- Xotima qismda Nisoriyning ota-bobolari, amakilari hamda qaridoshtuqqanlari haqida ma’lumotlar beriladi.Ushbu qism Abdulvahhobxojaning muqaddas yodi bilan boshlanib,uning o’g’illari shayx-Alixoja bin Abdulvahhobxoja,Podshohxoja bin Abdulvahhobxoja,Bobojonxoja bin Abdulvahhobxojalar haqida, Abdusalomxoja bin Podshohxoja, Boboxoja bin Podshohxoja, Valiullohxoja bin Mirimxoja ibn Shayxalixoja,Shohimxoja bin Podshohxoja haqida ma’lumot beradi.
- “Muzakkiri ahbob” bizga mahoratli tarjimon Ismoil Bekjon tarjimasi orqali yetib kelgan.Tarjimonning aytishicha, hozircha asarning dunyo qo’lyozma xazinalarida mavjud 14 nusxasi ma’lum.1969-yilda Pokistonda 1 ta Angliya va 3 ta Hindiston nusxasi asosida tazkiraning ilmiy-tanqidiy matni ham tuzilgan.
Huvaydoning “Ibrohim Adham” qissasi va undagi timsollarni tavsiflash. XVIII asr tasavvuf adabiyoti va falsfasining yirik namoyandasi bo‘lgan Xojamnazar Huvaydoning tarjimai holi, u mansub bo‘lgan ijtimoiy-madaniy muhit, qancha umr ko‘rganligi, oilaviy va ijtimoiy hayoti haqida, afsuski, juda oz ma’lumot yetib kelgan. Yaqin vaqtlargacha tadqiqotchilar Huvaydoning 1907 yili Toshkentda V.M. Ilin litografiyasida chop etilgan “Kitobi eshon Huvaydoyi Chimyoniy maa Rohati dil fiy al xoshiya” devoniga ilova qilingan Noseh Chimyoniyning Huvaydo vafotiga bag‘ishlab yozgan “Tarixi vafoti hazrat eshon Huvaydo “navvarallohu taolo marqadahu marjaahu” asariga hamda shoirning o‘zi haqida “Rohati dil” dostonida bergan ma’lumotlariga asoslanar edilar. - Huvaydoning “Ibrohim Adham” qissasi va undagi timsollarni tavsiflash. XVIII asr tasavvuf adabiyoti va falsfasining yirik namoyandasi bo‘lgan Xojamnazar Huvaydoning tarjimai holi, u mansub bo‘lgan ijtimoiy-madaniy muhit, qancha umr ko‘rganligi, oilaviy va ijtimoiy hayoti haqida, afsuski, juda oz ma’lumot yetib kelgan. Yaqin vaqtlargacha tadqiqotchilar Huvaydoning 1907 yili Toshkentda V.M. Ilin litografiyasida chop etilgan “Kitobi eshon Huvaydoyi Chimyoniy maa Rohati dil fiy al xoshiya” devoniga ilova qilingan Noseh Chimyoniyning Huvaydo vafotiga bag‘ishlab yozgan “Tarixi vafoti hazrat eshon Huvaydo “navvarallohu taolo marqadahu marjaahu” asariga hamda shoirning o‘zi haqida “Rohati dil” dostonida bergan ma’lumotlariga asoslanar edilar.
- Biroq ana shu hujjatlarning birortasida Huvaydoning Qo‘qon madrasalaridan birida tahsil ko‘rganligi yoki otasi Chimyonda qurgan madrasada mudarrislik qilganligi haqida ma’lumot uchramaydi. Afsuski, ko‘p tadqiqotchilar Huvaydo singari iste’dodli shoir katta bilim va badiiy mahoratga ega bo‘lish uchun Qo‘qon madrasalaridan birida tahsil ko‘rgan bo‘lsa kerak, degan taxminlarini o‘quvchiga haqiqat sifatida taqdim etadilarki, bu ilmiylik va xolislik talablariga ziddir. Huvaydoning hayoti, ijodiy faoliyati, tasavvufiy qarashlariga oid ma’lumotlarni uning devoniga kiritilgan g‘azallaridan, “Rohati dil”, “Ibrohim Adham” qissalaridan olishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |