73
Xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar tovar-moddiy zaxiralarga ega bo’lganida, ular
bu TMZlarni ishlab chiqarish xarajatlari summasida baholaydilar. Bu xarajatlar,
asosan, xizmat ko’rsatishda bevosita band bo’lgan xodimlar, shu jumladan ularni
nazorat qiladigan xodimlar bilan bog’liq bo’lgan mexnat haqi va boshqa xarajatlar,
hamda tegishli ustama xarajatlardan tashkil topadi. Xizmatlarni sotishda band bo’lgan
va umumiy ma’muriy xodimlarga tegishli bo’lgan mexnat haqi va boshqa xarajatlari
tannarxga kiritilmaydi, va ular kelib chiqqan davrning xarajatlari sifatida tan olinadi.
Aksariyat hollarda, xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarning TMZlari tannarxiga ular
tomonidan xizmat narhiga kiritiladigan foyda me’yori yoki taqsimlanmaydigan
ustama xarajatlar kiritilmaydi.
MHXS 41 “Qishloq xo’jaligi”ga asosan xo’jalik sub’ekti o’zining biologik
aktivlaridan yig’ib olgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini o’z ichiga oladigan tovar-
moddiy zaxiralari, ularni dastlabki tan olishda yig’im paytidagi sotish xarajatlari
chegirilgandagi haqqoniy qiymati bo’yicha baholanadi. Bu o’sha sanadagi tovar-
moddiy zaxiralarning, mazkur standart qo’llanilishi maqsadidagi, tannarxidir.
TMZlar tannarxini baholash uchun, qulaylik maqsadida, me’yoriy xarajatlar
bo’yicha tannarxni hisoblash usuli yoki chakana usuli kabi usullardan foydalanish
mumkin, agarda ularni qo’llash natijalari taxminan tannarxga teng bo’lsa. Me’yoriy
xarajatlarda xom ashyo va materiallar, ishchi kuchi, samaradorlik va quvvatdan
foydalanishning normal darajasi hisobga olinadi. Me’yorlar doimiy tarzda tahlil qilib
turiladi, va, zarur hollarda joriy shart-sharoitlarga qarab qayta ko’rib chiqiladi.
Chakana usuli ko’pincha chakana savdo sohasida ko’p sonli, tez-tez o’zgarib
turuvchi, va bir xil foyda olib keladigan shunday TMZlarni baholash uchun
foydalaniladiki, ular tannarxini hisoblash uchun boshqa usullarni qo’llashni amaliy
iloji bo’lmaydi. Tovar-moddiy zaxiraning tannarxi ushbu TMZning sotish qiymatini
yalpi foydaning tegishli foiziga kamaytirish yo’li bilan aniqlanadi. Qo’llaniladigan
foizni aniqlashda, qiymati dastlabki sotish narhidan kamaytirilgan tovar-moddiy
zaxiralari hisobga olinadi. Ko’pincha hamma chakana savdo BOBlari bo’yicha
o’rtacha foiz qo’llaniladi.
5-misol.
Oy boshiga kompaniyada A tovardan 200 dona 15 sh.b. dan bor edi. Kelgusi oy
davomida A tovar bo’yicha quyidagi sotib olish va sotishlar amalga oshirildi:
Do'stlaringiz bilan baham: