Statistik ma’lumotlarni guruhlashtirish bu – kuzatuvning maqsad va vazifasi bilan belgilangan, jinoyatlar, mamuriy huquqbuzarliklar jinoyat va fuqarolik ishlarini yurituvidagi muayyan ko‘rsatgichlarni o‘ziga xos belgilariga qarab guruhlarga bo‘lishdir.
Bunday belgilarni to‘g‘ri ajratib olish juda muhimdir chunki bitta belgi ikki xil xulosaga olib kelishi mumkin. Shuning uchun hodisa belgisini kriminalistik, kriminalogik, jinoyat, fuqarolik huquqi, jinoyat va fuqarolik protsessi fanlari yordamida har tomonlama analiz qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |