Mavzuga oid qisqacha tushuncha, qoida va iboralar
Svodkalash – Ma’lumotlarni bir tizimga solish va qayta ishlashdir.
Guruhlash – jamiyatda o‘rganilayotgan hodisalarni ma’lum alomatlar yig‘indisiga ko‘ra ularni tipik guruhlarga bo‘lishdan iboratdir. Yuridik statistikada 3 xil guruhlashtirish turi uchraydi: Tipologik, Tuzilmaviy, Analitik.
Tipologik guruhlashtirish – Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan va o‘rganilayotgan jinoyatlar, jinoyatchi va boshqa hodisalarni sifatiy belgilariga ko‘ra bir turdagi guruhga yig‘ib va yana ularning o‘zini alohida sifatiy belgilariga ko‘ra bir turdagi guruhlarga bo‘lish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |