Kunlar
|
Sotib olish
|
Sotish
|
5 kun
|
|
160 dona
|
14 kun
|
380 dona 15.1 sh.b.dan
|
|
18 kun
|
|
50 dona
|
22 kun
|
270 dona 15.3 sh.b. dan
|
|
27 kun
|
|
560 dona
|
FIFO usuli:
Sotilgan = 200x15+380x15,1+190x15,3 = 11645 sh.b.
Qoldiq = 200x15+380x15,1+270x15,3 - 11645 sh.b.= 1224 sh.b.
O’rtacha tortilgan usul:
O’rtacha qiymat birlik = (200x15+380x15,1+270x15,3) / (200+380+270) =
15.14 sh.b.
Sotilgan = (160+50+560) x 15.14 = 11657.80 sh.b.
Qoldiq =200x15+380x15,1+270x15,3 – 11657.8 sh.b.= 1211.20 sh.b.
Odatda bir-birini o’rnini bosmaydigan (bir-birini almashtira olmaydigan) TMZlar moddalarining hamda maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va ajratilgan tovarlar va xizmatlarning tannarxi ularga tegishli alohida xarajatlarning maxsus aniqlanishi yo’li bilan baholanadi.
Tannarxni maxsus aniqlanishi deganda alohida xarajatlarning tovar-moddiy zaxiralarning alohida aniqlangan moddalariga olib borilishi tushuniladi. Bu maxsus loyiha uchun ajratilgan TMZlarni hisobga olishda, ular sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan bo’lishidan qat’iy nazar, to’g’ri yondashuv hisoblanadi. Ammo, ko’p miqdordagi, odatda bir-birini o’rnini bosadigan TMZlar moddalari mavjud bo’lganida, xarajatlarning maxsus aniqlanishi noo’rin hisoblanadi. Bunday hollarda, foyda yoki zarar shakllanishida oldindan belgilangan natijalarga erishish maqsadida tovar-moddiy zaxiralarda qoladigan moddalarni tanlash usulini qo’llash mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi birinchi-kirim, birinchi-chiqim (FIFO) usuli yoki o’rtacha tortilgan qiymat formulasi orqali aniqlanishi lozim. Xo’jalik sub’ekti, uning uchun bir xil xususiyatga ega bo’lgan va bir xil tarzda foydalaniladigan barcha tovar-moddiy zaxiralar bo’yicha bir xil tannarxni aniqlash formulasidan foydalanishi shart. Har xil xususiyatga ega bo’lgan va har xil yo’nalishda ishlatiladigan tovar- moddiy zaxiralar uchun har xil tannarxni aniqlash formulalaridan foydalanish mumkin.
Masalan, tovar-moddiy zaxiralardan bitta operatsion segmentida foydalanish tarzi xo’jalik sub’ektining boshqa operatsion segmentida shu turdagi tovar-moddiy zaxiralardan foydalanish tarzidan farqlanishi mumkin. Ammo, tovar-moddiy zaxiralarning geografik joylashuvidagi (yoki soliq qoidalariga nisbatan) farq o’z- o’zidan har xil tannarx formulalaridan foydalanishga asos bo’la olmaydi.
Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi agar ushbu zaxiralar shikastlangan, yohud butunlay yoki qisman eskirgan, yoki ularning sotish narxlari kamaygan bo’lsa, qoplanmasligi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, shuningdek, ishlab chiqarishni oxiriga yetkazish bo’yicha baholangan xarajatlar yoki sotuvni amalga oshirish bo’yicha baholangan xarajatlar oshgan taqdirda ham koplanmasligi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini tannarxdan past bo’lgan sof sotish qiymatigacha kamaytirish amaliyoti shunday nuqtai nazar bilan to’g’ri keladiki, bunda aktivlar ularning sotilishi yoki foydalanishidan olinishi kutilayotgan summadan oshmagan qiymatda hisobga olinishi zarur.
Odatda tovar-moddiy zaxiralar moddama-modda sof sotish qiymatigacha kamaytiriladi. Ammo ayrim hollarda, bir xil yoki o’zaro bog’liq moddalarni guruhlashtirish o’rinli bo’lishi mumkin. Bu tovar-moddiy zaxiralarning bir xil maqsadda yoki bir xil yakuniy iste’molchilar uchun ishlab chiqariladigan, bir xil geografik hududda ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot turi bilan bog’liq bo’lgan, hamda ushbu mahsulot turiga kiradigan boshqa moddalardan amalda alohida
baholana olmaydigan moddalariga tegishli bo’lishi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini, ularning tasniflanishi, masalan, tayyor mahsulotlar yoki ma’lum bir operativ segmentdagi barcha tovar-moddiy zaxiralar, asosida kamaytirish noto’g’ridir. Xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar odatda alohida sotish nahi belgilanadigan har bir xizmat bo’yicha xarajatlarni to’playdilar. Shu tufayli, har bir bunday xizmatga alohida modda sifatida qaraladi.
Sof sotish qiymatining baholanishi sotilishi kutilayotgan tovar-moddiy zaxiralarning summasi baholangan paytida mavjud bo’lgan eng ishonchli dalillarga asoslanadi. Bunday baholashda, davr tugashidan keyin ro’y beradigan hodisalar bilan bevosita bog’liq bo’lgan narxning yoki tannarxning o’zgarishlari hisobga olinadi, agar bunday hodisalar davr oxiriga mavjud bo’lgan shart-sharoitlarni tasdiqlasa.
Tovar-moddiy zaxiralar sotilganida, ushbu zaxiralarning balans qiymati xarajat sifatida, ular bilan bog’liq bo’lgan daromad tan olinadigan davrda, tan olinishi lozim. Har qanday tovar-moddiy zaxirani sof sotish qiymatigacha kamaytirish summasi va zaxiralar bo’yicha yo’qotishlar ushbu kamaytirish yoki yo’qotish ro’y bergan davrda xarajat sifatida tan olinishi lozim. Sof sotish qiymatining oshishi natijasida kelib chiqadigan tovar-moddiy zaxiralarini kamaytirishning har qanday qayta tiklash summasi, xarajat bo’lib tan olingan TMZlar summasining kamayishi sifatida bunday qayta tiklash ro’y bergan davrda tan olinishi lozim.
Ba’zi tovar-moddiy zaxiralarning qiymati boshqa aktivlar schyotlariga olib borilishi mumkin, masalan, o’z kuchi bilan qurilgan asosiy vositaning tarkibiy qismi sifatida. Bunday usul bilan boshqa aktivlarga kiritilgan tovar-moddiy zaxiraning qiymati, ushbu aktivdan foydalanish muddati davomida xarajat sifatida tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |