Ключевые слова: метод, географическое образование, гимназия, глобальная проблема, игровой метод, экспериментальный метод.
Yosh avlodga ta’lim - tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan ko‘nikma, malaka, bilimlarni shakllantirish davlat siyosatining ustivor vazifalaridan xisoblanadi. Ana shu ustivor vazifalarni amalga oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimining mukammal bo‘lishi, zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida yuksalish bilan belgilanadi.
Binobarin davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Avvalo maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta’kidladi. Bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha dunyoda eng ilg‘orlardan biri hisoblanadi. Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi”1, – dedi Shavkat Mirziyoyev.[1] Keyingi o‘n yilliklarda geogarfiya o‘qituvchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi ancha yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Hozirgi kunda geografiya ta’limi jahonning ko‘pgina mamlakatlarida 3 ta yo‘nalishda olib borilmoqda.
1. Barcha o‘quvchilar uchun yagona o‘quv rejasi va dasturi asosida (Sharqiy Yevropa va sobiq Sobiq ittifoq o‘rnida vujudga kelgan) davlatlardir.
2. Bir necha asosiy fanlar qatorida ayrim kurslarni fakultativ tarzida o‘rganish (AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlarida).
3. Barcha o‘quvchilar uchun o‘rganish majburiy bo‘lgan fanlar qatorida qo‘shimcha fakultativ mashg‘ulotlar (Filippin, Fransiya, Yaponiya va ko‘pchilik mamlakatlarida) o‘tkazish.
Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosan tabiiy va iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan. Shahar va qishloq joylardagi barcha maktablarda yagona o‘quv rejasi asosida o‘tkaziladi.
Ikkinchi guruh mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida emas, balki integratsiya (birikma) tarzida bo‘lib, boshqa fanlar, kurslar tarkibiga qo‘shilib ketgan. Bunda geografiyani chuqur o‘rganishni hohlovchilar maxsus fakultativ mashg‘ulotlar orqaligiga o‘z bilimlarini oshirishlari mumkin.
Shu tufayli ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya ta’limi bo‘yicha yagona davlat rejasi yo‘q, har bir o‘qituvchi maktab joylashgan sharoit nuqtai nazaridan kelib chiqib, o‘quv programmasini tuzishi mumkin. Masalan: AQSh da 1700 dan ortiq okrug mavjud bo‘lib, ularning barchasida o‘ziga xos bo‘lgan geografik ta’lim mavjud va bir-birigpa o‘xshamaydigan programmalar bo‘yicha ish yuritiladi.
Uchinchi guruh mamlakatlarida geogarfiya majburiy o‘rganiladigan fanlar qatoriga kirmaydi va uni fakultativ mashg‘ulotlar orqali o‘rganish asosiy o‘rin egallaydi. Umuman olganda Yevropa va Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida barcha o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan fanlar qatorida, xilma-xil murakkablikdagi fakultativ kurslar turi keng tarqalgan. [2-3]
Jahon tajribasida 3 bosqichli ta’lim tizimi asosiy hisoblanadi, ya’ni: boshlang‘ich maktab 1-4 sinf, o‘rta bosqich 5-9 sinf, yuqori bosqich 10-12 sinf.
Har bir bosqichda geografiya ta’limi o‘ziga xos maqsadga ega. Masalan, birinchi bosqich matablarida geografiya ta’limining asosiy maqsadi atrof-muhitni o‘rganish. Ikkinchi bosqichda o‘z mamlakatining xo‘jalik hayotini o‘rganish, zarur kasblar haqida ma’lumotlar olish, ta’limiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Uchinchi bosqichdagi maktablarda insoniyatning global muammolarini va jahon xo‘jaligini o‘rganishdan iborat.
Jahon tajribasida geogarfiya o‘qitishning ahvoli muhim emas. Shu tufayli uni o‘quchilarga o‘rgatish bo‘yicha 2 fikr tarafdorlari bor.
Birinchi yo‘nalish tarafdorlarining fikri o‘quv rejalarida geografiyani mustaqil fan sifatida muntazam o‘qitishni amalag oshirish bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari geografiyani boshqa o‘quv fanlari bilan integratsiya tarzida o‘qitishni isbotlab berishga urinadilar.
O’quv fanlarini biriktirish borasida AQSh jahonda etakchi bo‘lib, 40-50 yillardagi ta’lim islohotida ko‘pgina fanlar qatori geografiya majburiy o‘rganiladigan fanlar qatoridan chiqarib tashlandi va tarix, jamiyatshunoslik bilan birlashtirildi. Geografiyani bunday o‘qitish o‘quvchilarga talay qiyinchiliklarni tug‘dirdi. Natijada geografiya ta’limining sifati juda pasayib o‘quvchilar zarur ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lmay qoldilar. Masalan, Michigina universitetining geogarfiya fakultetida o‘qitish uchun ariza bergan 400 o‘quvchining yarmi geogarfiyani faqat boshlang‘ich sinflarda o‘rganganlari ma’lum bo‘ldi. Shu tufayli ham hozirgi kunda AQSh da geografiyani mustaqil fan sifatida tiklash uchun kurash ketyapti.
Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida fanlarni o‘rganish ixtiyoriy bo‘lib, o‘quvchilar hohish istaklari ostida amalga oshiriladi. Bu gruppaga kiruvchi mamlakatlarda majburiy fanlar soni 7-8 tadan oshmaydi. Masalan, Finlyandiya va Shvetsiyada fin va shved tili, iqtisod va sotsiologiya, biologiya, ximiya, ingliz tili, din va sport majburiy fan hisoblanadi.
Fin mamlakatlarida 9 yillik majbury ta’limdan keyin sinfsiz gimnaziyalar keng tarqalgan. Bunday gimnaziyalarda o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhi o‘ziga yillik o‘quv rejasi tuzadi. Bunday gimnaziyalarda o‘quv rejalari kurs rahbarlari va ma’muriyat tomonidan tasdiqlanadi.
Gimnaziyada o‘quv yili 6 davrga bo‘linadi. Har bir davr 6 haftadan iborat bo‘lib, kurslar 32 soatdan tashkil topadi. Har bir kursdan bittadan fan kunig 1 soatdan o‘qiladi. Gimnazist kuniga 4-7 soat o‘qiydi. Sport darslari mashg‘ulotdan keyin o‘tkaziladi. Har bir davr yakunida o‘quvchilar bilimi baholanadi. Agar o‘quvchi qoniqarsiz baho olsa, u shu kursni qaytadan tanlaydi.
Deyarli ko‘pchilik mamlakatlarda geografiya ta’limi tizimi davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tizimi bilan bog‘liq.
Tabiiy va iqtisodiy geografiyani o‘rganish asos qilib olingan sobiq Sobiq ittifoq va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida tabiat va xo‘jalikning rivojlanish qonuniyatlari, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar, atrof-muhit muammolari geografiya ta’limining asosini tashkil qiladi.
Rivojlangan g‘arb mamlakatlari geografiya ta’limida ta’limning ruhiy jabhalari asosiy o‘rin egallagan. O’quchi ruhiyati, uni bilish faoliyatini o‘rganishag katta e’tibor beriladi. Geografiya ta’limi tadqiqotlari psixologlar ishtirokisiz deyarli amalga oshirilmaydi.
Geografiya ta’limida turli matnlar, o‘yinlar, imitatsiya keng qo‘llaniladi. Masalan, o‘quvchi biror kompaniya prezidenti sifatida fikrlaydi, ish yuritadi, biror muammoni hal qiladi, o‘zi xulosalar chiqaradi. Umuman bunday ta’limning asosiy maqsadi o‘quchilarni kelgusi hayotga, ya’ni ishbilarmonlikka tayyorlashdan iborat.
Turli mamlakatlardagi geografiyadan o‘quv darsliklari va qo‘llanmalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, ularda bitta kursni o‘qish uchun bir necha qo‘llanma chiqqariladi. Ko‘pchilik hollarda ular qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘lib, axborot xususiyatiag ega. Bunday qo‘llanmalarda matn 20-40 foizni, tasvir 20 foizni, statistika 20 foizni, savol va topshiriqlar 20 foizni tashkil qiladi.
Kitobdagi tasvirlar nihoyatda sifatli. Quyi sinflar qo‘llanmalarida esa deyarli xarita yo‘q, ular o‘rnini xarita sxemalar egallagan. Matnda raqamli sonlar deyarli uchramaydi, mavjudlari ham taqqoslash xarakteriga ega bo‘lib, ular eng past, eng yuqori, eng kichik, eng baland, eng uzun kabi tarzlarda berilgan.
Mavzu yoki bilimdan keyin qo‘yiladigan savollar va topshiriqlar mavzu mazmunini aks ettirmasligi ham mumkin. Qo‘yiladigan savollarning aksariyati muammoli topshiriqlar, diskussiya savollari, amaliy o‘yinlar tarziad berilgan. O’quvchilar uchun chiqarilagn geografiya darsliklarida kompyuter bialn ishlash uchun maxsus savollar, qiziqarli topshiriqlar, matematik statistika usullari, turli o‘yinlar, testlar tarzida geografik bilimlarni egallashga keng o‘rin berilgan. O’quvchilar ularni mustaqil bajarish jarayonida tadqiqotchi rolini o‘ynaydilar. Demak, geografiya darsligi kapitalistik mamlakatlar geografiya ta’limi metodikasida eng etakchi o‘rinni egallaydi.
Shu jumladan bugungi kunda geografiya ta’limi ayrim rivojlangan davlatlar misolida ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |