Tayanch so’zlar.
Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad (keyingi matnda “daromad”) - ma’lum davr mobaynida tashkilotning odatdagi faoliyati natijasida olinadigan iqtisodiy nafning yalpi tushimi bo’lib, ushbu tushim mulk egalarining kapitalga
qo’yilmalari bilan bog’liq bo’lmagan kapitalning ko’payishiga olib keladi.
Daromad tashkilotning faqat o’zi uchun olingan yoki olinadigan iqtisodiy nafning yalpi tushimini qamrab oladi. Uchinchi tomonlar nomidan undirib olingan summalar, masalan sotishdan soliqlar, tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar, qo’shilgan qiymat solig’i, tashkilotga kelib tushadigan iqtisodiy naf bo’lib xizmat qilmaydi va kapitalning ko’payishiga olib kelmaydi. Shu bois, ular daromadga kiritilmaydi. Shunga o’xshash, vositachilik munosabatlarida, iqtisodiy nafning yalpi tushimi buyurtmachi nomidan undiriladigan summalarni qamrab oladi, lekin tashkilotning kapitali oshishiga olib kelmaydi. Buyurtmachi nomidan undirilgan summalar daromad bo’lib hisoblanmaydi. Aksincha, daromad bo’lib vositachilik haqi hisoblanadi.
Tushum – bu hisob davrida kompaniyaning odatdagi faoliyati davomida yuzaga kelgan iqtisodiy naflarning yalpi tushumi bo’lib, qachonki uning natijasi aktsionerlarning badallari hisobiga kapitalning o’sishidan farq qiladigan kapitalning o’sishi hisoblansa.
MAVZU. NOMOLIYaVIY AKTIVLARNI HISOBGA OLUVChI STANDARTLARINING TAVSIFI
BHXS (IAS) 2 “Zaxiralar”
BHXS (IAS) 2 “Zaxiralar” nomli standartning maqsadi tovar-moddiy zaxiralarni (TMZlarni) hisobga olish tartibini belgilashdan iboratdir. TMZlarni hisobga olishda asosiy masala bo’lib TMZlarning tannarxi qanday summada aktiv sifatida tan olinishi va ular bilan bog’liq bo’lgan daromadlar kelgusi davrlarda tan olinguncha hisobga olinishi kerakligi hisoblanadi. Ushbu Standart tannarx va uning keyinchalik xarajat sifatida tan olinishi, shu jumladan uning har qanday sof sotish qiymatigacha kamaytirilishi bo’yicha ko’rsatmalarni beradi. U, shuningdek, tovar- moddiy zaxiralarning tannarhini aniqlashda qo’llaniladigan tannarxni hisoblash formulalari bo’yicha ko’rsatmalarni keltiradi.
Ushbu standart, quyidagilardan tashqari, barcha tovar-moddiy zaxiralarga nisbatan qo’llaniladi8:
qurilish shartnomalari, shu jumladan ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan xizmat shartnomalari ostida kelib chiqadigan tugallanmagan ishlab chiqarish (BHXS 11 “Qurilish Shartnomalari” ga qarang);
moliyaviy instrumentlar (BHXS 32 “Moliyaviy Instrumentlar: Taqdim etish” va MHHS 9 “Moliyaviy Instrumentla”r ga qarang); va
qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlar va yig’im jarayonidagi qishloq xo’jaligi hosillari (BHXS 41 “Qishloq xo’jaligi”).
Ushbu Standart quyidagilar egaligidagi tovar-moddiy zaxiralarga nisbatan qo’llanilmaydi:
qishloq va o’rmon xo’jaliklari mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, yig’imdan so’nggi qishloq xo’jaligi hosillari, foydali qazilmalar va qazilma mahsulotlari, agar ular shu sohalarda o’rnatilgan ilg’or amaliyotlarga muvofiq sof sotish qiymati bo’yicha baholanadigan bo’lsa. Agar bunday TMZlar sof sotish qiymati bo’yicha baholanadigan bo’lsa, ushbu qiymatdagi o’zgarishlar shu o’zgarish ro’y bergan davrdagi foyda yoki zararida tan olinadi.
o’z TMZlarini sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymat bo’yicha baholaydigan, tovarlarni sotuvchi broker-treyderlari. Bunday TMZlar sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymat bo’yicha hisobga olinganida, sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatdagi o’zgarishlar o’zgarish ro’y bergan davrdagi foyda yoki zararida tan olinadi.
Tovar-moddiy zaxiralari tannarxi yoki sof sotish qiymatidan qaysi biri kamroq bo’lsa, o’sha bo’yicha baholanishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga TMZlarni sotib olish, qayta ishlash va ularni hozirgi paytdagi joylashishi hamda holatiga keltirish uchun amalga oshirilgan boshqa jami xarajatlar kiritilishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiraning sotib olish xarajatlariga xarid narhi, import bojlari va boshqa soliqlar (soliq idoralari tomonidan xo’jalik sub’ektiga keyinchalik
qaytariladiganlardan tashqari), tashish, ortish-tushirish hamda tayyor mahsulotlar, materiallar va xizmatlarni sotib olish bilan bevosita bog’liq boshqa jami xarajatlar kiradi. Savdo chegirmalari, qoplab berishlar va shu kabilar sotib olish xarajatlaridan chegirilib tashlanishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralarni qayta ishlash xarajatlariga mahsulotni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq xarajatlar, masalan bevosita mehnat xarajatlari, kiradi. Ularga, shuningdek, materiallarni tayyor mahsulotga aylantirishda amalga oshiriladigan va sistematik tarzda taqsimlanadigan doimiy va o’zgaruvchan ustama xarajatlar ham kiradi. Doimiy ishlab chiqarish ustama xarajatlari - bu ishlab chiqarish hajmidan qat’iy nazar nisbatan doimiy bo’lib qoladigan bilvosita ishlab chiqarish xarajatlaridir, masalan ishlab chiqarish binolari va uskunalarining eskirishi va ularni saqlash xarajatlari hamda ishlab chiqarishni boshqarish xarajatlari. O’zgaruvchan ishlab chiqarish ustama xarajatlari bu ishlab chiqarish hajmiga to’g’ridan-to’g’ri yoki deyarli to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikda o’zgaradigan bilvosita ishlab chiqarish xarajatlaridir, masalan bilvosita materiallar va bilvosita mehnat xarajatlari.
Boshqa xarajatlar TMZlar tannarxiga, faqatgina TMZlarni hozirgi paytdagi joylashishi va holatiga keltirish uchun sarflangan xarajatlar hajmidagina, kiritiladi. Masalan, no-ishlab chiqarish ustama xarajatlari yoki maxsus mijozlar uchun mahsulotlarni yasash xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritish o’rinli bo’lishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritilmaydigan va ular kelib chiqqan davr xarajatlari sifatida tan olinadigan xarajatlar misoliga quyidagilar kiradi9:
me’yoridan tashqari sarflangan xom ashyo, mehnat va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari summasi;
saqlash xarajatlari, agar bu xarajatlar ishlab chiqarish jarayonining keyingi bosqichlari uchun talab etilmasa;
(v) tovar-moddiy zaxiralarni xozirgi paytdagi joylashishi va holatiga keltirish bilan bog’liq bo’lmagan ma’muriy ustama xarajatlar; va
(g) sotish xarajatlari.
MHXS 23 “Qarzlar bo’yicha xarajatlar” olingan qarzlar bo’yicha xarajatlar tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan kamdan-kam hollarini belgilaydi.
Xo’jalik sub’ekti tovar-moddiy zaxiralarni kechiktirib to’lash shartlarida sotib olishi mumkin. Agar bunday kelishuv amalda moliyalashtirish elementini o’z ichiga olsa, bu element, masalan, odatdagi shartlarda kreditga sotib olish narhi va to’lov summasi orasidagi farq, ushbu moliyalashtirish davrida foiz xarajatlari sifatida tan olinishi shart.
misol.
Ishlab chiqarish kompaniyasi TMZlar prtiyasini sotib olmoqda. Materialning pereyskurant bahosi 12 sh.b. Sotuvchi 500 tadan 1000 tagacha material sotib olsa 4%, 1000 tadan ortiq sotib olsa 8% chegirma beradi. Kompaniya 900 ta materialni hozir, kelgusida 300 ta sotib olishni rejalashtirmoqda. Sotuvchi sotuv bahosidan 20% QQS
to’laydi. Omboga olib kelishgacha transport xarajatlari 1300 sh.b.
Sotib olish tannarxini aniqlang.
Echim.
Do'stlaringiz bilan baham: |