2-misol.
Kompaniya 2011 yil 1 oktyabrda qiymati 900000 sh.b. bo’lgan sanoat ob’ektini
qurdi. Foydali muddati 15 yil. Qoliq qiymati yo’q. Bu binoga kompaniya to’g’ri
chiziqli amrtizatsiya usulini qo’llaydi. Har ikki yilda binoni texnik ko’rikdan
o’tkazish kerak, texnik ko’rik xarajatlari 72000 sh.b. bino tannarxiga kiritilgan.
Kompaniya amortizatsiya hisoblashda ikkita alohida foydali muddati turli
bo’lgan komponentni hisobga oladi: “A” komponent foydali muddati 15 yil, qiymati
82800 sh.b. (90000-72000), “V” komponent foydali muddati 2 yil, qiymati 72000
sh.b. 1 oktyabr 2014 yilgacha 2 yil davomida kompaniya har oyda 7600 sh.b.
(828000/15x1/12)+(72000/2x1/12) amortizatsiya hisoblaydi. Kelgusi texnik ko’rikda
xarajat asosiy vosita tannarxiga kiritiladi.
Aktivni tan olish mezonlariga mos keladigan asosiy vosita ob’ekti tannarx
bo’yicha baholanishi lozim.
Asosiy vositaning tannarxi quyidagilardan tashkil topadi:
(a) savdo chegirmalarini va imtiyozlarini chegirgan holda, uning xarid narxi,
jumladan import bojlari va sotib olish bilan bog’liq qoplanmaydigan soliqlar.
(b) aktivni undan tadbirkorlik sub’ektining rahbariyati tomonidan ko’zlangan
holda foydalanish uchun zarur bo’lgan joy va holatiga olib kelish bilan bog’liq
bevosita xarajatlar.
(v) tadbirkorlik sub’ektining tovar-moddiy zaxiralar yaratish bilan bog’liq
bo’lmagan maqsadlarda qandaydir ob’ektni sotib olish yoki undan qandaydir davr
mobaynida foydalanish paytida o’z zimmasiga oladigan asosiy vosita ob’ektini
demontaj va yo’q qilish xamda u egallagan yer uchastkasida tabiy resurslarni qayta
tiklash xarajatlarining boshlang’ich bahosi aktivni demontaj qilish va olib tashlash
hamda u joylashgan maydondagi tabiiy resurslarni qayta tiklash bilan bog’liq
xarajatlarning daslabki baholanishi, agar tadbirkorlik sub’ekti bular bo’yicha
majburiyatga aktiv sotib olinganida yoki undan ma’lum davr mobaynida tovar-
moddiy qimmatliklarni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlarda
foydalanish natijasida ega bo’lsa.
Quyidagilar bevosita xarajatlarga misollardir:
(a)
asosiy vosita ob’ektini barpo etish (qurish) yoki sotib olish natijasida
bevosita hosil bo’ladigan hodimlarga haq to’lash xarajatlari (BHXS 19
“Xodimlarning daromadlari” da keltirilganidek);
(b)
joyni tayyorlash xarajatlari;
(v)
etkazib berish va ortish-tushirish bilan bog’liq boshlang’ich xarajatlar;
(g)
o’rnatish va montaj bo’yicha xarajatlar;
(d)
aktivning to’g’ri ishlashini sinab ko’rish xarajatlaridan aktivni tegishli
joyga va holatga keltirish paytida ishlab chiqarilgan mahsulotni (uskunalarni
sinovdan o’tkazishda ishlab chiqarilgan mahsulotlar kabi) sotishdan olingan sof
80
tushumning ayirmasi; va
(e)
malakali xizmatlar uchun haqlar.
Tadbirkorlik sub’ekti ob’ektdan ma’lum bir davr mobaynida tovar-moddiy
zaxiralar ishlab chiqarish uchun foydalanishi oqibatida paydo bo’ladigan ob’ektni
demontaj qilish va olib tashlash xamda u egallagan yer maydonida tabiiy resurslarni
qayta tiklash majburiyatlari bo’yicha xarajatlarga nisbatan BHXS 2 “Tovar-moddiy
zaxiralar” ni qo’llaydi. BHXS 2 yoki BHXS 16 ga mos ravishda hisoblanadigan
xarajatlar bo’yicha majburiyatlar BHXS 37 “Rezervlar, shartli majburiyatlar va
shartli aktivlar” ga mos ravishda tan olinadi va baholanadi.
Asosiy vositalar ob’ektiga kirmaydigan xarajatlarga quyidagilar misol bo’la
oladi:
(a) yangi ishlab chiqarish ob’ektini tashkil etish xarajatlari;
(b) yangi maxsulot yoki xizmat turini tatbiq etish bilan bog’liq xarajatlar (shu
jumladan, reklama va marketing faoliyati xarajatlari);
(v) tijoratni yangi joyga yoki mijozlarning yangi toifasiga moslashtirish bilan
bog’liq xarajatlar (shu jumladan, hodimlarni qayta tayyorlash xarajatlari); va
(g) ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar.
Asosiy vositalar ob’ekti undan tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan
ko’zlangan holda foydalanish uchun zarur bo’lgan joy va holatiga keltirilganida bu
ob’ektning balans qiymatiga qo’shiladigan xarajatlarning tan olinishi to’xtatiladi. Shu
bois, ob’ektdan foydalanish yoki uni boshqa joyga ko’chirishda hosil bo’ladigan
xarajatlar shu ob’ektning balans qiymatiga kiritilmaydi. Masalan, quyidagi xarajatlar
asosiy vositalar ob’ektining balans qiymatiga kiritilmaydi:
(a)
rahbariyat tomonidan ko’zlangan holda foydalanish uchun tayyor
bo’lgan ob’ekt haligacha foydalanishga topshirilmagan yoki to’liq quvvatidan past
darajada foydalanilganda hosil bo’lgan xarajatlar;
(b)
birlamchi operatsion zararlar, masalan ob’ekt yordamida ishlab
chiqarilgan mahsulotga talab hosil bo’lishi davridagilar kabi; va
(v)
tadbirkorlik sub’ekti quvvatlarini qisman yoki to’la qayta qo’chirish yoki
qayta tashkil etish xarajatlari.
Ayrim operatsiyalar asosiy vositalar ob’ektini qurish yoki barpo etish bilan
bog’liq bo’ladi, ammo bu ob’ektni undan tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan
ko’zlangan holda foydalanish uchun zarur bo’lgan joy va holatiga keltirish uchun
zarur bo’lmaydi. Bu yordamchi operatsiyalar qurilish yoki barpo etish ishlari
davomida yoki undan oldin ro’y berishi mumkin. Masalan, qurilish maydonidan
qurilish ishlari boshlanishidan oldin avtostoyanka sifatida foydalanishdan foyda
olinishi mumkin. Yordamchi operatsiyalar ob’ektni rahbariyat tomonidan ko’zlangan
holda foydalanish uchun zarur bo’lgan joy va holatiga keltirish uchun zarur
bo’lmaganligi sababli, yordamchi operatsiyalar bilan bog’liq daromad va xarajatlar
foyda yoki zararning tarkibida tan olinadi va daromad yoki xarajatlarning tegishli
guruhlariga kiritiladi.
Xo’jalik usulida qurilgan aktivning tannarxi xuddi sotib olingan aktiv
tannarxini aniqlash tamoyillarini qo’llash orqali aniqlanadi. Agar tadbirkorlik
sub’ekti aktivlarni o’zining asosiy faoliyati doirasida sotish uchun barpo etsa,
81
aktivning tannarxi sotish uchun qurilgan aktiv bilan bir xil bo’ladi (MHXS 2 ga
qarang). Shu sababli, bu kabi tannarxlarni aniqlashda xar qanday ichki foyda ayirib
tashlanadi. Shunga o’xshash, aktivni xo’jalik usulida qurishda me’yoridan ortiq
sarflangan material, mehnat, yoki boshqa resurslar xarajati aktivning tannarxiga
kiritilmaydi. BHXS 23 “Qarzlar bo’yicha xarajatlar” foizlarni xo’jalik usulida
qurilgan asosiy vositalar balans qiymatining bir qismi sifatida tan olish mezonlarini
belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |