Sug’orish texnikasi sug’orishni o’tkazish texnologiyasi va bunda qo’llaniladigan texnik vositalarni o’z ichiga oladi


- jadval Turlicha sug’orish usullarini qo’llash maqsadlari



Download 459,26 Kb.
bet2/4
Sana29.01.2023
Hajmi459,26 Kb.
#904904
1   2   3   4
Bog'liq
amaliy 5

38- jadval
Turlicha sug’orish usullarini qo’llash maqsadlari

Sug’orish usullari

Tuproqni namiq-tirish

Havo namligini oshirish

Nam to’plash

Sho’r yuvish

O’g’itlash

Chiqindi suvlar bilan sug’orish

Haroratni boshqarish

Provakasion

Yomg’irlatib

+

+

X

-

+

x

+

+

Tuproq ustidan

+

x

+

+

x

+

-

+

Tuproq orasidan

+

-

-

-

+

+

-

-

Tomchilatib

+

-

-

-

+

-

-

-

Aerozol

-

+

-

-

-

-

+

-

Izoh: maqsadga «+» ­ muvofiq; «-» ­ nomuvofiq; «x» - qisman muvofiq.
Sug’orish usullari va texnikasini xo’jalikning joylashgan o’rni va ixtisoslashganlik sohasi, dalalarning o’lchami va shakli, almashlab ekish turi, sug’oriladigan hududning tashkil etilishi kabi xo’jalik sharoitlari, sug’orish tizimining suv bilan ta’minlanganlik darajasi, suvdan va yerdan foydalanish koeffisiyentlari, tizimning foydali ish koeffisiyenti, suv sifati, harorati, sho’rlanganlik darajasi, suv manbaining joylashgan o’rni kabi suv xo’jalik sharoitlari ham hisobga olgan holda tanlash talab etiladi.
3. Qishloq xo’jaligi ekinlarini yer yuzasidan sug’orishda sug’orish suvi dalaga tuproq ustidan taqsimlanadi. Bunda suv tuproq ustidan gorizontal harakat qilish jarayonida tuproqqa shimiladi. Egatlab sug’orishda suv vertikal va yon tomonlarga yo’nalgan holda shimiladi. Yer yuzasidan sug’orishni quyidagi turlari qo’llaniladi: 1) egatlab sug’orish; 2) yo’laklab (pol olib) bostirib sug’orish va 3) chek olib bostirib sug’orish.
39- jadval
Turlicha sug’orish usullarini qo’llash sharoitlari



Sug’orish usullari

Sho’rlangan
tuproqlar

Yengil qumoq
tuproqlar

Og’ir tuproqlar

Murakkab relyefli tuproqlar

Katta nishobli
yerlar

Minerallashgan
sizot suvlar yaqin joylashgan yerlar

Suv resurslari kam
yerlar

Sug’orish suvlari minerallashgan

Kuchli shamolli
rayonlar

Yomg’irlatib

-

+

x

+

+

+

+

-

x

Tuproq ustidan

+

x

+

x

x

x

x

X

+

Tuproq orasidan

-

x

x

x

+

-

+

-

+

Tomchilatib

-

x

+

+

+

-

+

-

+

Aerozol

+

+

+

+

+

+

+

-

+

Izoh: qo’llash «+» - mumkin; «-» - mumkin emas; «x» - qisman mumkin.


1) Egatlab sug’orish yer yuzasidan sug’orishning eng takomillashgan usuli bo’lib, nishobligi 0,001 dan 0,05 gacha bo’lgan yerlarda yetishtirilayotgan qator oralari chopiq qilinadigan ekinlarni asosiy sug’orish usuli hisoblanadi. Bu usul bog’ va uzumzorlar, ayrim hollarda yoppasiga ekilgan ekinlar (boshoqli don va yem-xashak o’tlari)ni sug’orishda ham qo’llaniladi. Egatlab sug’orishda suv dala bo’yicha sug’orish egatlari orqali taqsimlanadi va suv tuproqqa egatning tubi va devorlari orqali singadi.
Egatlab sug’orishda qo’shni egatlarning namiqish konturlarining o’zaro qo’shilishi yuzaga keladi. Tuproqni mexanik tarkibiga bog’liq holda bu qo’shilish sug’orish davomiyligiga bog’liq bo’ladi. Yengil tuproqlarda suv gravitasiya ta’sirida uning chuqur qatlamlariga singadi. Shu boisdan yengil tuproqlarda qator oralari 0,6–0,7 m, o’rtacha qumoq tuproqlar 0,7–0,8 m va og’ir qumoq tuproqlarda 0,8–1,1 m qilib olinadi. Nam to’plash va ekishdan oldin sug’orishlarda egatlar oralig’ini 0,7–1,0 m bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi zamon dehqonchiligida sug’orishlar oxiri berk (oqova chiqarilmaydigan) va ochiq (oqova chiqariladigan), tubi tirqishli, ekin ekiladigan egatlar orqali amalga oshirilmoqda (1- rasm).
1 - rasm. Sug’orish egatlari: a - qator oralari chopiq qilinadigan
ekinlarni sug’orishda; b - ekin ekiladigan; v - tubi tirqishli;
g - terrasali; vb - qator orasining kengligi. (O’lchovlar sm hisobida).

Qishloq xo’jaligi ekinlarini egatlab sug’orish tuproqni chuqur qatlamlarigacha namiqtirish imkonini beradi, bostirib sug’orishlarga qaraganda tuproq strukturasi yaxshi saqlanib qoladi, tuproq kuchli zichlashmaydi. Egatlab sug’orish tuproqda kechadigan mikrobiologik jarayonlarga ijobiy ta’sir etadi. Suv bilan 20–30% maydon bostiriladi. Egatlar oralig’i – pushtalar doim yumshoq holatda bo’lib, namlikni yaxshi saqlaydi. Lekin egatning boshi va oxirida tuproqni bir xil chuqurlikda namlash imkoniyatining yo’qligi, suvchining ish unumdorligini kamligi (g’o’zani sug’orishda bir smenada 0,5–1,0 ga), nisbatan katta miqdorlarda suv berishning mumkin emasligi ushbu sug’orish texnikasining kamchiliklari hisoblanadi.


2) Yo’laklab bostirib sug’orishda suv dalaga yo’lak (taxta, pol)lar orqali yoppasiga bostirib beriladi. Yo’lak bo’ylab suv qatlami tuproq sathidan 2–3 sm qalinlikda harakat qilishi jarayonida tuproqqa singib, uni namiqtiradi. Bunday sug’orish ko’ndalang nishobligi 0,002 dan va bo’ylama nishobligi 0,015 dan kichik bo’lgan yerlarda nam to’plash maqsadida hamda ekishdan oldin sug’orishlarda, yoppasiga ekilgan boshoqli, dukkakli don va yem-xashak ekinlarini, ayrim hollarda bog’ va tokzorlarni sug’orishda qo’llaniladi.
Yo’laklab sug’orish texnikasi elementlariga yo’lakning kengligi, uzunligi, solishtirma suv sarfi, yo’lak boshidagi suv qatlamining qalinligi, suv berish davomiyligi kiradi.
Nishobligi 0,001–0,002 atrofida bo’lgan yerlarda yo’lak kengligi 1,8–7,2 m (tor yo’laklar) va uzunligi 200–400 m. gacha, ko’ndalang nishobliksiz hamda bo’ylama nishobligi 0,001–0,003 gacha bo’lgan yerlarda 10–30 m (keng yo’lak) va uzunligi 600 m. gacha bo’lishi mumkin. Yo’laklarning kengligi odatda dalaning tekislanganlik darajasiga bog’liq bo’lib, ko’ndalang nishobligi kichik yerlarda u seyalkaning qamrov kengligiga teng yoki unga barobar marta oshirib olinadi. Eng ko’p qo’llaniladigan yo’lak kengligi 3,6–7,2 m. ga teng bo’lib, ko’ndalang nishobligi katta yerlarda 1,8 m qilib olinadi.
Yo’laklar bir-biridan pushta (marza)lar yordamida ajratiladi. Pushtalar suvni yo’lak bo’ylab harakatlanishini boshqaradi. U yo’lakning bosh qismida bo’ylama va ko’ndalang nishoblikka bog’liq holda 0,1–0,15 m. dan 0,2–0,45 m. gacha balandlikda olinadi. Pushtaning tubi esa 0,4–0,6 m va undan ortiq bo’ladi. Pushtalar UKP, KPU-2000A, PR-05 pol olgich-tekislagichlar yordamida, sug’orish tarmog’i KZU-0,3 yoki KOR-500 kanal qazg’ich-tekislagichlar yordamida 0,53–0,40 m chuqurlikda olinadi.
Yo’laklab bostirib sug’orish ikki xil sxemada amalga oshiriladi:
a) yaxshi tekislangan va ko’ndalang nishobliksiz yerlarda suv muvaqqat tarmoqdan bevosita yo’lakning bosh qismiga uzatiladi;
b) yaxshi tekislanmagan va murakkab mikrorelyefga ega joylarda bu usulda suv taqsimlash ancha murakkab. Shu sababdan bunday sharoitda yo’lakka suv uning yon tomonidan uzatiladi. Buning uchun qo’shni yo’laklar o’rtasidan KZU-0,3 kanal qazg’ich-tekislagich yordamida 25–30 sm chuqurlikda muvaqqat ariq olinadi (uning qirg’og’i yo’laklarni chegaralovchi pushta bo’lib xizmat qiladi). Suv yo’lakka muvaqqat ariqning oxirgi qismidan bosh qismiga qadar har 10–20 m masofa oralatib navbatma-navbat suv berib boriladi (3- rasm).
Yo’laklab bostirib sug’orishda sug’orish me’yori 1000–1500 m3/ga atrofida bo’ladi. Bunda suvni yo’lak oxiriga yetib borish vaqti inobatga olinishi lozim. Yo’lakka taqsimlanadigan suv miqdori uni tuproqqa singish miqdoriga muvofiq kelishi kerak. Keng va uzun yo’laklar orqali sug’orishda suvni PPA-165U, PPA-300, KP-200 rusumdagi mashina va agregatlar yordamida taqsimlash sug’orishda yuqori ish unumdorligiga va samaradorlikka erishishga olib keladi.











Download 459,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish