1. Silliq sirt yoki tayanch. Ishqalanish e‘tiborga olinmaydigan sirtga silliq sirt deyiladi.
Sirt bilan jism orasida ishqalanish bo’lmaganda jism sirt bilan biror nuqtada tayanib turgan bo’lsa, silliq sirt jismni sirtni shu nuqtasiga o’tkazilgan normal bo’yicha harakatini cheklaydi. Shu sababli silliq sirtning reaksiya kuchi sirtga o’tkazilgan normal bo’yicha yo’nalgan bo’ladi (1-rasm, a). To’sin А nuqtada polga, В nuqtada vertikal devorga tayangan bo’lsa (1-rasm,б), polning va vertikal devorning reaksiya kuchlari А va В nuqtalarga o’tkazilgan perpendikulyar bo’yicha yo’naladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |