Sudxo'rning o'limi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/25
Sana07.03.2022
Hajmi0,79 Mb.
#486071
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
sudxurning-ulimipdf

34
Sadridditi Ayrtiy
- Uning hovlisi qaysi mahallada ekan?
Kemuxtgaron 
mahallasida, 
poyabzal 
saroyining orqasidagi boshi berk tor ko‘cha- 
ning eng oxirida ekan, - dedi Rahimi Qand va 
so'zini davom ettirdi: - Biz borib uning hovlisi- 
ga kirganimizda u menga:
- Tovoqni menga ber! Men ichkari hovliga kir- 
gizib, boshqa bir tovoqqa o‘z «haqim»ni ag‘darib 
olaman, qolganini senga chiqarib beraman, -
deb tovoqni mening qolimdan olib, ichkari hov- 
lisiga kirib ketdi.
- Bir necha daqiqadan keyin tovoqni chiqa­
rib qolimga berdi. Tovoq bo'shayozgan edi: 
undagi oshning sakkizdan biri ham qolmabdi, 
go'shtini bolsa butunlay olibdi, yog'ini bir tom- 
chi qoldirmay sirqitib olipti, nondan bolsa bir 
burda ham qoldirmabdi, - deb Rahimi Qand o‘z 
hikoyasini tugatdi va qo'shimcha qildi:
- Uning menga minnat qilgan «tuzi» va «oshi» 
shu.
Menga u kun shunchalik hikoya yetarli edi. 
Men uchun hikoya eshitishga qaraganda zarur- 
roq ish chiqqan edi - men Qori Ishkambaning 
uy manzilini bilib oigan edim. Endi uning hov- 
lisiga borib, uni topib, u bilan ko'rishish kerak 
edi. Men jadallik bilan o'mimdan turdim.
VI
Men ko‘chalarda ancha mahalgacha kezib 
yurdim. Kun oqshomga yaqinlashdi, dolcon- 
dorlar va savdogarlar o‘z dolconlarini berkitib


Sudxorning olimi
35
uylariga jo'nay berdilar. Men Qori Ishkamba 
ham bu vaqt o‘z uyiga qaytgan bolsa kerak deb 
oyladim-da, uning hovlisiga bormoqchi bolib 
yolga tushdim.
Kemuxtgaron guzaridagi poyabzal rastasi 
orqasida bolgan tor ko'chaga kirdim. Ko‘cha- 
ning oxirida bir eshikka duch keldim, undan 
u yoqqa boshqa eshik yo‘q va tor ko'chaning 
boshi ham shu yerda tugar edi.
Rahimi Qandning bergan daragiga ko'ra, 
Qori Ishkambaning hovlisi shu bolsa kerak 
deb haligi eshikni taqillata boshladim. Men bi- 
roz kutgandan keyin eshikni yana taqillatdim. 
Ichkaridan xotin kishining:
- Kimsiz? - degan tovushi eshitildi.
- Men bir mullavachcha, Qori amakimda 
ishim bor, uyda bolsalar aytib qo^ing.
- Qori amakingiz uyda yo'qlar, qanday ishin- 
giz bor edi? - deb takrorlandi haligi tovush.
- Ishimni o‘zlariga aytaman! Qachon keladilar?
- U kishi kech keladilar, oshnalarinikida 
boladi. Hech bir vaqt uyda bolmaydilar, erta 
bilan tong qoronglsida chiqib ketadilar, ba’zi 
vaqtlarda yarim kechada uyga qaytadilar.
- Kechga kelsam u kishini uchrata olamanmi?
- Yo‘q! - degan tovush takror eshitildi. Bu 
boshqa bir xotinning tovushi edi, u xotin 
qo'shimcha qildi:
- U kishi kechalari hovlilariga hech kimni 
kiritmaydilar. Bizga ham «Hech kimga darvoza- 
ni ochmanglar!» deb tayinlab qo'yganlar. Yana 
shu kun uydan chiqayotganlarida «Agar biron



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish