Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


 -modda. Ijro ishi yuritishda xabarnomalar va chaqiruvlar



Download 285,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/98
Sana13.02.2022
Hajmi285,33 Kb.
#446512
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   98
Bog'liq
258-II-сон 29.08.2001. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida

22 -modda. Ijro ishi yuritishda xabarnomalar va chaqiruvlar
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar davlat ijrochisi tomonidan chiqarilgan qarorlar
haqida, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa ijro harakatlari to‘g‘risida va majburiy ijro etish
choralari haqida xabardor qilinadi, shuningdek davlat ijrochisining huzuriga yoxud ijro harakatlarini
amalga oshirish joyiga chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma, telefonogramma, telegramma yoki
boshqa aloqa vositalari (bundan buyon matnda chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma deb
yuritiladi) orqali chaqirtiriladi.
Ijro hujjati darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hollarda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishda ishtirok
etuvchi shaxslarni oldindan xabardor qilmasdan ijro harakatlarini amalga oshirishga va majburiy
ijro etish choralarini qo‘llashga haqli.
Agar ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili boshqa manzilni ko‘rsatmagan
bo‘lsa, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxsga chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma ijro hujjatida
ko‘rsatilgan manzilga yuboriladi. Chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma ijro ishi yuritishda ishtirok
etayotgan shaxsning ish, o‘qish joyiga yuborilishi mumkin.
Ijro hujjatida undiruvchining yoki qarzdorning elektron pochta manzili yoki mobil telefonining
raqami mavjud bo‘lgan taqdirda (agar ular sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organga
(mansabdor shaxsga) taqdim etilgan bo‘lsa), ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi
bildirishnoma uning jo‘natilganligi va qabul qilib olinganligi faktlarini qayd etish imkonini beruvchi
maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoxud mobil telefonga
qisqa xabar (SMS) tarzida yuboriladi.
Jismoniy shaxsga yo‘llangan chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu
moddaning 
to‘rtinchi qismida 
nazarda tutilgan hollar mustasno), qoida tariqasida, Majburiy ijro
byurosining bo‘linmasiga qaytarilishi lozim bo‘lgan topshirganlik to‘g‘risidagi yozma
bildirishnomaga jismoniy shaxsning imzosi qo‘ydirilgan holda unga shaxsan topshiriladi. Yuridik
shaxsga yuborilgan chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning to‘rtinchi
qismida nazarda tutilgan hollar mustasno) yuridik shaxsning xodimiga topshiriladi, u
topshirganlikni tasdiqlovchi yozma bildirishnomaga chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani
olganligi haqida familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi.
Agar chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani yetkazib beruvchi shaxs chaqirilayotgan
jismoniy shaxsni topa olmasa, chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma u bilan birga yashovchi voyaga
yetgan oila a’zolaridan biriga topshiriladi, ular yo‘qligida esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
1


organiga yoki ish beruvchiga (o‘quv muassasasi ma’muriyatiga) topshiriladi. Chaqiruv qog‘ozini,
boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat bo‘lishi bilan darhol chaqiriluvchiga
topshirishi shart.
Adresat vaqtincha biror joyga ketgan bo‘lsa, chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani
yetkazib beruvchi shaxs uning ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi
kutilayotganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi. Bu ma’lumotlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi
tomonidan yoki ish beruvchining (o‘quv muassasasi ma’muriyatining) imzosi bilan tasdiqlanishi va
guvohlantirilishi lozim.
Adresat chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortganda, ularni
yetkazib beruvchi shaxs davlat ijrochisiga qaytariladigan chaqiruv qog‘oziga, boshqa xabarnomaga
belgi qo‘yadi.
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagi hollarda xabardor qilingan hisoblanadi,
agar:
chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma adresatga ushbu modda talablariga muvofiq yetkazib
berilgan (yuborilgan) bo‘lsa;
adresat chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani olishdan bosh tortsa;
pochta xabarnomasini olgan bo‘lishiga qaramasdan adresat o‘z nomiga yuborilgan chaqiruv
qog‘ozini, boshqa xabarnomani olish uchun kelmasa.
Majburiy ijro etish choralari to‘g‘risida xabardor qilingan shaxslarning hozir bo‘lmasligi mazkur
choralarning bajarilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Agar ijro hujjati bo‘yicha qarzdor zimmasiga faqat shaxsan o‘zi bajarishi mumkin bo‘lgan
majburiyatlar yuklatilgan bo‘lsa, davlat ijrochisining chaqiruvi bo‘yicha kelishdan bo‘yin tovlayotgan
qarzdor davlat ijrochisining qarori asosida majburiy keltirilishi mumkin.
Chaqiruv qog‘ozlari, boshqa xabarnomalar shakllarining namunalari, shuningdek ularning
mazmuniga qo‘yiladigan talablar Majburiy ijro byurosi tomonidan belgilanadi.

Download 285,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish