18-modda. Ijro ishi yuritishda xolislarning ishtiroki
Qarzdorning xonalari va omborlarini ochish, mol-mulkini ko‘zdan kechirish, xatlash, olib
qo‘yish va berish bilan bog‘liq ijro harakatlarini amalga oshirishda xolislar ishtirok etishi shart.
Boshqa hollarda, xolislar davlat ijrochisining ixtiyoriga ko‘ra chaqiriladi.
Xolislar sifatida ijro harakatlarini amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lmagan va o‘zaro yoki ijro
ishi yuritish ishtirokchilari bilan qarindosh bo‘lmagan, bir-biriga bo‘ysunmaydigan va bir-birini
nazorat qilmaydigan voyaga yetgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar taklif
etilishi mumkin. Xolislar ikki kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |