2 . Arqon, ip. М shar egiluvchan, cho’zilmaydigan ip yordamida biror A nutqaga osib qo’yilgan bo’lsa, u holda ipning bog’lanish reaksiya kuchi ip bo’ylab osilish nuqtasi tomonga yo’nalgan bo’ladi (1-rasm, в).
3. Tsilindrik sharnirli bog’lanishlar. Umumiy o’q yoki nuqta atrofida aylana oladigan ikkita jism orasidagi bog’lanishga sharnir deyiladi. АВ jism shunday sharnir yordamida qo’zg’almas D tayanchga mahkamlangan bo’lsin (2-rasm). U holda jismning A uchi sharnir o’qiga perpendikulyar biron – bir yo’nalishda siljiy olmaydi. Demak, silindrik sharnirning reaksiya kuchi sharnir o’qiga perpendikulyar tekislikda istalgan yo’nalishga ega bo’lishi mumkin.
Masala yechishda reaksiya kuchini aylanish o’qiga perpendikulyar tekislikda yotuvchi х va у o’qlarga parallel yo’nalgan tashkil etuvchilarga ajratib, jismning muvozanat shartidan topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |