi tomonidan 
ishlab chiqiladigan tarifikatsiya tizimi hisoblanadi. Tarifikatsiya tizimini
shakllantirishda sug‘urtalovchi eng avvalo, amalga oshiradigan sug‘urta turlarini 
hisobga olishi zarur. Vaholanki, tarifikatsiya tizimi har bir sug‘urta mahsuloti
bo‘yicha risk omillari va sug‘urtalanayotgan ob’ektlarning guruhlari to‘g‘risida 
ma’lumotlar va ularga muvofiq keluvchi sug‘urta tariflari hamda ularni qo‘llash
shartlarini 
ifodalaydi.
Tarifikatsiya 
tizimini
shakllantirishda 
risklarni
guruhlashning eng optimal holatini aniqlash uning samaradorligini belgilab 
beruvchi omil hisoblanadi. CHunki, risklarni haddan ziyod ko‘p guruhlarga
ajratish ortiqcha xarajat va vaqtning sarflanishiga olib kelsa, etarli darajada 
guruhlanmagan risklar, risklar antiseleksiyasi va to‘lovga noqobillikni keltirib
chiqarishi mumkin. YUqoridagilardan kelib chiqib, sug‘urtalovchilar tomonidan 
tarifikatsiya
tizimini 
shakllantirishda
risk

omillari


va

risklarning


antiseleksiyasiga yo‘l qo‘ymaslikka e’tibor berish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.
6. Sug‘urta biznesini ilmiy tashkil etish: tashkilotning o‘ziga xosligi va 
tutgan o‘rnini aniqlab olish; biznesni yuritiщda yangilikni doimo kiritib borish;
raqobatdagi o‘z afzalliklarini doimo izlash, topish va foydalanish; xar bir 
mijozning talablariga qarab ish ko‘rish, bozor munosabatlari rivojlanib
borayotganda o‘z samarasini berishini isbotlaydi. 
7. Ba’zi mamlakatlarda sug‘urta zahiralarini tashkil etishning me’yoriy
usuli qo‘llaniladi. Ammo bu usulda hisob-kitob avvalgi yil sug‘urta mukofotlari 
va sug‘urta qoplamalari miqdoriga asoslanib amalga oshiriladi. Sug‘urta
zahiralari esa sug‘urtalovchining kelajakdagi, mo‘ljaldagi majburiyatlarini 
tasvirlaydi. SHunday qilib, agar joriy yilning zararliligi avvalgi yilnikidan ancha
katta bo‘lsa sug‘urta tashkilotida mablag‘larning etishmovchiligi paydo bo‘lishi 
mumkin. Albatta, bunday holatda zararlilikning tebranishi zahirasini qo‘llash

62
mumkin, lekin buning uchun bu zahiraning hajmini ancha oshirish lozim 


bo‘ladi, bu esa pul mablag‘larining samarasiz ishlatilishiga olib keladi.


Inflyasiya sharoitida yoki sug‘urta mukofotlari muttasil o‘sayotgan sharoitda 
me’yoriy usulni qo‘llash moliyaviy barqarorlik nuqtai nazaridan nisbatan
xavfsizroq, ammo samaradorlik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq emas va 
tariflarning oshirilishiga olib keladi. Me’yoriy usulni asosida yirik shartnomalar
yotadigan barqaror sug‘urta portfeliga ega sug‘urta kompaniyalaridagina 
qo‘llash maqsadga muvofiq.
8. Sug‘urta bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida yutuqlarga 
erishilgan bo‘lishiga qaramay, sug‘urta mukofotining yalpi ichki mahsulotdagi
hozirgi ulushi, sug‘urta bozorining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rnini katta 
emasligidan dalolat beradi. Sug‘urtaning o‘sishi umumiqtisodiy o‘sish bilan
uzviy bog‘liqdir. SHu bilan birga, sug‘urtaning o‘rni kichik bo‘lgan sharoitda 
turli islohotlarni joriy qilish va sug‘urta bozorini rivojlantirishning to‘g‘ri yo‘lini
tanlash imkoniyati katta bo‘ladi va bozordagi o‘zgarishlar engil kechadi. Bunday 
sharoitda, qonuniy va me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish, chet el tajribasini
mamlakatimiz sharoitiga moslashtirish maqsadga muvofiq. 
9. Qayta sug‘urtalovchilar bo‘yicha ma’lum talablarning kiritilishi qayta
sug‘urtaning sifatiga ta’sir qiladi, lekin talabni bajarish ko‘pgina sugurta 
tashkilotlari uchun mushkul vazifa ekanligini hisobga olib sug‘urta nazorati
davlat inspeksiyasi qayta sug‘urtalovchilarning ahvolini tahlili uchun biror uslub 
ishlab chiqishi va sug‘urtalovchilarga tavsiya etishi yoki sug‘urtalovchilar
tomonidan taklif qilingan har bir qayta sugurtalovchini o‘zi tahlildan o‘tkazib, 
davriy ravishda tavsiya etilgan qayta sug‘urtalovchilarning ro‘yxatini e’lon qilib
borishini taklif etamiz.
13. Qayta sug‘urtalovchi tashkilotlarining shakllanish jarayonidaligini
hisobga olgan holda, vaqtincha (2 yil), mahalliy sug‘urtalovchilar tomonidan 
risklarni chet el qayta sug‘urtalovchilariga uzatishda, avval ularni mahalliy qayta
sug‘urtalovchilarga taklif etishi shartligi, tartibini amalga kiritish. 

63

Yuqoridagilardan kelib, O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini davlat
tomonidan tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha imkoniyatlarning 
kattaligini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu imkoniyatlarda foydalanish va yuqorida
keltirilgan yo‘nalishlarda chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakatimizda 
sug‘urta faoliyatini takomillashishini ta’minlashi shubhasizdir.



64




Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish