44
baholashgaarziydi”
1
. Respublikamizda sug’urta sohasidagi bu ijobiy o’zgarishlar
davlatimizning olib borayotgan odilona sug’urta siyosati natijasidir.
O’zbekiston sug’urta bozori Markaziy Osiyoda tezkor sur’atlar
bilan
rivojlanayotgan bozorlardan biri hisoblanadi. Sug’urta bozori bir necha yillardan
beri barqaror o’sish sur’atlariga ega bo’lib kelmoqda, bu esa o’z navbatida uning
mamlakat iqtisodiyotidagi rolini oshirib bormoqda. O’zbekistonning hozirgi
zamon iqtisodiyotida sug’urta tizimi strategic ahamiyat kasb etmoqda, buning
boisi sug’urta tizimining davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi, sug’urta
bozorining davlat boshqaruvi organlari tomonidan
mamlakatning bozor
infratuzilmasining ajralmas qismlaridan biri sifatida ko’rib chiqilyotganligidir.
Sug’urta tizimida sug’urta bozori alohida o’rin egallab, shu erda
sug’urtaxizmatlariga bo’lgan talab va taklif paydo bo’ladi. Sug’urta bozorini
rivojlantirishdan davlat manfaatdor hisoblanadi, chunki sug’urta
davlatning
asosiy vazifalaridan biri bo’lgan aholining moddiy farovonligini o’stirish va
ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlashgaxizmat qiladi. O’zbekiston
sug’urta bozori keyingi yillarda birmuncha tez rivojlanmoqda. Buni chet el
investorlarining milliy sug’urta bozorimizga qiziqishi ortayotganligida ham
ko’rish mumkin. Buning sabablaridan biri sifatida shuni aytish kerakki, sug’urta
sohasidagi
qonunchilik
bazasi
keyingi
yillarda
sezilarli
darajada
mustahkamlandi va takomillashdi.
Respublika sug’urta bozorida tuzilmaviy siyosatning asosiy jihati
ixtiyoriy va majburiy sug’urta turlari o’rtasidagi nisbatni maqbullashtirishdani
boratdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonini
boshidan kechirayotgan
mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, bozor munosabatlarining
tiklanishi va sug’urta madaniyati rivojining past darajasi sharoitida majburiy
sug’urta turlarini amalga oshirish muqarrardir,
bunday sharoitda majburiy
sug’urta turlarini amalga oshirish bozor kapitalizatsiyasini tezlashtirishga xizmat
1
I.A.Karimov.Erishilgan natijalarni mustahkamlab, yangi marralar sari harakat qilamiz. / Xalq so’zi – 13 fevral
2006 yil
45
qiladi. Ammo mamlakatimizda mavjud majburiy sug’urta turlari ham talab
darajasida to’liq bajarilmay kelmoqda. Masalan transport egalarining
javobgarligi sug’urtasi majburiy sug’urta turi bo’lgani holda ushb usug’urta turi
bo’yicha potentsial sug’urtalanuvchilarning sug’urtaga tortilishi ellik foizga ham
etmaydi. Chunki majburiy sug’urta turining amal qilishini ta’minlovchi vositalar
etishmaydi.
Sug’urta
mukofotlari
taqsimotining
tahlili
mahalliy
sug’urtachilarning sug’urta portfelida sug’urtaning asosiy turi ixtiyoriy sug’urta
turlari ekanligidir, bu ko’rsatkichning yana o’sish istiqbollari kuzatilmoqda.
Shaxsiy sug’urta tarkibi 22,3 foiz ixtiyoriy tibbiy sug’urta, 75,2 foiz
baxtsiz hodisalar va kasallikdan sug’urta turlari va 2,5 foiz hayot sug’urtasidan
iboratdir. Javobgarlik sug’urtasi tarkibida asosiy ulushni transport egalarining
fuqarolik-huquqiy javobgarligi sug’urtasi egallab, ushbu sug’urtaning
ulushi
86,2 foizni tashkil etgan, zayomchining javobgarligi sug’urtasi 6,5 foizva
professional javobgarliklar sug’urtasi hissasiga jami javobgarlik sug’urtasi
mukofotlarining 7,3 foizi to’g’ri kelgan. Mamlakatlar iqtisodiyotida
sug’urtaning o’rni yig’iladigan sug’urta badallarining
YaIMga nisbati va
sug’urta kompaniyalari investitsiyalarining YaIMga nisbati bilan belgilanadi.
O’zbekistonda sug’urta mukofotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi
salmog’i juda kichik hajmni tashkil etib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: