komissiyasi vazifasiga kiradi. Sudyalik lavozimiga nomzodlarni muqobillik asosida ko‗rib
chiqish bilan shug‗ullanadigan ushbu xolis komissiya tarkibida obro‗-e‘tiborli va tajribali
sudyalar, Oliy Majlis deputatlari, huquqshunos olimlar, huquqni muhofaza qilish idoralari va
nodavlat tashkilotlari vakillari bor.
Qonunda shuningdek, umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashtirilishi
huquqiy jihatdan
mustahkamlab qo‗yilgan, jinoyat, fuqarolik va xo‗jalik ishlari bo‗yicha mustaqil sudlarni
tashkil etish mexanizmi belgilangan, sudyalarni ixtisoslashtirish ko‗zda tutilgan. O‗z
navbatida, bularning barchasi ko‗rilayotgan ishlarning sifatini oshirish, fuqarolarning huquq
va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarining yanada kuchayishiga xizmat qilmoqda.
Sud-huquq sohasida alohida o‗rin tutadigan mazkur qonunga muvofiq, jinoyat-protsessual va
fuqarolik-protsessual qonunchilikka zarur o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritildi. Sud yo‗l
qo‗ygan xatolarni o‗z
vaqtida tuzatish, sud ishlarini yuritishda sansalorlikka yo‗l
qo‗ymaslikning muhim kafolatlaridan biri bo‗lib xizmat qilayotgan samarali chora —
ishlarni ko‗rib chiqishning apellatsiya tartibi joriy etildi. Endilikda apellatsiya
instansiyasidagi sud quyi sudga ishni qayta ko‗rish uchun yubormay,
balki uning mohiyati
bo‗yicha ko‗rib chiqish huquqiga egadir. Shuningdek, o‗tgan davrda kassatsiya instansiyasi
ham isloh qilindi. Aytaylik, fuqaro qonuniy kuchga kirgan sud qaroridan norozi bo‗lgan
taqdirda o‗z huquqlarini mazkur instansiyada shaxsan va bevosita himoya qilish
imkoniyatiga ega bo‗ldi. Bunda ayblov bilan himoyaning huquqiy tengligi prinsipial jihatdan
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‗rinda e‘tiboringizni yana bir masalaga qaratishni istardim:
sud qaroridan norozi bo‗lgan fuqarolar o‗z huquqlarini apellatsiya yoxud kassatsiya tartibida
muhofaza qilish huquqini ixtiyoriy ravishda tanlaydilar.
Umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashtirilishi odil sudlov
sifatini oshirishga imkon
berdi. Ishlarni ko`rib chiqishning apellyatsiya (shikoyat) tartibi joriy еtilishi sud protsessi
ishtirokchilarining huquq va
manfaatlari himoya qilinishida qo`shimcha
kafolat
bo`ldi,
yarashuv institutining kiritilishi еsa, keyingi yetti yil ichida
salkam yetmish ming kishiga
nisbatan jinoiy ta‘qib tugatilishi uchun imkon berdi.
25)Tumanlararo, tuman sudining sud tizimida tutgan o‘rni.?
Tumanlararo, tuman sudlarining asosiy vakolati birinchi instansiyada fuqarolik, jinoyat va
ba‘zi bir boshqa ishlami ko‗rib chiqish, ya‘ni yuqorida ta‘kidlab o‗tilganidek, muayyan ishlar
bo‗yicha q o ‗yilgan masalalarga oid (jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsning aybdor yoki
aybsizligi, qonunda ko'zda tutilgan jazoni qo'llash yoki qo‗llamaslik, mulkiy da‘volarni
isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi va sh.k.) qarorlami
qabul qilishdan iborat
Tumanlararo, turnan sudlarida ishni to‗g‗ri tashkil etish sudlarningsamarali faoliyatlarini
la‘minlashda muhim ahamiyatga ega bo‗lib, bu vazifa sud raisi zimmasiga yuklatiladi. Sud
ishini tashkil etishda sud raisidan tashqari barcha sudyalar va boshqa sud xodimlari ishtirok
etadi. Sud ishini tegishli darajada tashkil etmasdan turib ishlarni tez, toMiq va to‗g‗ri ko‗rib
chiqish va sud oldida turgan profilaktik va boshqa vazifalarni amalga oshirish mumkin emas.
26)Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudning vakolatlari.?
Fuqarolik ishlari bo‗yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi qonun
bilan uning vakolatlari
doirasiga berilgan fuqarolik ishlarini va ma‘muriy huquqbuzarliklar to‗g‗risidagi ishlarni
ko‗rib chiqadi.
Фуқаролик ишлари бўйича туманлараро судлар томонидан кўриб
чиқиладиган барча ишларни умумий хусусиятларига кўра гуруҳларга ажратиш
мумкин.
Do'stlaringiz bilan baham: