5. Nuklein kislotalar qanday to’qimalarda bo’ladi?
6. DNK ni aniqlash uchun qanday reaktivlar ishlatiladi?
7. Fosfat kislotani qaysi reaktiv yordamida aniqlanadi?
8.RNK va DNK qaysi reaktsiya yordamida aniqlanadi?
9.Gidroliz jarayoni deb nimaga aytiladi?
10. Triptofanni aniqlash uchun qaysi gidroliz usulidan foydalaniladi?
11. Kislotali gidroliz natijasida oqsillar qanday o’zgarishlarga uchraydi?
FERMENTLAR KIMYOSI
Nazariy tushuncha:
Fermentlar kimyoviy reaktsiyalarni tezlashtiruvchi biologik katalizatorlar bo’lib, tabiatiga
ko’ra eng yuqori darajada ixtisoslashgan oqsil moddalardir. Ular hujayra, to’qima va organizmlar
hayotiy jarayonlarining asosi bo’lgan minglab kimyoviy reaktsiyalarni tezlashtiradi va
organizmning o’z hujayralarida sintez qilinadi. Fermentlar hayot jarayonida to’xtovsiz
yangilanib, zaruriy me‘yorida bevosita tayyorlanib, hayotning uzluksiz kechishini ta‘minlaydi.
Fermentlar tirik organizmlarning barcha hayotiy jarayonlarida va fiziologik
funktsiyalarning hamma tomonlarida ishtirok etadi.
Ovqat hazm qilish, mexanik ish bajarish,
tashqi va ichki ta‘sirga javob berish, hujayra va to’qimalardagi hayotiy jarayonlarning fiziologik
va avtonom boshqarilishi, moddalar va energiya almashinuvi, irsiy axborotlarning tashilishi,
hujayra
komponentlarining yangilanishi, turli organizmlar uchun begona va zaharli bo’lgan
moddalarning zaharsizlantirilishi kabi hayotni ta‘minlovchi biologik jarayonlarning barchasi
fermentlar faoliyati bilan bog’liq.
Kofermentlarning kimyoviy tuzilishini o’rganish ularning ko’pchiligi vitaminlardan
iborat ekanligini tasdiqladi. Bir qator kofermentlar tarkibiga vitamin B
1
(tiamin), B
2
(riboflavin),
B
6
(piridoksal), PP (nikotinat kislota amidi), biotin, pantotenat kislota, folat kislota, vitamin B
12
(kobalamin), vitamin C (askorbat kislota), lipoat kislota va boshqalar kiradi. Vitaminlarning
ba‘zilari o’zgarmagan holda, ikkinchilari ma‘lum modifikatsiyalarga uchragan (ko’pincha, fosfat
kislota bilan faollangan), uchinchilari esa boshqa komponentlar bilan birikkan holda enzimning
faol gruppasini tashkil qiladi. Yuqorida keltirilgan vitaminlariing barchasi suvda eriydigan
vitaminlar
qatoriga kiradi, ularning ferment faolligida qatnashuvi bu biokatalizatorlarning
biologik funktsiyasini belgilasa kerak. Ammo yogda eriydigan vitaminlar (A, D, E, K) ning
kofermentlik funktsiyasi va umuman, ularning biologik jarayonlarda ishtirok etish yo’li aslida
hozircha aniq ma‘lumot yo’q. Kofermentlarni fermentativ reaktsiyadagi funktsiyalari asosida
quyidagi gruppalarga bo’lish mumkin:
1) vodorod va elektron tashuvchi kofermentlar — bu gruppaga
oksidoreduktaza sinfiga
taalluqli fermentlar bilan bogliq nikotinamidli kofermentlar, flavinli kofermentlar, lipoat kislota
va glutation kiradi;
2) gruppalarni kuchiruvchi kofermentlar — bular qatoriga transferazalzr sinfi bilan
bog’liq bo’lgan adenozintrifosfat, uglevod fosfatlari, apetillash (atsillash) kofermenti,
tetragidrofolat kislota hamda piridoksal fosfat va piridoksamin
fosfat kiradi;
3) sintez, izomerlanish va uglerod — uglerod boglarini uzuvchi kofermentlar — bu
gruppaga liazalar, izomerazalar va ligazalar sinfiga oid fermentlar bilan bogliq bo’lgan
tiaminpirofosfat, biotin va kobamidli kofermentlar kiradi. Kofermentlar orasida eng ko’p
tarqalgani nukleotid tipidagi birikmalar, kobamidli kofermentlar va metalloporfirinlardir.
Fermentlar oltita sinfga bo’linadi. Bu sinflarning har biri past va past-past sinflarga
bo’linadi. Bunda kofermentlarning tabiati, izomerizatsiya tipi gidrolizlanadigan bog’larning turi
va boshqalar hisobga olinadi. Bunday klassifikatsiya individual fermentlarni 4 ta sondan iborat
shifr yordamida identifikatsiyalashni talab qiladi. Birinchi raqam ushbu ferment olti sinfdan
qaysi sinfga taaluqli ekanini bildiradi. Ikkinchi va uchinchi raqamlar past va past-past sinflarni,
to’rtinchi raqam esa fermentning ushbu past-past sinfidagi tartib raqamini anglatadi.
Quyida keng tarqalgan bir necha ferment guruhlari haqidagi qisqacha ma‘lumotni keltirib
o’tamiz.
1. Oksidorеduktazalar oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini katalizlaydi.
Bu sinfga
barcha digedrogenazalar, oksidazalar, piroksidazalar, tsitoxromreduktazalar kiradi.
2. Transferazalar turli ximiyaviy gruppalar va qoldiqlarning molekulalararo
ko’chirilishini katalizlaydi. Bu sinfga quyidagi asosiy ferment gruppalari kiradi:
Aminotransferazalar (transaminazalar), fosfotransferazalar, atsiltransferazalar. Bu
fermentlar koenzim A ishtirokida funktsionirlanadi.
3. Gidrolazalar sinf fermentlari molekulalari ichida boglarni uzish yo’li
bilan har xil
birikmalarning gidroliz jarayonlarini ta‘minlaydi. Bu jarayon suv ishtirokida boradi. Bunga
fermentlarnig katta gruppasi, shu jumladan me‘da-ichak yo’lining fermentlari amilaza, pepsin,
lipaza, fosfataza, nukleotidaza va boshqalar kiradi.
4. Liazalar
sinfiga substratdan CO
2
ning ajralishini katalizlaydigan dikarboksilaza
fermentlari
masalan,
(atsetoatsetat
kislotani
atseton
va
CO
2
ni
parchalovchi
atsetoatsetatkarboksilaza); lizin aminokislotasini dekarboksillab, kadaverinni hosil qiluvchi,
yo’gon ichakda topilgan lizinkarboksilaza va boshqalar kiradi.
5. Izomyerazalar - fermentlar substratlarning o’zaro aylanishini (biri ikkinchisiga
o’tishini) katalizlaydi. Masalan, glyukofosfatizomeraza glyukozo-6-fosfatdan fruktoza 6-fosfat
hosil bo’lishini ta‘minlaydi, arabinozo-izomeraza arabinozani
ribulozaga aylantiradi, bu
fermentlar ishtirokida L-izomerlar D formaga o’tadi va boshqalar.
6. Ligazalar sinf fermentlari barcha sintez reaktsiyalarida ishtirok etadi. Masalan, ular
aktivlashgan aminokislotalarning t-RNK ga qo’shilishini, shuningdek, peptidlarning hosil
bo’lishini katalizlaydi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: