III. Baholash tartibi va mezonlari
Har bir “Statistika” fani bo‘yicha talaba o‘zlashtirish darajasi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu maksimal ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi. Joriy nazorat 40 ball, oraliq nazorat 30 ball, yakuniy nazorat 30 ball.
Joriy nazorat semestr davomida muntazam o‘tkazilib, oraliq nazorat esa, semestrda 2 marotaba o‘tkaziladi va har biridan talaba 15 baldan to‘plashi mumkin.
Talabalarning joriy nazorati mustaqil ishlarni uyda bajarish va amaliyot darslarida savol-javob hamda uy vazifalarni tekshirish orqali amalga oshiriladi.
Har bir talaba kafedra tomonidan tasdiqlangan mustaqil ish topshiriqlarini semestr davomida uyda muntazam bajarib borishi, o‘qituvchi esa uni tekshirib borishi lozim.
Mustaqil ish uchun talaba jami 26 ball to‘plashi mumkin, shu jumladan 1-nazoratda 4 ball, 2-nazoratda 10 ball va 3-nazoratda 12 ball. Bu maksimal ballar bilan topshiriqlar to‘la bajarilganda, barcha masalalar nazariy asoslanib, formulalar va muqobil yo‘llar bilan yakunlanganda mustaqil ish baholanadi. Agarda talaba topshiriqlarning 86-100 % bajarsa, ishi 23-26 ball, 71-85 % bajarsa 19-22 ball va 56-71 % bajarsa 14-18 ball bilan baholanadi.
Savol-javob va uy vazifalarini bajarish uchun talaba jami 25 ball to‘plashi mumkin, shu jumladan har bir darsga tayyorlanib kelgan va masalalarni mustaqil echgan holda 17-18 ball, barcha darslarga qatnashib masalalarni echgan holda 12-13 ball, darslarga yuzaki tayyorlanib kelgan holda 6-8 ball, darslarning yarmidan ko‘pida qatnashmagan yoki tayyorlanmay kelgan holda 5 va undan kam ball to‘plashi mumkin.
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar qo‘llaniladi:
- 86-100 ball uchun talablar:
a) yozma ish topshirig‘ida ko‘zlangan nazariy savol bo‘yicha: 1) masala mazmuni to‘liq, aniq va o‘z so‘zi bilan yoritish; 2) mustaqil mushohada yuritib, o‘z fikrini asoslash; 3) xulosalar qilish va amalda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalash bayon etish.
b) topshiriqda ko‘zlangan amaliy masalalar bo‘yicha: 1) har bir masala mohiyatini tushuntirib, echish yo‘llarini nazariy asoslash; 2) tegishli formulalardan foydalanib, masalani to‘liq va aniq echish; 3) masalani jadval (matritsa) yoki boshqa yo‘llar bilan echish mumkinligini isbotlash va amalda bajarish; 4) olingan natijalar asosida xulosalar olish.
- 71 – 85 ball uchun talablar:
a) yozma ish topshirig‘ida ko‘zlangan nazariy savol bo‘yicha: 1) masala mazmunini to‘liq aniq va o‘z so‘zi bilan yoritish; 2) xulosalar va amaliy tavsiyalar bayon etish.
b) topshiriqda ko‘zlangan amaliy masalalar bo‘yicha: 1) har bir masala mohiyatini tushuntirib, echish yo‘llarini nazariy asoslash; 2) tegishli formulalarni qo‘llab masalani aniq va to‘liq echish; 3) olingan natijalar asosida xulosalar yozish.
- 55-70 ball uchun talablar:
a) yozma ish topshirig‘ida ko‘zlangan nazariy savol bo‘yicha: 1) savol mohiyatini o‘z so‘zi bilan yoritish.
b) topshiriqda ko‘zlangan masalalar bo‘yicha: 1) kamida ikkita masalani tegishli formulalarni qo‘llab echish; 2) boshqacha yo‘l bilan u yoki bu masalani echish mumkin bo‘lsa, uni ham qo‘llash.
- 0-54 ball bilan talaba bilim darajasi quyidagi hollarda baholanadi: 1) nazariy savol haqida tasovvurga ega bo‘lmaslik; 2) masalalarni noto‘g‘ri echish; 3) butunlay topshiriqni bajara olmaslik.
Fan bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan balning 55 foizi saralash bali hisoblanadi. Joriy nazorat bo‘yicha 22 ball va undan va ortiq hamda oraliq nazorati bo‘yicha esa 17 baldan ziyod ball to‘plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritiladi.
Yakuniy nazoratda talaba 17 va undan ortiq ball to‘plasa bu ball joriy va oraliq nazoratlarida to‘plangan ballariga qo‘shiladi. Aks holda talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat joriy va oraliy nazorat ballari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Shunday qilib har bir “Statistika” fani bo‘yicha talabaning o‘zlashtirish darajasi quyidagi ballar bilan baholanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |