Ijro ishi yuritishdan taraflarning biri chiqib ketgan taqdirda (undiruvchi yoki qarzdorning vafot
etishi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talablardan voz kechilishi,
qarzni boshqa shaxsga o‘tkazilishi va shu kabilar) davlat ijrochisi o‘z qarori bilan ana shu tarafni
uning huquqiy vorisi bilan qonunda belgilangan tartibda almashtirishi shart. Amalga oshirilgan
barcha harakatlar chiqib ketgan taraf uchun qay darajada majburiy hisoblangan bo‘lsa, uning
o‘rniga ijro ishi yuritishga kirgan huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: