24
(50 daqiqa)
2.Ko‘rgazmali plakatlardan foydalanadi
Tinglaydilar
Yakuniy
bosqich
10
daqiqa
1. Yakunlovchi xulosa qiladi.
Tinglaydi
Yozib oladi
Ma‘ruza matni
Karies-bu so‘z lotincha suyak chirishi ma‘nosini anglatadi. Ilmiy jihatdan karies-tishlarni
emal, dentin to‘qimalarining asosiy qismini tashkil qiluvchi, ularning qattiqligini ta‘minlovchi
mineral tuzlarning xilma-xil sabablarga ko‘ra yuvilib chiqib ketishi (demineralizastiya) oqibatida
to‘qimaparining mo‘rtlashuvi, yumshab yemirilishi natijasida tishlar butunlgining buzilishi va
kovaklar hosil bo‘lish jarayonidir.
Bugungi
kunda ilmiy tekshiruvlar, tajribalarga tayanib olingan ma‘lumotlar tish kariesi
kasalligini paydo bo‘lishida tish karashlarining ahamiyati juda katta ekanligini ko‘rsatadi.
Sut tishlari va doimiy tishlar qattiq to‘qimalarini kariesga chalinishi bir xil asosga ega
ekanligi bugun barchaga ravshandir. Karies jarayoni odatda tish usti karashlari yig`iladigan
joylardan boshlanadi. Ana shunday joylarda yig`ilib qolgan tish usti karashlaridan streptokokklar
o‘z faoliyatida foydalanishi natijasida uglevodli ovqat qoldiqlaridan organik kislotalar (sut,
pirouzum, uksus, olma va boshqa.) hosil bo‘lib, shu atrofdagi chegaralangan emal sohasida RN
ko‘rsatkichini, pasaytiradi. Uglevodli ovqatlar ko‘proq iste‘mol kilinishi oqibatida tish emali
sathida RN shunchalik keskinrok pasayishi mumkin. Kislotali muhitni
yuzaga keltirishda faol
ishtrok etuvchi mikroorganizmlar bo‘lib, streptococcus mutans, laktobatsillalar va
aktinomitsetlar hisoblanadi. Bu mikroorganizmlarning ko‘pchiligi oziq-ovqat tarkibidagi
shakardan ujayra tashqarisida polisaharid sintez qiladi. Ular esa o‘z
navbatida tish usti
karashlarining asosiga kirib mikroblarni karashlarda mustakam o‘rnashib qolishini ta‘minlaydi.
Karies kasalligini kelib chiqishida nafaqat uglevodlar turi, balki ularni iste‘mol shakli am
alohida o‘rin tutarkan. Bir marta ko‘p miqdorda uglevodli ovqat qabul qilishdan ko‘ra oz-ozdan
tez-tez ularni iste‘mol qilish ko‘proq xavflidir. Ayniqsa ular yopishqoq bo‘lib, ovqatlanishlar
orasida iste‘mol qilinsa, bunda ularning kariesogen ta‘siri kuchliroq bo‘ladi.
Yengil parchalanuvchi: glyukoza, saharoza kabi kichik molekulyar og`irlikdagi uglevodlar
qabuli 1-3 minut ichida pH ko‘rsatkichni 4.4-5.0 darajag‘a pasaytiradi. pH ni odatdagi (7.0-7.4)
olga kelishi uchun esa 2-2.5 soat vaqt talab qilinadi. Vodorod ionlari qonsenratsiyasini bunday
o‘zgarishi, ayniqsa pH ko‘rsatkichning 5.5 atrofida bo‘lishi erkin vodorod ionlari tish emal
qavatiga singib o‘tib, krisstallarni erishiga va demineralizastiyasiga sabab bo‘ladi.
Demineralizastiya jarayoni so‘lak tarkibida kalsiy va fosfat ionlari
konsentrasiyasi talab
darajada bo‘lganda orqaga qaytishi-ya‘ni reminiralizatsiyaga uchrashi mumkin. Shunday sharoit
tug`ilganda emal qatlami kristallari remineralizastiyaga uchrab, qayta tiklanadi.
Taxmin qilinishicha bakteriyalar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan organik kislotalar emal
tarkibiga diffuziya yo‘li bilan singib kirib ionlarga dissotsiatsiyalanadi va erkinlashgan vodorod
ionlari kristallar tarkibidagi mineral tuzlar bilan faol-reaksiyaga kirish imqoniyatiga ega bo‘ladi.
Kariesning boshlang`ich davrida tish yumshoq karashlari ostidagi emal pH muhitning o‘zgarishi
oqibatida demineralizastiya jarayoniga yuz tutadi. Xastalikning bu bosqichida "oq dog‘`" hosil
bo‘ladi. Patologik jarayon "oq dog‘`" bosqichida to‘la orqaga qaytib, emal krisstallari to‘liq
tiklanishi mumkin. Bunda remineralizastiya jaroxatlangan emalning ostki qavatlari va tish
atrofidagi so‘lak tarkibidan o‘tadigan mineral tuzlar hisobiga bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: