Bog'liq 258-II-сон 29.08.2001. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida
14-modda. Vakilning vakolatlari Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan
tasdiqlangan bo‘lishi shart.
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi vakil o‘zini vakil qilgan shaxs nomidan ijro ishi yuritish bilan
bog‘liq barcha harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Vakil qilayotgan shaxs berayotgan ishonchnomada vakilning quyidagi harakatlarni amalga
oshirish vakolatlari maxsus ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi kerak:
ijro hujjatini ijroga topshirish va uni chaqirib olish;
undiruvdan voz kechish;
vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (ishonib topshirish);
davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni rad qilish;
undirilgan mol-mulkni (shu jumladan pulni) olish;
kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish.