Statistik ma’lumotlarni taqdim etish usullari. EK-89 talabari Reja: - 1 Statistik jadvallar
- 2 Grafiklarning turlari va asosiy elementlari
- 3 O’zaro bog’liqliklarni grafikda aks ettirish
- 4 Miqdor belgiga ega bo’lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash
Statistik jadvallar
Jadval statistik ma’lumotlarni yaqqol, ixcham va umumlashtirib taqdim etish usulidir
|
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so‘z bilan bayon etishga qaraganda o‘rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi.
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o‘zaro bog‘lanishda ifodalab, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
O‘zbekiston aholisining iqtisodiy faolligi
Ko‘rsatkichlar
|
1995
|
1998
|
2000
|
2000 y.da 1995y. ga nisbatan %da
|
Aholi soni(yil oxiriga, mln.kishi)
|
22,7
|
24,0
|
24,7
|
108,8
|
Mehnat resurslari(ming kishi)
|
11021,0
|
11998,9
|
12594,0
|
114,3
|
Undan, iqtisodiy faol aholi
|
8195,5
|
8840,1
|
9018,4
|
110,0
|
Shu jumladan, iqtisodiyotda bandlar
|
8157,5
|
8800,0
|
8983,0
|
110,1
|
Ishsizlar
|
38,1
|
40,1
|
35,4
|
92,9
|
Mehnatga layoqatlik darajasi (%)
|
48,6
|
50,0
|
51,0
|
104,9
|
Iqtisodiy faollik darajasi (%)
|
74,5
|
73,7
|
71,6
|
96,1
|
Bandlik darajasi (%)
|
99,54
|
99,55
|
99,6
|
100,1
|
Ishsizlik darajasi (%)
|
0,46
|
0,45
|
0,4
|
87,0
|
Misol uchun
Gruppaviy jadval deganda o‘rganilayotgan obyektlarni bir belgi asosida guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi.
|
Agarda jadval qatorlari va ustunlari o‘z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo‘lib, sonlar bilan to‘ldirilmagan bo‘lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo‘lishi kerak.
Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo‘lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek, o‘lchov birligi ham berilgan bo‘lishi lozim.
Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo‘lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo‘yicha uni o‘ziga xos mantiqiy gapga o‘xshatish mumkin. Shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko‘rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik to‘plam jadvalning egasi, ko‘rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o‘ng tomonida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |