26
Sadriddin Ayniy
----------- -------------
Rahimi Qandning menga aytib bergan hikoya
va sarguzashtlaridan ikkitasi esimda qolgan.
Bir kuni u zamona ahlining betamizligidan,
qadr bilmasligidan shikoyat qilib dedi:
«Agar zamona ahlining tamizi bolsaydi, hu-
narmandni hunarsizdan farq qila olsaydi, hu-
narmandning qadrini bilsaydi, boshqa sozan-
dalarga unday va menga bunday muomala qil-
masdilar.
Bu tanburchilaming, bu dutorchilaming, bu
hofizlaming ko'plari «usta ko'rmagan shogird»-
lardir. Lekin betamiz odamlami ahmoq qilib,
pul topish yolini juda yaxshi biladilar. Men
bolsam, bu ilmning bir necha mohir ustalari-
da necha yillar xizmat qilib, bu hunarni orttir-
ganim holda yemoqqa non topolmayman.
Rahimi Qand bu so'zdan keyin o'zining hu-
narmandligini va ustozlarining zabardastlikla-
rining isboti uchun quyidagi «sarguzasht»ini
hikoya qilib berdi:
Men qozonfurush Nasrulloboyga (odamlar
uning nomini qisqartirib «Nasrulloyi Deg» der
edilar) o‘n yil xizmat qildim.
Nasrulloyi Deg shashmaqomda yagona
edi. Tanbur va dutorlarni sayratib yuborar,
childirmasining tovushi bilan osmon tabaqala-
rini yorar edi.
Shogirdligimning oxirlarida shashmaqomni
suv qilib ichgan edim, u meni bazmlarga o‘zi bi
lan birga olib boradigan boldi. Bir kuni u meni
qozi kalon kuyovining Xitoyon qishlogïdagi chor-
boglga olib bordi. U yerda shahaming manman
Sudxo'rning olimi
27
degan sozanda va xonandalari to'plangan edilar.
To yarim kechagacha hammamiz j o ‘r bolib, bazm
qildik, yaxshigina charchadik. Ovqatdan keyin
sozandalar yotib uxladilar. Sahar yaqinlashgan
edi. Shu vaqt ustozim Nasrulloyi Deg bog‘ egasi -
qozi kalonning kuyoviga:
- Agar ruxsat bersangiz shogirdim bilan bir-
ga bir maxsus bazm qilib beray, - dedi.
Albatta, bog‘ egasi taklifni xursandlik bilan
qarshi oldi. Nasrulloyi Deg menga qarab:
- Tanbumi «Navo»ga sozla! - dedi.
Men tanburni sozladim, u childirmani olov-
da qizdirib, qoliga oldi. Men tanbur chalishga
kirishdim, u childirma bilan navoning «usulini»
saqlab ashula ayta boshladi...
Bir vaqt qayerdandir bulbullar uchib kelib,
biz tagida bazm qilayotgan daraxtning shoxiga
qo'ndilar...
Bulbullar bizning chalish va xonishimizga
quloq solib, biroz jim turdilar, biz chalayotgan
maqomning «usulini» bilib olganlaridan keyin
ular ham bizga jo'rlab «chaxchaxlasha» bosh-
ladilar.
Bulbullarning
bu
ishlaridan
ustozim
shavqlanib gotyoki ular bilan musobaqaga
kirishgandek «falak pech» nolalar qilar edi. Men
ham tanbur torini har bir chertganimda go^o-
ki eshitguvchilarning jon tomirlariga tirnoq
urgan kabi ularni dod-faryod qilishga majbur
etardim...
Oxirida bulbullar «musobaqada» yutqizib, jim
bolib qoldilar. Ular bir nafas jim turganlaridan
keyin hush-u ixtiyorlarini qoldan berib, daraxt
Do'stlaringiz bilan baham: |