BHXS (IAS) 23 “Qarzlar bo’yicha xarajatlar”
Ma’lum talablarga javob beradigan aktivni sotib olinishiga, qurilishiga yoki ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlar ushbu aktiv tannarxining qismini tashkil etadi. Boshqa qarzlar bo’yicha xarajatlar davr xarajati sifatida tan olinadi.
Tashkilot mazkur Standartni qarzlar bo’yicha xarajatlarni hisobga olishda qo’llashi lozim.
Standart kapitalning haqiqiy yoki hisoblab topilgan qiymatiga, jumladan majburiyat sifatida tasniflanmagan imtiyozli kapitalga, nisbatan qo’llanilmaydi.
Tashkilotdan Standartni quyidagilarning sotib olinishiga, qurilishiga yoki ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlarga nisbatan qo’llashni talab etmaydi:
haqqoniy qiymatda baholangan ma’lum talablarga javob beradigan ma’lum talablarga javob beradigan aktivning, masalan biologik aktivning; yoki
takroriy asosda ko’p miqdorda ishlab chiqariladigan, yoki boshqa hollarda barpo etiladigan, tovar-moddiy zahiralar.
Qarzlar bo’yicha xarajatlar - bu tashkilot tomonidan pul mablag’larini qarzga olishda amalga oshiriladigan foiz va boshqa xarajatlardir.
Ma’lum talablarga javob beradigan aktiv - bu ko’zlangan foydalanish yoki sotuv uchun tayyor bo’lishiga juda uzoq davrni zaruriy talab etadigan aktivdir.
Qarzlar bo’yicha xarajatlar quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
BHXS 39 «Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash» da izohlanganidek effektiv foiz usulidan foydalangan holda hisoblangan foiz xarajati;
BHXS 17 «Ijara» ga muvofiq tan olingan moliyaviy ijara kelishuvlarga nisbatan moliyaviy xarajatlar; va
(s) xorijiy valyutada qarz olishlardan yuzaga keladigan kurs farqlari, bunda ular foiz sarflariga to’g’rilanishlar sifatida hisoblangan darajada hisobga olinadi.
Vaziyatga qarab, quyidagilardan biri ma’lum talablarga javob beradigan aktivlar bo’lishi mumkin:
tovar-moddiy zahiralar
ishlab chiqarish korxonalari
elektroenergiya ishlab chiqaradigan quvvatlar
nomoddiy aktivlar
investitsion mulklar.
Moliyaviy aktivlar hamda qisqa davr mobaynida ishlab chiqariladigan, yoki boshqa hollarda barpo etiladigan, tovar-moddiy zahiralar ma’lum talablarga javob beradigan aktivlar bo’lib hisoblanmaydi. Sotib olinganda ular bo’yicha ko’zlangan foydalanish yoki sotishga tayyorga aktivlar ma’lum talablarga javob beradigan aktivlar bo’lib hisoblanmaydi.
Tashkilot ma’lum talablarga javob beradigan aktivning sotib olinishiga, qurilishiga yoki ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlarni ushbu aktiv tannarxining qismi sifatida kapitalizatsiya qilishi lozim. Tashkilot boshqa qarzlar bo’yicha xarajatlarni davr xarajati sifatida ularni amalga oshiradigan davrda tan olishi lozim.
Ma’lum talablarga javob beradigan aktivning sotib olinishiga, qurilishiga yoki ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlar ushbu aktivning tannarxiga kiritiladi. Bunday qarz bo’yicha xarajatlar aktiv tannarxining qismi sifatida kapitalizatsiya qilinadi, qachonki ular tashkilotga kelgusi iqtisodiy manfaatlarni olib kelishining ehtimoli mavjud bo’lsa va xarajatlar ishonchli baholanishi mumkin bo’lsa. Qachonki tashkilot BHXS 29 «Giperinflyatsiya iqtisodiyotlarida moliyaviy hisobot berish» ni qo’llasa, u BHXS 29 ga muvofiq qarzlar bo’yicha xarajatlarning inflyatsiyani qoplaydigan qismini aynan bir davr mobaynida xarajat sifatida tan oladi.
Ma’lum talablarga javob beradigan aktivning sotib olinishiga, qurilishiga yoki ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlar shunday qarzlar bo’yicha xarajatlarki, bunda ma’lum talablarga javob beradigan aktiv bo’yicha sarf amalga oshirilmaganda edi, ularni chetlab o’tish mumkin bo’lar edi. Qachonki tashkilot xususan ma’lum talablarga javob beradigan muayyan aktivga ega bo’lish maqsadida pul mablag’larini qarzga olsa, ushbu ma’lum talablarga javob beradigan aktivga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlar osongina aniqlanishi mumkin.
Muayyan qarzlar bilan ma’lum talablarga javob beradigan aktiv o’rtasidagi bevosita bog’liqlikni aniqlash va boshqa hollarda chetlab o’tilishi mumkin bo’lgan qarzlarni aniqlash qiyin bo’lishi mumkin. Bunday qiyinchilik, masalan, tashkilotning moliyalashtirish faoliyati markazlashgan holda boshqarilganda sodir bo’ladi. Shu bilan birga, guruh turli foiz stavkalarida pul mablag’larini qarzga olish uchun bir qator qarz instrumentlaridan foydalanganda va ushbu pul mablag’larini guruh ichidagi boshqa tashkilotlariga turli shartlarda kreditga berganda ham qiyinchiliklar yuzaga keladi. Boshqa qiyinchiliklar, qachonki guruh yuqori inflyatsion iqtisodiyotlarda faoliyat yuritayotganda, xorijiy valyutalarda belgilangan yoki biriktirilgan kreditlardan foydalanish natijasida va valyuta kurslaridagi tebranishlardan yuzaga keladi. Buning natijasida, ma’lum talablarga javob beradigan aktivning sotib olinishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlarning qiymatini aniqlash qiyin bo’ladi va mulohaza qilish talab etiladi.
Tashkilot xususan ma’lum talablarga javob beradigan aktivga ega bo’lish
maqsadida pul mablag’larini qarzga olish darajasida, tashkilot kapitalizatsiya qilinadigan qarzlar bo’yicha xarajatlar qiymatini davr mobaynida ushbu qarz bo’yicha amalga oshirilgan qarz bo’yicha haqiqiy sarflardan ushbu qarzlarning vaqtinchalik investitsiyasi bo’yicha har qanday investitsion daromadni chegirish orqali aniqlashi lozim.
Ma’lum talablarga javob beradigan aktiv bo’yicha moliyalashtirish kelishuvi pul mablag’larining ayrim qismi yoki barchasi ma’lum talablarga javob beradigan aktiv bo’yicha sarflarga yo’naltirilishidan oldin tashkilotning qarz mablag’lariga ega bo’lishiga va qarz bo’yicha tegishli sarflarni amalga oshirishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarda, pul mablag’lari ma’lum talablarga javob beradigan aktiv bo’yicha sarflar muddati kelguncha ko’p hollarda vaqtinchalik investitsiya qilinadi. Davr mobaynida kapitalizatsiya qilinadigan qarzlar bo’yicha xarajatlar qiymatini aniqlashda, bunday pul mablag’lari bo’yicha o’zlashtirilgan har qanday investitsion daromad amalga oshirilgan qarzlar bo’yicha xarajatlardan chegiriladi.
misol.
Kompaniya 1 fevral 2011 yilda ishlab chiqarish binosini bankning maqsadli krediti hisobiga qurishga kirishdi. Qurilish 2011 yil 30 noyabrda tugallandi. Qurilish davri davomida qisman to’langan kredit hisobiga quyidagi to’lovlar amalga oshirildi:
|
Qurilish uchun
to’langan to’lovlar sh.b
|
Olingan kredit summasi
sh.b.
|
1 fevral 2011 yil
|
1000000
|
1000000
|
1 aprel 2011 yil
|
800000
|
1000000
|
1 iyul 2011 yil
|
700000
|
1000000
|
1 oktyabr 2011 yil
|
500000
|
|
jami
|
3000000
|
3000000
|
Kreditning samarali foiz stavkasi 15 %. Foydalanilmagan mablag’ni kompaniya bankka 4 % stavka bo’yicha qo’yadi.
|
Olingan kredit summasi
sh.b.
|
Vaqtinchalik koeffitsent
|
Foiz stavkasi
|
Qarzlar bo’yicha haqiqiy
xarajatlar sh.b.
|
1 fevral 2011 yil
|
1000000
|
10/12
|
15%
|
125000
|
1 aprel 2011 yil
|
1000000
|
8/12
|
15%
|
100000
|
1 iyul 2011 yil
|
1000000
|
5/12
|
15%
|
62500
|
1 oktyabr 2011 yil
|
|
|
|
0
|
jami
|
3000000
|
|
|
287500
|
sh.b.
Vaqtincha foydalanilmagan kreditdan olingan investitsion daromad: 200000x4%x3/12+500000x4%x3/12=7000 sh.b.
Qarz bo’yicha kapitalizatsiyalashtiriladigan summa: 287500-7000=280500
Tashkilot umuman pul mablag’larini qarzga olganda va ulardan ma’lum
talablarga javob beradigan aktivga ega bo’lish maqsadida foydalanganida, tashkilot
kapitalizatsiya qilinadigan qarzlar bo’yicha xarajatlar qiymatini aniqlash uchun ushbu aktiv bo’yicha qilinadigan sarflarga kapitalizatsiya stavkasini ko’paytirishi kerak. Kapitalizatsiya stavkasi davr mobaynida tashkilot qarzlarining to’lanmagan qismiga tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlarning o’rtacha tortilgan foiziga teng bo’lishi lozim, bunda xususan ma’lum talablarga javob beradigan aktivga ega bo’lish maqsadida jalb etilgan qarzlardan tashqari. Tashkilot davr mobaynida kapitalizatsiya qiladigan qarzlar bo’yicha xarajatlarning qiymati ushbu davrda u amalga oshirgan qarzlar bo’yicha xarajatlarning qiymatidan oshmasligi lozim.
Ba’zi holatlarda, bosh tashkilotning va uning sho’’balarining barcha qarzlarini qarzlar bo’yicha xarajatlarning tortilgan o’rtachasini hisoblashda inobatga olish o’rinli bo’ladi; boshqa holatlarda, har bir sho’’ba tashkilot uchun o’zlarining qarzlariga tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlarning tortilgan o’rtachasidan foydalanish o’rinli bo’ladi.
misol.
Kompaniya 1 fevral 2011 yilda ishlab chiqarish binosini qurishga kirishdi. Qurilish 2011 yil 30 noyabrda tugallandi. Qurilish davri davomida qisman to’langan kredit hisobiga quyidagi to’lovlar amalga oshirildi:
|
Qurilish uchun to’langan
to’lovlar sh.b
|
1 fevral 2011 yil
|
1000000
|
1 aprel 2011 yil
|
800000
|
1 iyul 2011 yil
|
700000
|
1 oktyabr 2011 yil
|
500000
|
jami
|
3000000
|
Qurilishni amalga oshirish uchun kompaniya maqsadli kredit olmadi. Shunday bo’lsada kompaniyada quyidagi maqsadsiz qarz mablag’lari bor edi:
Qisqa muddatli bank krediti 2000000 sh.b. 15 % yillik Uzoq muddatli bank krediti 3000000 sh.b. 12,5 % yillik Kapitalizatsiyalashning o’rtacha stavkasini aniqlash:
(2000000x15%+3000000x12.5%)/(2000000+3000000)=13.5%
Qarzlar bo’yicha kapitalizatsiyalashtiriladigan xarajatlar summasi
Muddati
|
Qurilish uchun to’langan
to’lovlar sh.b
|
Vaqtinchalik koeffitsent
|
Foiz stavkasi
|
Qarzlar bo’yicha haqiqiy xarajatlar sh.b.
|
1 fevral 2011 yil
|
1000000
|
10/12
|
13,5%
|
112500
|
1 aprel 2011 yil
|
800000
|
8/12
|
13,5%
|
72000
|
1 iyul 2011 yil
|
700000
|
5/12
|
13,5%
|
39375
|
1 oktyabr 2011 yil
|
500000
|
2/12
|
13,5%
|
11250
|
jami
|
3000000
|
|
|
235125
|
Qachonki ma’lum talablarga javob beradigan aktivning balans qiymati yoki kutilgan yakuniy qiymati uning qoplanadigan summasidan yoki sof sotish qiymatidan oshsa, balans qiymat boshqa Standartlarning talablariga muvofiq qisman yoki to’liq
hisobdan chiqariladi. Muayyan holatlarda, qisman yoki to’liq hisobdan chiqarilgan qiymat boshqa Standartlarga muvofiq qayta tiklanadi.
Tashkilot qarzlar bo’yicha xarajatlarni ma’lum talablarga javob beradigan aktiv tannarxining qismi sifati kapitalizatsiyani boshlanish sanasidan boshlashi lozim. Kapitalizatsiya uchun boshlanish sanasi tashkilot quyidagi barcha shartlarni dastlab qanoatlantiradigan sanadir:
u aktiv bo’yicha sarflarni amalga oshirsa;
u qarzlar bo’yicha xarajatlar ni amalga oshirsa; va
u aktiv bo’yicha ko’zlangan foydalanish va sotish uchun uni tayyorlashda zarur bo’lgan choralarni amalga oshirsa.
Ma’lum talablarga javob beradigan aktiv bo’yicha sarflar faqatgina shunday sarflarni o’z ichiga oladiki, ular pul mablag’larining to’lanishiga, boshqa aktivlarning o’tkazilishiga yoki foizli majburiyatlarning qabul qilinishiga olib keladi. Sarflar aktiv bilan bog’liq tarzda olingan har qanday oraliq to’lovlarga va olingan grantlarga (MHXS 20 «Davlat grantlarini hisobga olish va davlat yordamini ochib berish» ga qarang) kamaytiriladi. Davr mobaynidagi aktivning o’rtacha balans qiymati, shu bilan birga oldin kapitalizatsiya qilingan qarzlar bo’yicha xarajatlar , odatda ushbu davrda kapitalizatsiya stavkasi qo’llaniladigan xarajatlarning asosli taxmini bo’lib hisoblanadi.
Aktivni ko’zlangan foydalanishga yoki sotishga tayyorlash uchun zarur choralar aktivning faqatgina jismoniy barpo etilishi qamrab olmaydi. Ular jismoniy barpo etilishi boshlanishigacha bo’lgan texnik va ma’muriy ishlarni, masalan jismoniy barpo etilishi boshlanishigacha ruxsatlarni olish bilan bog’liq choralarni, o’z ichiga oladi. Biroq, bunday choralar aktivning holatini o’zgartiradigan hech qanday ishlab chiqarish yoki takomillashtirish sodir bo’lmayotgan paytda aktivga egalik qilishni o’z ichiga olmaydi. Masalan, yerni takomillashtirish paytida amalga oshirilgan qarzlar bo’yicha xarajatlar takomillashtirishga tegishli choralar amalga oshirilayotgan davr mobaynida kapitalizatsiya qilinadi. Biroq, qurilish maqsadlarida sotib olingan yer hech qanday tegishli takomillashtirish chorasisiz egalik qilinayotganda amalga oshirilgan qarzlar bo’yicha xarajatlar kapitalizatsiya qilish bo’yicha talablarga javob bermaydi.
misol.
Kompaniya 1 yanvar 2011 yilda ishlab chiqarish kompleksini qurish uchun bankdan maqsadli kredit oldi. Kompaniya 1 fevral 2011 yilda materiallarni sotib oldi. 1 mart 2011 yilda kompaniya qurilish ishlarini amalga oshirish uchun texnik va ma’muriy ishlarni o’tkazdi. 1 aprel 2011 yilda qurilish boshlandi.
Kapitalizatsiyani boshlash muddati 1 mart 2011 yil.
Tashkilot qarzlar bo’yicha xarajatlarning kapitalizatsiyasini u ma’lum talablarga javob beradigan aktivni faol takomillashtirishni to’xtatgan o’zaytirilgan davrlar mobaynida to’xtatishi lozim.
Tashkilot aktivni ko’zlangan foydalanish yoki sotish uchun tayyorlashda zarur choralarni to’xtatgan o’zaytirilgan davr mobaynida qarzlar bo’yicha xarajatlarni amalga oshirishi mumkin. Bunday xarajatlar qisman tugallangan aktivlarga egalik qilish bilan bog’liq xarajatlar bo’lib, kapitalizatsiya qilish uchun talablarga javob
bermaydi. Biroq, tashkilot odatda u ahamiyatli texnik va ma’muriy ishlarni amalga oshirayotgan davr mobaynida qarzlar bo’yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni to’xtatmaydi. Tashkilot vaqtinchalik bekor to’xtab turish aktivni ko’zlangan foydalanish yoki sotish uchun tayyorlash jarayonining zaruriy qismi bo’lganida ham qarzlar bo’yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni to’xtatmaydi. Masalan, kapitalizatsiya yuqori suv sathlari ko’prik qurilishini kechiktiradigan davr mobaynida davom etadi, agarda bunday yuqori suv sathlari tegishli geografik hududda qurilish davri mobaynida odatiy holat bo’lsa.
Tashkilot ma’lum talablarga javob beradigan aktivni ko’zlangan foydalanish yoki sotish uchun tayyorlashda zarur bo’lgan choralarning deyarli barchasi tugagan paytda qarzlar bo’yicha xarajatlarning kapitalizatsiya qilinishini tugatishi lozim.
Aktiv odatda ko’zlangan foydalanish yoki sotish uchun tayyor bo’ladi, qachonki aktivning jismoniy barpo etilishi odatiy ma’muriy ish hanuz davom etishi mumkinligiga qaramasdan tugallangan bo’lsa. Agarda amalda faqat kichik o’zgartirishlar, masalan mulkni xaridor yoki foydalanuvching xususiy talablariga qarab bezatish, qolgan bo’lsa, bu deyarli barcha ishlar tugallanganligini ko’rsatadi.
Qachonki tashkilot ma’lum talablarga javob beradigan aktivning qurilishini qismlarda tugatsa va har bir qism boshqa qismlarda qurilish davom etayotgan paytda foydalanishga yaroqli bo’lsa, tashkilot ushbu qismni ko’zlangan foydalanish yoki sotish uchun tayyorlashda zarur bo’lgan choralarning deyarli barchasini tugatgan paytda qarzlar bo’yicha xarajatlarning kapitalizatsiya qilinishini to’xtatishi lozim.
Har biridan alohida foydalanish mumkin bo’lgan bir qator binolarni qamrab oladigan biznes-markaz - har bir qism boshqa qismlarda qurilish davom etayotgan paytda foydalanishga yaroqli bo’lgan ma’lum talablarga javob beradigan aktivga misol bo’ladi. Biror qismidan foydalanish mumkin bo’lishidan oldin tugallanishi zarur bo’lgan ma’lum talablarga javob beradigan aktivga, masalan metallurgiya kombinati kabi, aynan bir joyda turli qismlari ketma-ketlikda amalga oshiriladigan bir necha jarayonlarni qamrab oladigan sanoat korxonasini misol sifatida keltirish mumkin.
Tashkilot quyidagilarni ochib berishi lozim:
davr mobaynida kapitalizatsiya qilingan qarzlar bo’yicha xarajatlar qiymatini; va
kapitalizatsiya qilinadigan qarzlar bo’yicha xarajatlar qiymatini aniqlashda foydalanilgan kapitalizatsiya stavkasini.
Do'stlaringiz bilan baham: |