Ubaydullaxon ham oʼz davri hukmdorlaridan Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Bobur mirzo kabi muttasil ijod bilan shugʼullanib «Ubaydiy», «Qul Ubaydiy», taxalluslarini qoʼllar edi. Ubaydiyning oʼzbek, fors va arab tilidagi sheʼrlaridan iborat uch devoni bir muqova ichiga joylashtirilgan. Bu uch tildagi devonning yagona qoʼlyozma nusxasi 1583 yilda Mir Husayn al-Husayniy tomonidan koʼchirilgan boʼlib, kotib uni «Kulliyot» deb atagan. Bu qoʼlyozma OʼzFА Sharqshunoslik institutining qoʼlyozmalar fondida saqlanmoqda. Ubaydiyning oʼzbek tilidagi devonida 306 gʼazal, 435 ruboiy, 25 qitʼa, 13 tuyuq, shuningdek noma, muammo, masnaviy, hikmat, tarjeʼbandlaridan namunalar mavjud. Shoirning boy adabiy merosi hali maxsus oʼrganilmagan. Ubaydiy oʼzining oʼzbek tilidagi gʼazal va ruboiylari, qitʼa va tuyuqlari bilan, hech shubhasiz, sheʼriy turlar taraqqiyotiga katta hissa qoʼshgan. - Ubaydullaxon ham oʼz davri hukmdorlaridan Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Bobur mirzo kabi muttasil ijod bilan shugʼullanib «Ubaydiy», «Qul Ubaydiy», taxalluslarini qoʼllar edi. Ubaydiyning oʼzbek, fors va arab tilidagi sheʼrlaridan iborat uch devoni bir muqova ichiga joylashtirilgan. Bu uch tildagi devonning yagona qoʼlyozma nusxasi 1583 yilda Mir Husayn al-Husayniy tomonidan koʼchirilgan boʼlib, kotib uni «Kulliyot» deb atagan. Bu qoʼlyozma OʼzFА Sharqshunoslik institutining qoʼlyozmalar fondida saqlanmoqda. Ubaydiyning oʼzbek tilidagi devonida 306 gʼazal, 435 ruboiy, 25 qitʼa, 13 tuyuq, shuningdek noma, muammo, masnaviy, hikmat, tarjeʼbandlaridan namunalar mavjud. Shoirning boy adabiy merosi hali maxsus oʼrganilmagan. Ubaydiy oʼzining oʼzbek tilidagi gʼazal va ruboiylari, qitʼa va tuyuqlari bilan, hech shubhasiz, sheʼriy turlar taraqqiyotiga katta hissa qoʼshgan.
- Masalan, Ubaydiy asosan besh baytli gʼazallar bitgan; bu uning gʼazaliyotiga xos xususiyatlardan biri. Shoir asarlari koʼproq anʼanaviy mavzular — ishq va muhabbat, vafodorlik va doʼstlik, ayol goʼzalligi va oshiq sadoqati, saxovati talqinidan iborat. Biroq bu sheʼrlardagi badiiy ifodaning oʼziga xosligi, shoir shaxsiyatining yuksak axloqiy fazilatlari bilan uniig goʼzal nafis dunyosi oʼrtasidagi uygʼunlik har qadamda kitobxon diqqatini oʼziga tortadi. Oʼzbek adabiyotida ishqiy sheʼrlar koʼp. Lekin Ubaydiyning bu mavzudagi quyidagi satrlarini qaysi shoirning sheʼriga oʼxshatish mumkin: Koʼnglum bila dildorni men yod etadurmen, Xotirni dogʼi yodi bila shod etadurmen. Bedod etadur jonima dildor, netaykim, Demas: «Nega bu xastagʼa bedod etadurmen!»
Do'stlaringiz bilan baham: |