JISMONIY YUKLAMA BAJARGANDAN SO‘NG DAM OLISH DAVRIDA
ORGANIZMDA SODIR BO‘LADIGAN BIOKIMYOVIY JARAYONLAR.
Nazariy tushuncha:
Jismoniy yuklamalardan so‘ng dam olish vaqtida, biokimyoviy
o‘za'ro munosabatlar bajarilgunigacha muskul ishi vaqtida sarf qilingan
potensial energiyaning
tiklanishi sodir bo‘ladi. Asta-sekinlik bilan nafas va qon-tomir sistemasi funksiyasi faolligi ham
normallashadi.
Dam olish vaqtida muskul qisqarishi uchun ATF uncha ko‘p sarf bo’lmaydi, kislorodga
bo‘lgan talabning ortishi va yuqori jadallikdagi oksidlanishli jarayonlar bir qancha vaqt saqlanib
turadi. Bunda sezilarli miqdorda hosil bo‘lgan ATF endi turli xildagi biosintezlarni energiya
bilan ta'minlaydi. Moddalar almashinuvining katobolitik fazasi muskul faoliyati uchun xarakterli
bo‘lib, anobolitik faza bilan almashinadi. Bunda jadal boruvchi biosintezlar (kreatinfosfat,
glikogen, stukturali va fermentativ oqsillar qatori fosfolipidlar resintezi) ishlash darajasini
tiklashni ta'minlabgina
qolmasdan, ularning hosil bo‘lishini ham ta'minlaydi. Ish vaqtida sarf
bo‘lgan moddalar tarkibida superkompensatsiya yuzaga chiqadi. Ayniqsa, bu moddalar
tarkibining sezilarli superkompensatsiyasi muskul faoliyati vaqtida
juda yuqori jadallikda sarf
bo‘ladi.
Muskullarda turli miqdordagi fermentlarning va muskul faoliyati hamda faolligining
oshishidagi energiya manbai miqdorining ko‘rinishi, mashg‘ulotlar davomida sportchi
organizmning uzoqroq muskul faoliyati jadalligiga o‘rganishi, ya'ni mashg‘ulotlar holati asosida
yotadi.
Dam olish davrida ish bajarilishi vaqtida vujudga kelgan
kislorod qarzining-dastlab
alaktatli (sutsiz) (yoki “tez”) tugallanishi kreatinfosfat resintezida, shundan so‘ng glikogen
sintezi va sut kislotasi oksidlanishining ortiqcha nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lgan laktatli (sutli)
(yoki “sekin”) tugatilishi ro‘y beradi. Biroq dam olish davrida
kislorod sarfining oshishi
laktatsidli kislorod qarzining tugashidan keyin bir qancha vaqt saqlanadi va u dam olish davrida
jadal boruvchi biosintetik jarayonlar (fermentlar sintezi, strukturali oqsillar, glikogen va
fosfolipidlar sintezi) bilan bog‘liqdir. Bu biosintezlarning energiya manbai bo‘lib,
asosiy
navbatda lipidlar va ularning parchalanish mahsulotlari – yog‘ kislotalari va keton tanalar
hisoblanadi. Dam olish davrida ular zarur biosintezlar uchun ATF ning aylanishini ta'minlash
maqsadida muntazam oksidlanadi. Qondagi yog‘ kislotalari va keton tanalarning normallashgan
miqdori, sut kislotalar miqdoriga nisbatan sezilarli darajada keyingi o‘rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: