Jizzax viloyati, O’zMU JF da tashkil etilgan “Steviya” mini plantatsiyasi
Steviya shakarining ahamiyatli tomoni shundaki, hozirda uning isteʼmoldagi meʼyori juda cheksiz darajada boʼlib, organizmlar uchun salbiy taʼsiri uzatilmagan.Yurtimizda steviyani yetishtirish hamda qayta ishlash jarayonlari oʼrganib chiqilgan. Uni urugʼlantirish, qalamcha usuli bilan koʼchatlarini yetishtirish qoʼllanib kelinmoqda. Olib borilayotgan amaliy ishlar natijasi shuni koʼrsatadiki, respublikada yetishtirilgan steviya oʼsimligining steviozid moddasi dunyoning baʼzi mamlakatlarida yetishtirilgan oʼsimlik tarkibidagi steviozid miqdoridan ancha yuqori koʼrsatkichni – 19,7 % (Janubiy Koreyada esa 16 %) ni tashkil qiladi. [3]
Yuqorida taʼkidlanganidek, mamlakatimizda dorivor va ziravor oʼsimliklarni koʼpaytirish va madaniy plantatsiyalarini yaratish, farmatsevtika tarmogʼini dorivor oʼsimliklarga boʼlgan talabini, maʼlum miqdorda qondirish imkoniyatini beradi.
Steviya yetishtirishda nimalarga eʼtibor berish kerak! Steviya subtropik, moʼtadil iqlimning havo haroratiga moslashgan boʼlib, 24°S gacha boʼlgan haroratda yaxshi oʼsadi. Steviya yaxshi oʼsadigan tuproqlar bu normal namlikdagi qumoq (qumli) tuproqdir. Oʼsimlikni ekish va parvarish qilishda, uning normal rivojlanishi uchun zich boʼlmagan, drenaj tizimi yaxshi boʼlgan, quyosh nuri tushadigan, unumdor va sugʼorish imkoniyati yetarli boʼlgan yer maydoni tanlanadi. Negaki, ushbu oʼsimlik quyosh yaxshi yoritmaydigan joylar(soya)da hamda unumsiz tuproqlarda yaxshi oʼsmaydi. Oʼsimlik koʼchatlarini ekish uchun tanlangan maydon kuzda 25-30 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Bunda shudgor qilinadigan maydonga gektar hisobida 100 tonna mahalliy oʼgʼit (goʼng), 200 kg fosfor solib, yer shudgorlanadi. Oʼsimlikning ildiz tizimi yaxshi taraqqiy etishi uchun ikki marta yer yumshatiladi.Shuningdek, begona oʼtlardan tozalanadi. Oʼsimlik urugʼining unuvchanligi past boʼlib, tezda unuvchanlik qobiliyatini yoʼqotadi. Shu sababli oʼsimlikni yetishtirish dastlabki jarayoni issiqxonadan boshlanadi. Steviya urugʼlarini ekish (issiqxona sharoitida) uchun optimal muddat bu yanvar oyi hisoblanadi. Oʼsimlik koʼchatlarini yetishtirish uchun issiqxonalardagi maxsus joy (pollar)ga ekiladi. Ekilgan urugʼlarning ustidan elakdan oʼtkazilgan aralashma (1 goʼng:1 qum: 3 tuproq) sepiladi. Bunda tuproq qalinligi 0,2-0,3 sm da boʼlishi maqsadga muvofiqdir. Havo harorati +15°S ga yetishi oʼsimlik urugʼlari unib chiqishi uchun qulay fursat hisoblanadi. Shu sababli steviya yetishtirilishida dastlab urugʼlar maxsus koʼchatxonalarda ekiladi. Harorat +18…+25°C darajada saqlanganda bir hafta ichida yosh ildizlari paydo boʼladi. Steviya koʼchatlarning boʼyi 15-20 sm ga yetganda, mart oyining oxiri va aprel oyining boshlarida, ochiq maydonga olib chiqiladi. Barg yoki urugʼ hosili olish uchun qator oraliqlari 2 hilda tortiladi. Barg hosilini olish uchun qator oralari 70 sm dan tortilib, nihollarni 20 sm oraliqda, urugʼni olish uchun qator oralari 90 sm dan tortilib, nihollarni 25 sm oraliqda ekiladi. Oʼsimlikni oziqlantirish vegetatsiyasining ikkinchi oyidan boshlanadi. Mavsum davomida sugʼorish (oktyabr oyigacha) oʼsimlikni holatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.Oʼsimlikning oʼziga xos xususiyatlardan biri shundaki, steviya 100S dan past boʼlgan haroratda oʼsishdan toʼxtaydi. Bu uning tashqi muhitga boʼlgan munosabati va uning juzʼiy moslanishi (idoadaptatsiya)ni bildiradi. Steviyaning hosildorligi gektar hisobida dastlabki yillarda 5-8 sentnergacha va keyingi yillarda 18-20 sentnerni tashkil etadi. []
Quritish jarayoni ortiqcha issiqlikni talab qiladigan jarayon emas; muhimroq, yaxshi havo aylanishi. Kuzning o'rtacha issiq kunida sizning steviya hosilingiz to'liq quyoshda taxminan 12 soat ichida tez quritilishi mumkin. (Quritish muddati undan ko'p bo'lsa, yakuniy mahsulot tarkibidagi steviozid miqdori kamayadi.) Uy degidratoridan ham foydalanish mumkin, garchi quyoshda quritish afzalroq usuldir.
Quritilgan barglarni maydalash steviyaning totlantirish kuchini chiqarishning oxirgi bosqichidir. Buni qo'lda yoki ko'proq ta'sir qilish uchun qahva maydalagichda yoki o'tlar uchun maxsus blenderda qilish mumkin. 1/4 chashka yangi, mayda maydalangan steviya barglariga bir chashka iliq suv qo'shib o'zingizning suyuq steviya ekstraktini tayyorlashingiz mumkin. Ushbu aralashmani 24 soat davomida muzlatgichga qo'yish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |