1-misol
Kompaniya 2011 yil 1 aprelda qiymati 342000 sh.b. bo’lgan uskunani sotib
oldi. Foydali muddati 9 yil. Qoliq qiymati yo’q. Bu uskunaga kompaniya to’g’ri
chiziqli amortizatsiya usulini qo’llaydi. Har uch yilda uskunaning ayrim agregatlari
almashtiriladi. Bu agregatlar qiymati 126000 sh.b.ni tashkil qiladi.
Sotib olgandan so’ng kompaniya amortizatsiya hisoblashda ikkita alohida
foydali muddati turli bo’lgan komponentni hisobga oladi: “A” komponent foydali
muddati 9 yil, qiymati 216000 sh.b. (342000-126000), “V” komponent foydali
muddati 3 yil, qiymati 126000 sh.b. 1 aprel 2014 yilgacha 3 yil davomida kompaniya
har oyda 5500 sh.b. (216000/9x1/12)+(126000/3x1/12) amortizatsiya hisoblaydi.
2014 yil 1 aprelda agregat 133200 sh.b. ga almashtirildi. Foydali muddati
o’zgarmadi.
2014 yil 1 aprelda kompaniya “V” agregatni to’la amortizatsiya qilgani uchun,
0 qiymatda hisobdan chiqaradi va o’rniga qiymati 133200 sh.b. bo’lgan yangi “V”
agregatni asosiy vositalari tarkibiga kiritadi. Uskunaning yangi balans qiymati shu
sanaga 277200 sh.b.ni tashkil qiladi (342000-5500x12x3+133200), shu jumladan,
“A” komponent qiymati 144000 (277200-133200) sh.b. ga teng. Kelgusi 3 yil
davomida (foydali muddati o’zgarmasa) hisoblanadigan amortizatsiya summasi 5700
sh.b.ni tashkil qiladi (144000/6x1/12+133200/3x1/12).
Asosiy
vositalar
ob’ektining ayrim qismlarini almashtirilishi yoki
almashtirilmasligidan qat’iy nazar, nuqsonlar paydo bo’lganligini aniqlash uchun
muntazam ravishda katta ko’lamdagi texnik ko’riklarini o’tkazish shu ob’ektdan
(masalan samolyotdan) foydalanishni davom etishning shartlaridan biri bo’lishi
mumkin. Har bir katta ko’lamdagi texnik ko’rik o’tkazilganda, u bo’yicha xarajatlar
tan olish mezonlari bajarilganda asosiy vositalar ob’ektining balans qiymatida qisman
almashtirish sifatida tan olinadi. Har qanday oldingi texnik ko’rik bo’yicha
xarajatlarning aktivning balans qiymatidagi qoldig’i (extiyot qismlardan tashqari)
hisobdan chiqariladi. Bunday hisobdan chiqarish oldingi tekshiruv xarajatlari ob’ekt
79
sotib olinishi yoki qurilishi paytidagi operatsiyada tan olinganligi yoki
olinmaganligidan qat’iy nazar amalga oshiriladi. Zarur bo’lganda, ob’ekt sotib
olinishi yoki qurilishi paytidagi balans qiymatiga qo’shilgan texnik ko’rik
xarajatlarini aniqlashda shu kabi kelgusi tekshiruv xarajatlarning baholangan
summasidan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |