15-modda. Vakil bo‘lolmaydigan shaxslar
Voyaga yetmagan yoki vasiylikda yoxud homiylikda turgan shaxslar ijro ishi yuritishda vakil
bo‘lishlari mumkin emas.
Sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, tergovga qadar tekshiruvni amalga
oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari, davlat ijrochilari va sud apparati xodimlari ijro ishini
yuritishda vakillik qilishi mumkin emas. Bu qoida mazkur shaxslar ijro ishini yuritishda tegishli
sudning, prokuratura, tergov, surishtiruv organining va tergovga qadar tekshiruvni amalga
oshiruvchi organning vakolatli vakili yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etadigan hollarga nisbatan
tatbiq etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |