Standartlari


MHXS (IFRS) 5 “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat”



Download 1,94 Mb.
bet28/136
Sana27.10.2022
Hajmi1,94 Mb.
#857151
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   136
Bog'liq
IFRS

MHXS (IFRS) 5 “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat”


MHXS ning maqsadi sotish uchun mo’ljallangan aktivlarni hisobga olish va davom ettirilmaydigan faoliyat to’g’risida ma’lumotlarni taqdim etish va ochib berish bo’yicha talablarni belgilashdan iboradir. Xususan, MHXS quyidagilarni talab etadi:

  1. sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflash mezonlarini qanoatlantiradigan aktivlar balans qiymait bilan sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymat o’rtasidagi kamrog’ida baholanishini va bunday aktivlar bo’yicha eskirishni hisoblash to’xtatilishini; va

  2. sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflash mezonlarini qanoatlantiradigan aktivlar moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda alohida tarzda taqdim etilishini va davom ettirilmaydigan faoliyatlarning natijalari umumiy daromad to’g’risidagi hisobotda alohida tarzda taqdim etilishini.

Ushbu MHXS ning tasniflash va taqdim etish bo’yicha talablari tadbirkorlik sub’ektining barcha tan olingan uzoq muddatli aktivlariga va barcha hisobdan chiqarish guruhlariga nisbatan qo’llaniladi. Mazkur MHXS ning baholash talablari barcha tan olingan uzoq muddatli aktivlariga va barcha hisobdan chiqarish guruhlariga nisbatan qo’llaniladi.
BHXS 1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish» ga muvofiq uzoq muddatli sifatida tasniflangan aktivlar ular mazkur MHXS ga muvofiq sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflanish mezonlarini qanoatlantirgunga qadar joriy aktivlar sifatida qayta tasniflanmasligi lozim. Faqatgina qayta sotish maqsadi bilan sotib olingan holda, tadbirkorlik sub’ekti odatda uzoq muddatli sifatida hisoblashi mumkin bo’lgan turkum aktivlari joriy sifatida tasniflamasligi lozim, bunda ular mazkur MHXS ga muvofiq sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflanish mezonlarini qanoatlantirmaguncha.
Ayrim holatlarda, tadbirkorlik sub’ekti aktivlar guruhini, ehtimol ba’zi bevosita bog’liq majburiyatlar bilan birga, yagona operatsiyada hisobdan chiqaradi. Bunday hisobdan chiqarish guruhi pulni yuzaga keltiradigan birliklar guruhi, yagona pulni yuzaga keltiradigan birlik, yoki pulni yuzaga keltiradigan birlik qismi bo’lishi mumkin. Guruh tadbirkorlik sub’ektining har qanday aktivlarini va har qanday majburiyatlarini, jumladan joriy aktivlarni, joriy majburiyatlarni va mazkur MHHS ning baholash talablaridan istisno qilingan aktivlarni, o’z ichiga olishi mumkin. Agarda mazkur MHHS ning baholash talablari doirasidagi uzoq muddatli aktiv hisobdan chiqarish guruhining qismi bo’lsa, mazkur MHHS ning baholash talablari butun guruhga nisbatan qo’llanilib, buning natijasida guruh uning balans qiymati bilan sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi kamrog’ida baholanadi. Mazkur MHHS ning baholash shartlari quyidagi aktivlarga (qaysiki keltirilgan MHXSlar orqali qamrab olinadi) nisbatan, alohida aktivlar sifatida yoki
hisobdan chiqarish guruhining qismi sifatida, qo’llanilmaydi:

  1. muddati uzaytirilgan soliq aktivlari (MHXS 12 «Foyda soliqlari»).

  2. xodimlar daromadlaridan yuzaga keladigan aktivlar (MHXS 19

«Xodimlar daromadlari»).
(v) MHXS 9 «Moliyaviy instrumentlar» ning qo’llash doirasidagi moliyaviy aktivlar.
(g) BHXS 40 «Investitsion mulk» dagi haqqoniy qiymat bo’yicha hisobga olish modeliga muvofiq hisobga olinadigan uzoq muddatli aktivlar.

  1. BHXS 41 «Qishloq xo’jaligi» ga muvofiq sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholanadigan uzoq muddatli aktivlar.

  2. MHXS 4 «Sug’urta shartnomalari» da ta’riflangan sug’urta shartnomalari asosida shartnomaviy huquqlar.

Sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflanadigan uzoq muddatli aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhiga) nisbatan qo’llaniladigan mazkur MHXS dagi tasniflash, taqdim etish va baholash talablari o’zlarining maqomi bo’yicha mulk egalari sifatida faoliyat yuritadigan mulk egalari uchun taqsimotga mo’ljallangan sifatida tasniflanadigan (mulk egalari uchun taqsimotga mo’ljallangan) uzoq muddatli aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhiga) nisbatan ham qo’llaniladi.
Mazkur MHXS sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhlariga) yoki davom ettirilmaydigan faoliyatlarga nisbatan talab etilgan ochib berishlarni belgilaydi. Boshqa MHXS lardagi ma’lumotlarni ochib berish bo’yicha talablar bunday aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhlariga) nisbatan qo’llanilmaydi, bunda ushbu MHXSlar quyidagilarni talab etmaguncha:

  1. sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhlariga) yoki davom ettirilmaydigan faoliyatlarga nisbatan muayyan ma’lumotlarni ochib berish; yoki

  2. MHXS 5 ning baholash talabi doirasida bo’lmagan hisobdan chiqarish guruhidagi aktivlar va majburiyatlarning baholanishi to’g’risidagi ma’lumotlar ochib berilishi va bunday ochib beriladigan ma’lumotlar moliyaviy hisobotlarga boshqa izohlarda oldin ta’minlanmagan bo’lishi.

Sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhlariga) yoki davom ettirilmaydigan faoliyatlar to’g’risidagi qo’shimcha ma’lumotlarni ochib berish MHXS 1 ning umumiy talablariga, moslikni ta’minlash uchun zarur bo’lishi mumkin.
Tadbirkorlik sub’ekti uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflashi lozim, agarda uning balans qiymati uzluksiz foydalanish orqali emas, balki asosan sotuv operatsiyasi orqali qoplansa.
Buni amalga oshirish uchun, aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) o’zining joriy holatida bevosita sotuv uchun mavjud bo’lishi shart, bunda u faqatgina bunday aktivlar (yoki hisobdan chiqarish guruhlari) bo’yicha odatiy va majburiy bo’lgan shartlarga shartli ravishda bo’ladi va uning sotuvi yuqori ehtimolli bo’lishi shart.
Sotuv yuqori ehtimolli bo’lishi uchun, rahbariyatning tegishli darajasi aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish rejasini qabul qilishi shart va xaridorni
izlash va rejani bajarish bo’yicha faol dasturning tashabbusi amalga oshirilishi shart. Bundan tashqari, aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) uning joriy haqqoniy qiymatiga nisbatan oqilona narxda sotish bo’yicha faol choralar amalga oshirilishi shart. Shu bilan birga, sotuv tasniflash sanasidan boshlab bir yil ichida tugatilgan sotuv sifatida tan olinishni qanoatlantirishi ko’zda tutilishi lozim va rejani bajarish uchun talab etilgan choralar shuni ko’rsatishi lozimki, rejaga nisbatan yirik o’zgarishlar amalga oshirilishining yoki reja bekor qilinishining ehtimoli juda kam. Aktsiyadorlarning tasdiqlash ehtimoli (agarda qonunchilikda talab etilsa) sotuv yuqori ehtimolli bo’lishini baholashning qismi sifatida ko’rib chiqilishi kerak.
Sho’’ba tadbirkorlik sub’ekti ustidan nazoratni yo’qotishni qamrab oladigan sotuv rejasini qabul qiladigan tadbirkorlik sub’ekti ushbu shu’baning jami aktivlarini va majburiyatlarini sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflashi lozim, bunda tadbirkorlik sub’ekti sotuvdan so’ng o’zining sobiq shu’basida nazorat qilinmaydigan ulushni saqlab qolishidan qat’iy nazar.
Hodisalar yoki holatlar sotuvni tugallash davrini bir yildan ortiq muddatga uzaytirishi mumkin. Sotuvni tugallash uchun talab etilgan davrning uzaytirilishi aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflanishidan to’smaydi, agarda muddatini uzaytirishga tadbirkorlik sub’ektining nazoratidan tashqarida bo’lgan hodisalar yoki holatlar sabab bo’lsa va tadbirkorlik sub’ekti aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish bo’yicha o’z rejasini saqlab qolishi to’g’risida yetarlicha dalil mavjud bo’lsa. Sotuv operatsiyalari uzoq muddatli aktivlarni boshqa uzoq muddatli aktivlarga ayirboshlashlarni o’z ichiga oladi, qachonki ayirboshlash BHXS 16 “Asosiy vositalar” ga muvofiq tijoriy mohiyatga ega bo’lsa.
Qachonki tadbirkorlik sub’ekti uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) faqatgina uni keyin hisobdan chiqarish maqsadi bilan sotib olsa, u uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotib olish sanasida sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflashi lozim.
Qachonki tadbirkorlik sub’ekti uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) mulk egalariga taqsimlash to’g’risida qaror qabul qilsa, aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) mulk egalariga taqsimot uchun mo’ljallangan sifatida tasniflanadi. Bunday holat bo’lishi uchun, aktivlar o’zlarining joriy holatida bevosita taqsimlanish uchun mavjud bo’lishi shart va taqsimlash yuqori ehtimolga ega bo’lishi shart. Taqsimlash yuqori ehtimolli bo’lishi uchun, taqsimlashni tugallash choralari tashabbusi amalga oshirilgan bo’lishi shart va tasniflash sanasidan boshlab bir yil ichida tugallanishi ko’zda tutilishi kerak. Taqsimlashni tugallash uchun talab etilgan choralar shuni ko’rsatishi lozimki, taqsimlashga nisbatan yirik o’zgarishlar amalga oshirilishining yoki taqsimlash bekor qilinishining ehtimoli juda kam. Aktsiyadorlarning tasdiqlash ehtimoli (agarda qonunchilikda talab etilsa) taqsimlash yuqori ehtimolli bo’lishini baholashning qismi sifatida ko’rib chiqilishi kerak.
Tadbirkorlik sub’ekti foydalanilishi to’xtatiladigan uzoq muddatli aktivlarni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflamasligi lozim. Bunga sabab shuki, uning balans qiymati asosan ukluksiz foydalanishdan qoplanadi. Foydalanilishi to’xtatiladigan uzoq muddatli aktivlar (hisobdan chiqarish
guruhlari) o’zlarining iqtisodiy foydalanish muddatlari oxiriga qadar foydalaniladigan uzoq muddatli aktivlarni (hisobdan chiqarish guruhlarini) hamda sotiladigan emas, balki yopiladigan uzoq muddatli aktivlarni (hisobdan chiqarish guruhlarini) o’z ichiga oladi.
Tadbirkorlik sub’ekti foydalanishdan vaqtinchalik ozod etilgan uzoq muddatli aktivni xuddiki undan foydalanish to’xtatilgandek hisobga olmasligi lozim.

  1. Download 1,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish