Tuzilmaviy guruhlash – bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil bo‘lgan guruhlarning (birliklarning) salmog‘i hisoblanadi va shu tariqa to‘plam tarkibi o‘rganiladi. Masalan, sudlanganlarning ichidan muqaddam sudlanganlar va alohida xavfli retsidevistlar haqidagi ma’lumotlarni jamlanishini olsak bo‘ladi.
Tahliliy (analitik) guruhlashtirish – yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan miqdorlarni analitik guruhlashtirish o‘rganilayotgan hodisa va protsesslarning o‘zaro bog‘liqligi va bo‘linmasligini ko‘rsatadi.
Murakkab guruhlashtirish – odatda hodisalar taqsimlanishi va dinamikasi tendensiyasi bir-biriga qarama-qarshi bo‘lganda hodisalarning turli tumanliligini aks ettiradi. Murakkab guruhlashtirishning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishi bu – kombinatsiyalangan (qo‘shilgan) guruhlashtirish bo‘lib, bu guruhga bitta belgi bilan emas balki ko‘p belgilarga qarab yuritiladi. Belgilar iyerarxiyasi mavjud bo‘ladi. Kombinatsiyalangan guruhlashtirish tipini aniqlash tuzilmaviy harakatlarning o‘zaro bog‘liqliligini o‘rganishga yordam beradi.
Ko‘p o‘lchovli guruhlashtirish – statistik nazariya uslublaridan biri Klaster analizi (inglizcha claster – bir joyda to‘planish, umumiy xususiyatga ega bo‘lgan bir guruh elementlarning yig‘ilishi). Klaster analizi o‘zida juda ko‘p hisob kitoblarni olib bu EHM xizmatidan foydalanishiga zarurat tug‘diradi. Belgilarni hisoblash bir belgi doirasida va shu bilan bir vaqtda juda ko‘p belgilar doirasida amalga oshiriladi, bularning barchasi yig‘ilib “Belgilar makoni”ni tashkil qiladi. Ko‘p o‘lchovli guruhlashtirishning – bir joyda jamlangan belgilarni bir biriga yaqin xususiyatlariga qarab bir xil turdagi guruhlarga ajratishdir. Bir hodisaga oid belgilar shunday guruhlanadiki birinchi guruhdagi belgilar orasidagi farqlar ikkinchi guruhdagi belgilarga qaraganda ahamiyatsizdir.
Ikkilamchi guruhlashtirish – mavjud bo‘lgan guruhlar asosida yangi guruhlashtirishning paydo bo‘lishidir. Boshqacha qilib aytganda, dastlabki guruhlangan ma’lumotlarga asoslanib, yangi guruhlarni hosil qilishni ikkilamchi guruhlashtirish deb ataymiz. Bunga variatsion guruhlashtirishdagi intervallarni o‘zgartirish yoki tipologik va analitik guruhlashtirishdagi mavjud miqdorlarni hissali qayta guruhlantirish orqali erishish mumkin.
Mutloq miqdorlar – yig‘ilgan miqdorlarki, bu hisoblab chiqilgan yoki o‘zgartirishsiz bo‘sh statistik hisobotlardan olingan miqdorlardir. Mutloq miqdor, ya’ni boshqa miqdorlar taqqoslanadigan, asos yoki manbali taqqoslashdir.
Nisbiy miqdorlar – statistikada o‘zida muhim umumlashgan miqdorlarni aks ettiradi, ya’ni ikki statistik miqdorning taqqoslangan songa oid o‘zaro nisbatni ko‘rsatib ochib beradi. Nisbiy miqdorlarni hisoblaganda 2 mutloq son taqqoslanadi, lekin o‘rtacha va nisbiy miqdorlarni ham taqqoslasa bo‘ladi, yangi nisbiy sonni hosil qilib, muhimi shuki, bu miqdorlar o‘zaro aloqadorlikda, yaxlit o‘lchovda, vaqtinchalik davrda, hudud va boshqa parametrlarga ko‘ra taqqoslanishi lozim.
Jinoyatchilik koeffitsienti (faktlar koeffitsienti) – aholi soniga qarab jinoyatchilik koeffitsienti hisoblash statistik kriminologik analizning muhim miqdorlaridan biridir. Ayrim mutaxassislar jinoyatchilik koeffitsientini “jinoyatchilik tezligi koeffitsienti” deb nomlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |