YANGI JADVALNI BERILGANLARNI KIRITISH USULIDA YARATISH
Reja:
1. Statistik jadvallar.
2. Jadval turlari va tuzish qoidalari.
3. Grafiklar haqida tushuncha, statistikada ularning roli va ahamiyati
4. Grafiklarning turlari va asosiy elementlari
5. Chiziqli va yassi diagrammalar
Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo‘lsin, ularni o‘qish va tushunish oson bo‘lsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud:
- matnda so‘z bilan bayon etish,
- jadval shaklida ifodalash;
- grafiklar orqali tasvirlash.
Ma’lumotlarni so‘z bilan matnda bayon etish ko‘rinishda yaxshi yo‘lga o‘xshab tuyulsa ham, ammo subyektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin qilishdagi o‘ziga xoslikka bog‘liq. Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama tushunish, bog‘lanishlarini payqash birmuncha og‘irlashadi.
4.1. Statistik jadvallar.
Jadval statistik ma’lumotlarni yaqqol, ixcham va umumlashtirib taqdim etish usulidir
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so‘z bilan bayon etishga qaraganda o‘rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi.
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o‘zaro bog‘lanishda ifodalab, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
Jadval 4.1.
O‘zbekiston aholisining iqtisodiy faolligi
Ko‘rsatkichlar
|
1995
|
1998
|
2000
|
2000 y.da 1995y. ga nisbatan %da
|
Aholi soni(yil oxiriga, mln.kishi)
|
22,7
|
24,0
|
24,7
|
108,8
|
Mehnat resurslari(ming kishi)
|
11021,0
|
11998,9
|
12594,0
|
114,3
|
Undan, iqtisodiy faol aholi
|
8195,5
|
8840,1
|
9018,4
|
110,0
|
Shu jumladan, iqtisodiyotda bandlar
|
8157,5
|
8800,0
|
8983,0
|
110,1
|
Ishsizlar
|
38,1
|
40,1
|
35,4
|
92,9
|
Mehnatga layoqatlik darajasi (%)
|
48,6
|
50,0
|
51,0
|
104,9
|
Iqtisodiy faollik darajasi (%)
|
74,5
|
73,7
|
71,6
|
96,1
|
Bandlik darajasi (%)
|
99,54
|
99,55
|
99,6
|
100,1
|
Ishsizlik darajasi (%)
|
0,46
|
0,45
|
0,4
|
87,0
|
Manba: O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari. Statistik to‘plamlar : 1995 y. 22 - bet, 1998 y. 55-57-betlar, 2000y. 9 va 59-betlar.
Demak, O‘zbekiston aholisi, uning mehnatga qobiliyatli va iqtisodiy faol qismi yil sayin ko‘payib bormoqda. Ammo umumiy aholi o‘sish sur’atiga nisbatan mehnatga qobiliyatli kishilar soni tezroq ko‘paymoqda va unga nisbatan iqtisodiy faol aholi soni esa biroz sekin ortmoqda. Natijada aholining mehnatga layoqatlik darajasi o‘sishi bilan bir qatorda iqtisodiy faollik darajasi biroz pasayish tendensiyasiga ega.
Jadvallar yotiq va tik to‘g‘ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo‘lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o‘rganilayotgan obyektlar va ularning ko‘rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o‘z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo‘lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
Agarda jadval qatorlari va ustunlari o‘z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo‘lib, sonlar bilan to‘ldirilmagan bo‘lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo‘lishi kerak.
Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo‘lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek, o‘lchov birligi ham berilgan bo‘lishi lozim.
Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo‘lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo‘yicha uni o‘ziga xos mantiqiy gapga o‘xshatish mumkin. Shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko‘rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik to‘plam jadvalning egasi, ko‘rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o‘ng tomonida bo‘ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin (jadval 4.1 ga qaralsin).
Do'stlaringiz bilan baham: |