II. Jinoyatlarni miqdor alomatlari bo‘yicha klassifikatsiyalash oltiga bo‘lingan holda amalga oshiriladi:
1) Tergov muddatlari (1 oygacha, 1-2 oy, 2-4 oy, 4 oydan yuqori); Sud muhokamasi muddatlari (14 kungacha; 14-20-kun, 20 kundan 30 kungacha; 1 oydan ko‘p); 2) ozodlikdan mahrum qilish muddatlari (1 yilgacha; 1 yildan 3 yilgacha, 3-5gacha, 5-8 gacha, 8-10 gacha, 10 yildan ko‘p); 3) oldin sudlanganlik soni (1 ta, 2 ta, 3 dan yuqori-retsidik jinoyatchilikning aniqlash uchun); 4) jinoyatni sodir etishda ishtirokchilar soni bo‘yicha (1 ta, 2 ta, 3 ta, 5 ta va undan ko‘p – guruhiy jinoyatchilikni aniqlash uchun); 5) jinoyatlarni sodir etgan shaxslar yoshi bo‘yicha (18 yoshgacha, 18 yoshdan yuqori – voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini aniqlash uchun).
Jinoyatlarning ko‘rsatilgan klassifikatsiyasi ularni to‘la qamrab olmaydi, faqat jinoyatchilikni statistikada qanday bo‘lsa, dinamikada ham turli alomatlar bo‘yicha shunday tadqiq qilish imkonini beradi. Boshqa tomondan, bu jinoyatchilikka qarshi kurash ishini tahlil qilishga ko‘maklashadi.
Shunaqa qilib, jinoyatlar klassifikatsiyasi bu ularning yig‘indisining ma’lum alomatlaridan kelib chiqib, bo‘lib tashlashdir. Keyinchalik, dastlabki ro‘yxatga olishning yakuniy hisob-kitob qilingan ko‘rsatkichlarning ajratilgan guruhlarni, ularga mos keluvchi mutlaq kattaliklar bilan xarakterlash zarur. Bunday ish odatda, statistik jadvallar yordamida amalga oshiriladi, ularga guruhlashlar o‘zining aniq ifodasini topadi.
8. Mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlar tushunchasi. Statistik kuzatuv natijasida biz o‘rganilayotgan holat yoki jarayon haqida ma’lumotlar va to‘plangan statistik material orqali har tomonlama ma’lumot olishimiz mumkin. O‘rganilayotgan butunligicha qo‘shilgan jami ma’lumotlar o‘zida umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarni aks ettiradi. Ular mutloq va nisbiy bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rsatgichlar, bir tomondan, ma’lumot va guruh usulidan ajratib bo‘lmaydi, boshqa tomondan esa, ularning umumlashgan tushunchasi keyingi guruh metodi statistik analizning boshlanishi hisoblanadi. Mutloq miqdorlar – yig‘ilgan miqdorlarki bu hisoblab chiqilgan yoki o‘zgartirishsiz bo‘sh statistik hisobotlardan olingan ko‘rsatgichlar. Ular muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yuridik mohiyatga ega bo‘lgan voqea-hodisalar haqidagi ma’lumotlar va guruh to‘plamlari natijasida paydo bo‘ladi. Mutloq miqdorlar – bu nomli son (o‘lchov birligi ko‘rsatilgan son). Ular aniqlangan sotsial-huquqiy yoki kriminalistik hodisalar (fuqarolik da’volari, nikoh, nikohdan ajratish, jinoyat, sabab, voyaga yetmagan huquqbuzarlar va boshqalar)ning o‘ziga xos yaxlit o‘lchovi (sifat)ni ifoda etadi.
Mutloq miqdorlar ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Bular orqali jinoyat paydo bo‘lish o‘lchovi, hukm qilinganlar soni, ko‘rilgan fuqarolik da’vo ishlarining miqdori va boshqa hodisalar haqida muhokama qilish mumkin. Mutloq miqdorlar baza hisoblanadi. Har bir statistik operatsiya mutloq kattaliklarga tayanadi, asoslanadi, lekin ularning xususiy analitik imkoniyatlari cheklangan. Mutloq ma’lumotlarga ko‘ra, masalan, turli shaharlarda yoki turli regionlarda jinoyatchilik darajasi haqida muhokama qilish qiyin va qayerda jinoyatchilik yuqori darajada degan savolga javob berib bo‘lmaydi, chunki shaharlar yoki regionlar aholi soni, territoriyasi va boshqa sabablarga ko‘ra farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |