Stevia (asal o’TI)- o’simligi tarkibidagi steviazidni ajratib olish texnologiyasi



Download 1,72 Mb.
bet2/9
Sana21.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#689589
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Saidov Zuxriddin KURS ISHI

MAVZUNING DOLZARBLIGI
Stevia (asal o‘ti)-o‘simligidan totlantiruvchi va turli kasalliklarni davolash uchun biotexnologik sharoitda shirin tam beruvchi glikozidlarni ajratib olish, va ularni qayta ishlab 70 foizi sirop, kukun, steviya tabletkalaridan foydalangan holda Zomin farm, Farmosevtika sanoati tarmoqlari Oziq-ovqat sanoatida va diabet kasalligi bo‘lgan odamlarga shakar o‘rnini bosuvchi vosita sifatida maxsus qadoqlash uskunasi yordamida qadoqlanib ichki bozorga yetkazish.
MAQSAD VA VAZIFALARI
Stevia (asal o‘ti)-o‘simligidan biotexnologik usulda steviazid moddasini ajratib olish orqali inson organizimidagi Xolesterin darajasini pasaytirish, Qandli diabet kasaligini oldini olish, yallig‘lanish, allergiya, periodontal kasalliklarda, kon tomir aterosklerozi kabi kassaliklarda keng qo‘llanilish, va yurtimizda shakar o‘rniga steviazidni ishlatishni joriy etish, sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash va talabalarni qo‘shimcha ish bilan band qilishdan iborat.


ADABIYOTLAR SHARHI
Steviya oʼsimligi organizmga umumiy quvvat va mustahkamlovchi sifatida taʼsir etadi. Qadimda Braziliya va Paragvay hindulari steviyani oziq-ovqat sifatida, baʼzan esa oshqozon-ichak hamda buyrak kasalliklarini davolashda ishlatishgan. XX asrning boshlarida frantsuz olimlari tomonidan ushbu oʼsimlik tarkibida steviozid va rebaudiozid moddalari aniqlangan. Oʼsimlikning tarkibidagi moddalar tishlarda yogʼ va boshqa moddalar toʼplanishiga yoʼl qoʼymaydi. Bu esa tish emalini mikroblar tomonidan yemirilishini oldini oladi. Steviya qondagi qand (shakar) miqdorini nazorat qiladi va insulin garmoni faoliyatiga koʼmaklashib, organizmni qand bilan taʼminlashda katta ahamiyat kasb etadi. Steviya oʼsimligi tarkibidagi biologik faol modda – glikozid Reb A (Rebaudioside A), Reb C, Reb F, Reb M, Reb D, Reb X (steviozid) organizimda tabiiy ozuqa oʼrnini bosuvchi vositalardan biridir. Shuningdek steviya mahsulotlari, qandli diabet, organizmda ortiqcha yogʼlarni toʼplanishi hamda metabolik jarayonlarni buzilishi bilan bogʼliq boʼlgan kasalliklarda qoʼllaniladi. Bundan tashqari gipotenziv (qon bosimni pasaytiradi), kardiotonik, antibakterial, antifungal, antiviral, diuretik, tonik hamda yaralarni davolashda samarali vosita sifatida qoʼllaniladi. [1]
Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga shirinlik berilmasligini hisobga olib, bemorlarning shirinlikka boʼlgan ixtiyojini qondirishda hamda qandli diabet kasalligini davolashda samarali qoʼllanilib kelinadi.Xitoy mamlakati qandli diabet bilan kasallanish boʼyicha dunyoda АQSh va Rossiyadan keyingi oʼrinda turadi. Qandli diabetga chalinganlar soni boʼyicha 2008 yilda Hindiston eng yuqori koʼrsatgich (30 mln)ni tashkil etgan. Ushbu kasallik sababli steviya xom ashyolariga talab ortishi bilan fermerlar katta maydonlarda steviya plantatsiyalarini barpo etishni boshlaganlar. Shuningdek, Hindiston tuproq va iqlim sharoiti bilan steviya oʼsitirish uchun juda qulay boʼlgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda Hindistonda steviya oʼsimligining yillik ishlab chiqarish qariyib 600 tonnani tashkil etadi. Shuningdek, Yaponiyada ham steviya oʼsimligidan juda keng miqyosida foydalanilib, bir gektar yer maydondan 270 ming АQSh.dollargacha foyda olinadi.
Ushbu oʼsimlik tarkibidagi shirinlik yuqori boʼlsa ham qandli diabet xastaligi bemorlarida noxush holatlarni keltirib chiqarmaydi. Xalq tabobatida ham steviyadan olinadigan moddalar qandli diabet kasalligida qoʼllaniladi. Bunda oʼsimlik mahsulotining maydalangani (talqoni) isteʼmol qilinganda patogen mikroblarni yoʼqotadi va immun tizimiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Shuningdek, yurak muskullari yalligʼlanishda, tana terisi va sochning holatini yaxshilashda, organizmdan xolesterinni chiqarib yuborishda ishlatiladi. Bundan tashqari steviozid moddasi konditer sanoati (Yaponiya)da salqin ichimliklar, shirinliklar tayyorlashda shakar oʼrniga keng miqiyosda ishlatiladi. Steviya oʼsimligi 1931 yilda N.I. Vavilov tomonidan Nikita botanika bogʼida introduktsiya qilingan. Keyinchalik Tatariston, Qozogʼiston, Ukraina, Misr, Moldaviya davlatlarining ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan iqlimlashtirilib, asosiy agrotexnologik tadbirlari ishlab chiqilgan.
Mazkur oʼsimlik Oʼzbekistonda dastlab, 1996 yilda Oʼzbekiston Milliy Universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti olimlari tomonidan mahalliylashtirilgan. Bugungi kunda Respublikamizda steviya oʼsimligi plantatsiyalari kengaymoqda. Misol uchun, Surxondaryo viloyati, Shoʼrchi tumanida “Olloyoroxun” steviya eksperimental fermer xoʼjaligi 7 gektar maydonda ushbu oʼsimlik plantatsiyalarini tashkil etib, parvarish qilib kelmoqda.Shuningdek, 2019 yilda Toshkent viloyatining, Oʼrtachirchiq tumanida «Healing Herbs and Organics» tashkiloti tomonidan 60 gektar maydonda steviya plantatsiyalari tashkil qilingan. Joriy yilda ushbu tashkilot tomonidan yana 64 ga maydonga steviya koʼchatlari ekilib parvarishlanmoqda (Maʼlumot uchun: Ushbu tashkilotining steviya oʼsimligi xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash quvvati yiliga 18 tn ni tashkil etadi).«Healing Herbs and Organics» tashkiloti tomonidan ishlab chiqarilgan steviya xom ashyosi sanoatda qayta ishlanib, “Steviozid”, “borilmoqda. Hozirgi kunda steviyaning sovuqqa chidamli, sifatli urugʼ beruvchi xududiy yangi ekoformalarini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. [2]

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish