Standartlari



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/301
Sana01.01.2022
Hajmi5,36 Mb.
#302171
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   301
Bog'liq
Kurr

5- misol. 

1 aprel 2011 yilda kompaniya 120000 sh.b. ka uskuna sotib oldi. U to’g’ridan-

to’g’ri foydalanishga topshiriladi. Foydali muddati 8 yil. Qoldiq qiymati yo’q. To’g’ri 

chiziqli  usulda  amortizatsiya  hisoblaydi  va  haqiqiy  xarajat  modeli  bo’yicha  hisobga 




 

 

83 



 

oladi.  31  dekabr  20x1  yilda  kompaniya  uskunaning  qiymati  5000  sh.b.ga 

qadrsizlanganligini aniqladi. Bu qadrsizlanishni zarar sifatida baholadi. 

1.

 



Amortizatsiya hisoblanishi: 

Dt Umumishlab chiqarish xarajatlari (M2400)   11250 

 

Kt Jamlangan amortizatsiya uskuna (M0230)     11250 



(120000/8x9/12) 

2.

 



31 dekabr 2011 yilda aktiv qadrsizlanishi hisobi: 

Dt Nomoliyaviy aktivlar qadrsizlanishidan zarar (M9440) 5000 

 

Kt  Asosiy  vositalar  qadrsizlanishi  bo’yicha  jamlangan  zarar  (M0330) 



5000 

Uskunaning  31  dekabr  2011  yilga  balans  qiymati  (120000-11250-5000)= 

103750 sh.b. 

Aktiv  sifatida  tan  olinganidan  so’ng,  haqqoniy  qiymati  ishonchli  tarzda 

baholanishi mumkin bo’lgan asosiy vosita ob’ekti qayta baholangan qiymati bo’yicha 

hisobga  olinishi  kerak.  Bunda  uning  qayta  baholangan  qiymati  bo’lib  uni  qayta 

baholash  sanasiga  bo’lgan  haqqoniy  qiymatidan  keyinchalik  jamg’arilgan  eskirish 

summasi  va  keyinchalik  yig’ilgan  qadrsizlanish  bo’yicha  zararlar  chegirilgandagi 

qiymati  hisoblanadi.  Aktivning  balans  qiymati  hisobot  davri  oxiridagi  haqqoniy 

qiymati  asosida  aniqlanadigan  qiymatidan  ahamiyatli  darajada  farq  qilmasligi  uchun 

qayta baholashlar yetarlicha muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak. 

Qayta  baholashlarning  muntazam  ravishda  takrorlanishi  qayta  baholanayotgan 

asosiy vosita ob’ektining haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlarga bog’liq bo’ladi. Qayta 

baholanayotgan  aktivning  haqqoniy  qiymati  uning  balans  qiymatidan  ahamiyatli 

darajada  farq  qilmasligi  uchun,  keyingi  qayta  baholashlarni  o’tkazish  talab  etiladi. 

Ayrim  asosiy  vositalarning  haqqoniy  qiymatida  katta  darajada  va  o’zgaruvchan 

tebranishlar  kuzatilishi  mumkin,  buning  natijasida  qayta  baholashlarni  yillik  asosda 

o’tkazish talab etiladi. Bunday qayta baholashlarni tez-tez o’tkazish haqqoniy qiymati 

faqatgina  katta  bo’lmagan  darajada  o’zgarib  turadigan  asosiy  vositalar  ob’ektlari 

uchun  talab etilmaydi. Aksincha, bunday ob’ektlar  faqatgina  uch  yoki  besh  yilda bir 

marta qayta baholanishi talab etilishi mumkin. 

Asosiy  vosita  ob’ekti  qayta  baholanganida,  qayta  baholash  sanasigacha 

jamg’arilgan  har  qanday  eskirish  summasi  quyidagi  usullarning  biri  yordamida 

tuzatiladi:  

(a) 

aktivning  yalpi  balans  qiymatidagi  o’zgarishga  proportsional  tarzda 



qayta hisoblanadiki, natijada qayta baholashdan so’ng aktivning balans qiymati uning 

qayta  baholangan  qiymatiga  teng  bo’ladi.  Ushbu  usuldan  aktivning  qayta  tiklash 

qiymatini  aniqlash  uchun  indeks  qo’llanilganida  ko’pincha  foydalaniladi  (MHXS  13 

ga qarang). 

(b) 

aktivning  yalpi  balans  qiymatidan  chegirib  tashlanadi  va  sof  balans 



qiymati aktivning qayta baholangan qiymati summasida aks ettiriladi. Ushbu usuldan 

ko’pincha binolar uchun foydalaniladi. 

Jamg’arilgan  eskirishni  qayta  hisoblash  yoki  chegirib  tashlashda  yuzaga 

keladigan  tuzatish  summasi    balans  qiymatining  qo’payishi  yoki  kamayishining  bir 

qismini tashkil etadi. 



 

 

84 



 

Agar asosiy vosita ob’ekti qayta baholansa, ushbu aktiv tegishli bo’lgan asosiy 

vositalarning butun turkumi ham qayta baholanishi kerak. 

Asosiy  vositalarning  turkumi  –  bu  bir  xil  xususiyatga  va  tadbirkorlik 

sub’ektining faoliyatida foydalanish maqsadlariga ega bo’lgan aktivlarning guruhidir. 

Quyidagilar alohida turkumlarga misollardir:  

(a) 

er; 


(b) 

er va binolar; 

(v) 

asbob-uskuna; 



(g) 

kemalar; 

(d) 

samolyot; 



(e) 

transport vositalari; 

(yo)  mebel va jihozlar; va 

(j) 


ofis asbob-uskunasi. 

Asosiy  vositalarning  turkumidagi  ob’ektlar  aktivlarning  ixtiyoriy  ravishda 

turlicha qayta baholanishiga hamda  moliyaviy  hisobotlarda  har xil sanalarga bo’lgan 

tannarx va qiymatlarning aralashmasi aks ettirilishiga  yo’l qo’ymaslik maqsadida bir 

paytda  qayta  baholanadi.  Biroq,  aktivlarning  turkumi  o’zgaruvchi  grafik  asosida 

aktivlar  turkumining  qayta  baholanishi  qisqa  davr  ichida  tugallanishi  va  qayta 

baholashlar yangilanishi sharti bilan amalga oshirilishi mumkin. 

Agar  qayta  baholash  natijasida  aktivning  balans  qiymati  oshsa,  oshgan  qism 

boshqa  umumlashgan  daromadda  tan  olinishi  va  kapital  tarkibidagi  boshlang’ich 

qiymatiga  nisbatan  qayta  baholash  qiymatining  oshgan  summasi  hisobga  olinadigan 

schyotda yig’ilishi lozim. Biroq, oshgan qism foyda yoki zararlarda shu darajada tan 

olinishi  lozimki, bunda oldin aynan shu aktivni qayta baholash  natijasida  foyda  yoki 

zararlarda tan olingan uning kamayishi summasi oldin qoplanishi lozim. 

Agarda aktivning balans qiymati qayta baholash natijasida kamaysa, kamaygan 

qism  foyda  yoki  zarar  tarkibida  tan  olinishi  lozim.  Biroq,  kamaygan  qism  boshqa 

umumlashgan  daromadda  ushbu  aktiv  bo’yicha  boshlang’ich  qiymatiga  nisbatan 

qayta  baholash  qiymatining  oshgan  summasi  hisobga  olinadigan  schyotining  har 

qanday  kredit  saldosiga  teng  miqdorda  tan  olinishi  lozim.  Boshqa  umumlashgan 

daromadda  tan  olingan  kamaygan  qism  kapital  tarkibidagi  boshlang’ich  qiymatiga 

nisbatan  qayta  baholash  qiymatining  oshgan  summasi  hisobga  olinadigan  schyotda 

yig’ilgan summani kamaytiradi. 

Kapitalda boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan 

summasi  hisobga  olinadigan  schyotda  asosiy  vosita  ob’ekti  bo’yicha  jamlangan 

summa to’g’ridan-to’g’ri taqsimlanmagan foydaga o’tkazilishi mumkin, qachonki bu 

aktiv hisobdan chiqarilganida. Jami bunday summa aktivning foydali xizmat muddati 

tugaganida  yoki  u  balansdan  chiqarilganida  o’tkazilishi  mumkin.  Biroq,  bu 

schyotdagi  summaning  ma’lum  qismi  aktiv  tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan 

foydalanilayotganida  o’tkazilishi  mumkin.  Bunda  o’tkaziladigan  summa  –  aktivning 

qayta  baholangan  balans  qiymati  asosida  hisoblangan  eskirish  summasi  bilan 

aktivning  boshlang’ich  tannarxi  asosida  hisoblangan  eskirish  summasi  o’rtasidagi 

farqqa  teng  bo’ladi.  Boshlang’ich  qiymatiga  nisbatan  qayta  baholash  qiymatining 

oshgan  summasi  taqsimlanmagan  foydaga  o’tkazilganda  foyda  yoki  zararlarda  aks 




 

 

85 



 

ettirilmaydi. 



 

Asosiy  vositalarning  qayta  baholanishi  natijasida  yuzaga  keladigan  foyda 

soliqlariga  bo’lgan  ta’sir  BHXS  12  “Foyda  solig’i”  ga  muvofiq  tan  olinadi  va  u 

bo’yicha ma’lumotlar ochib beriladi.  




Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish