1. Statistik svodkalash va guruhlash tushunchasi. Statistik kuzatuvlar natijasida juda ko‘p miqdorda har xil blank varaqa va formulyarlar yig‘ilib qoladi, ularning har biri alohida yig‘indi birligini va u uchun belgilangan alomatlarni xarakterlaydi. Statistik kuzatuvlar, yuqorida ko‘rsatilganidek bizga hali qayta ishlanishi va guruhlanishi kerak bo‘lgan bir talay ishlanmagan, hali xom bo‘lgan materiallarni beradi. Shu asosda hisob-kitob yo‘li bilan o‘rganilayotgan yig‘indining o‘ziga xos bo‘lgan tipik ko‘rinishi keltirib chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |