17-modda. Ijro ishi yuritishda tarjimonning ishtiroki
Ijro harakatlari amalga oshirilayotganda ijro ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga
tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi ta’minlanadi.
Tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan tillarni biladigan har qanday voyaga yetgan, muomalaga
layoqatli jismoniy shaxs tarjimon bo‘lishi mumkin. Tarjimon davlat ijrochisining qarori bilan
tayinlanadi.
Tarjimon o‘z mehnati uchun haq olish huquqiga ega bo‘lib, bu haq ijro harakatlarini amalga
oshirish xarajatlariga kiritiladi.
Tarjimon bila turib, noto‘g‘ri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgar
bo‘ladi, bu haqda uni davlat ijrochisi yozma ravishda ogohlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |