Standartlari


MAVZU. TUShUMLARNI HISOBGA OLUVChI STANDARTLARINING TAVSIFI



Download 1,94 Mb.
bet18/136
Sana27.10.2022
Hajmi1,94 Mb.
#857151
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   136
Bog'liq
IFRS

MAVZU. TUShUMLARNI HISOBGA OLUVChI STANDARTLARINING TAVSIFI





    1. BHXS (IAS) 11 “Qurilish shartnomalari”

BHXS (IAS) 11 “Qurilish Shartnomalari” nomli standartning maqsadi qurilish shartnomalari bilan bog’liq daromadlar va harajatlarning buxgalteriya hisobini belgilashdan iboratdir. Qurilish shartnomalari asosida amalga oshiriladigan faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari tufayli shartnoma bo’yicha faoliyatning boshlanishi sanasi va tugashi sanasi odatda har xil hisobot davrlariga to’g’ri keladi. Shuning uchun, qurilish shartnomalarini hisobga olishning asosiy vazifasi shartnoma bo’yicha daromadlar va harajatlarni qurilish ishlari amalga oshiriladigan hisobot davrlarida to’g’ri taqsimlashdir. Qurilish shartnomasi bo’yicha daromadlar va harajatlar umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotda qachon tan olinishi kerakligini aniqlash uchun mazkur Standartda Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning Kontseptual Asosi da belgilangan tan olish mezonlaridan foydalaniladi. Shuningdek, ushbu mezonlarning qo’llanishida amaliy yo’riqnomalar ham beriladi.
Ushbu Standartning talablari odatda har bir qurilish shartnomasiga alohida qo’llaniladi. Ammo, muayyan vaziyatlarda, ushbu Standartni shartnoma yoki shartnomalar guruhining mohiyatini aks ettirish maqsadida bitta shartnomaning alohida ajratiladigan qismlariga yoki shartnomalar guruhiga nisbatan qo’llash talab etiladi.
Agar shartnoma bo’yicha bir qancha aktivlarning qo’rilishi ko’zda tutilsa, quyidagi hollarda har bir aktivning qurilishi alohida qurilish shartnomasi sifatida hisobga olinadi:

  1. har bir aktiv uchun alohida takliflar berilganida;

  2. har bir aktivning qurilishi shartlari yuzasidan alohida muzokaralar olib borilgan, xamda pudratchi va buyurtmachi shartnomaning har bir aktivga tegishli bo’lgan qismini qabul qilish yoki rad etish imktniyatiga ega bo’lganida; va

(v) har bir aktivga tegishli bo’lgan harajatlar va daromadlarni aniqlash mumkin bo’lganida.
Shartnomalar guruhi, yagona buyurtmachi yoki bir qancha buyurtmachilar bilan tuzilganidan qat’iy nazar, quyidagi hollarda yagona shartnoma sifatida hisobga olinadi:

  1. shartnomalar guruhi yuzasidan yagona to’plam sifatida muzokaralar olib borilganida;

  2. shartnomalar shunchalik bir biriga chambarchas bog’langan bo’lib, amalda ular umumiy foyda me’yoriga ega bo’lgan yagona loyihaning bir qismini tashkil qilganida; va

(v) shartnomalar bir vaqtning o’zida yoki birin ketin amalga oshirilganida.
Shartnoma buyurtmachining istagiga ko’ra qo’shimcha aktivning qurilishini ko’zda tutishi mumkin, yoki qo’shimcha aktivning qurilishi uchun shartnomaga o’zgartirish kiritilishi mumkin. Qo’shimcha aktivning qurilishi quyidagi hollarda alohida qurilish shartnomasi sifatida hisobga olinishi kerak:

  1. qo’shimcha aktiv dastlabki shartnomada ko’rsatilgan aktiv yoki aktivlardan o’zining loyihasi, texnologiyasi yoki vazifasi bilan jiddiy darajada farq qiladi; yoki

  2. qo’shimcha aktivning narxi dastlabki shartnoma narxidan qat’iy nazar kelishiladi.

Shartnoma bo’yicha daromadlar quyidagilardan tarkib topadi:

  1. shartnomada kelishilgan dastlabki summa; va

  2. shartnomada ko’zda tutilgan ishlar o’zgarishidan olinadigan daromadlar, da’volar va rag’batlantirish summalari:

  • ular daromad olinishiga olib kelishi ehtimolligi bor darajada; va

  • ularni ishonchli baholash mumkin bo’lgan darajada.

Shartnoma bo’yicha daromad, olingan yoki olinadigan tovonning haqqoniy qiymatida, baholanadi. Kelgusi hodisalarning natijasiga bog’liq bo’lgan turli noaniqliklar shartnoma bo’yicha daromadning baholanishiga ta’sir qiladi. Hodisalar ro’y berishi va noaniqliklar hal bo’lishi sari taxminiy baholashlar tez-tez qayta ko’rib chiqilishi talab etiladi. Shu bois ham, shartnoma bo’yicha daromadning summasi bir davrdan ikkinchi davrga o’tganda bir ko’payib bir kamayishi mumkin. Masalan:

  1. pudratchi va buyurtmachi shartnoma dastlabki tuzilganidan keyin keladigan davrda shartnoma bo’yicha daromadni ko’paytiradigan yoki kamaytiradigan o’zgarishlarni yoki da’volarni kelishib olishi mumkin;

  2. narxi qat’iy belgilangan shartnomada kelishilgan daromadning summasi harajatlarning qayta ko’rib chiqilishi shartiga binoan ko’tarilishi mumkin;

(v) shartnoma bo’yicha daromadning summasi shartnomani bajarish davomida pudratchining aybi bilan yo’l qo’yilgan kechiktirilishlar tufayli yuzaga kelgan jarimalar natijasida kamayishi mumkin; yoki
(g) narxi qat’iy belgilangan shartnoma qurilish ishlarining birligi bo’yicha qat’iy belgilangan narxni ko’zda tutsa, shartnoma bo’yicha daromad ishlar birliklarining soni oshgani sari ko’payib boradi.
O’zgartirish - bu shartnoma bo’yicha bajariladigan ishlar ko’lamiga o’zgartirish kiritilishiga buyurtmachi tomonidan berilgan ko’rsatmadir. O’zgartirish shartnoma bo’yicha daromadning o’sishi yoki kamayishiga olib kelishi mumkin. O’zgartirish misoli bo’lib shartnoma muddatini o’zgartirish yoki qurilish ob’ektiga qo’yiladigan texnik talablarni yoki uning loyihasini o’zgartirish xizmat qiladi. O’zgartirish summasi quyidagi hollarda shartnoma bo’yicha daromadga kiritiladi:

  1. agar o’zgartirish va o’zgartirish natijasida yuzaga keluvchi daromad summasi buyurtmachi tomonidan tasdiqlanishi ehtimoli mavjud bo’lsa; va

  2. daromadning summasi ishonchli ravishda baholanishi mumkin bo’lsa.

Da’volar bo’yicha daromadlar - bu shartnoma narxiga kiritilmagan xarajatlarning buyurtmachi yoki boshqa shaxs tomonidan qoplanishi sifatida pudratchi tomonidan olinishi kutilayotgan summa. Da’vo quyidagilar natijasida yuzaga kelishi mumkin: masalan, buyurtmachining aybi bilan yo’l qo’yilgan kechiktirishlar, qurilish ob’ektiga qo’yiladigan texnik talablardagi yoki uning loyihasidagi yo’l qo’yilgan xatolar, va shartnoma bo’yicha ishlarga tortishuvga sabab bo’ladigan o’zgartirishlarni kiritish. Da’volar natijasida yuzaga keluvchi daromad summasi yuqori darajadagi noaniqlik bilan baholanishi mumkin, va ko’pincha
muzokaralar natijasiga bog’liq. Shu bois, da’volar shartnomala bo’yicha daromadlarga faqat quyidagi hollarda kiritiladi:

  1. muzokaralar buyurtmachi tomonidan da’vo qabul qilinishini kutish mumkin darajasiga yetganida; va

  2. buyurtmachi tomonidan qabul qilinishi mumkin bo’lgan summa ishonchli darajada baholanishi mumkin bo’lganda.

Rag’batlantirish to’lovlari shartnomada belgilangan ishlarni bajarishning me’yoriy ko’rsatkichlariga erishilganda yoki oshirib bajarilganda pudratchiga to’lanadigan qo’shimcha summalardir. Masalan, pudratchiga shartnomani muddatidan oldin bajargani uchun rag’balantirish to’lovi amalga oshirilishi shartnomada ko’zda tutilishi mumkin. Rag’batlantirish to’lovlari shartnoma bo’yicha daromadga quyidagi hollarda kiritiladi:

  1. shartnoma, unda belgilangan me’yoriy ko’rsatkichlarga erishilishi yoki ularning oshirib bajarilishini kutish mumkin bo’lgan, u bo’yicha ishlar tugallanishi darajasiga yetganida; va

  2. rag’batlantirish to’lovi summasini ishonchli darajada baholash mumkin bo’lganda.

Shartnoma bo’yicha xarajatlar quyidagilardan tarkib topadi:

  1. muayyan shartnoma bilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlar;

  2. shartnoma bo’yicha faoliyatga umuman taaluqli bo’lgan va shartnoma qiymatiga taqsimlanishi mumkin bo’lgan xarajatlar; va

(v) shartnoma shartlari ostida buyurtmachi tomonidan alohida qoplanadigan kabi xarajatlar.
Muayyan shartnoma bilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlarga quyidagilar kiradi:

  1. qurilishga oid mexnat haqini to’lash bo’yicha xarajatlar, shu jumladan qurilish maydonini kuzatish xarajatlari;

  2. qurilishda ishlatilgan xomashyo va materiallar;

(v) shartnomani bajarishda foydalanilgan asosiy vositalarning eskirishi;
(g) asosiy vositalarni va materiallarni qurilish maydoniga olib kelish va olib chiqish bo’yicha xarajatlar;

  1. asosiy vositalarning ijarasi bo’yicha xarajatlar;

  2. shartnoma bilan bevosita bog’liq bo’lgan konstruktorlik va texnik yordam bo’yicha xarajatlar;

(j) kamchiliklarni yo’qotish va kafolatlangan ishlar hajmini bajarish bo’yicha taxminiy baholangan xarajatlar, shu jumladan kafolatlangan xizmat ko’rsatish bo’yicha kutilayotgan xarajatlar; va
(z) uchinchi tomonlarning da’vo-e’tirozlari.
Ushbu xarajatlar shartnoma bo’yicha daromadga kiritilmagan tasodifiy daromadlar olinishi natijasida kamayishi mumkin, masalan, ortiqcha materiallarni sotishdan olingan daromadlar yoki shartnoma muddati tugagach u bo’yicha foydalanilgan asosiy vositalarni sotishdan olingan daromadlar natijasida.
Shartnoma bo’yicha faoliyatga umuman taaluqli bo’lgan va muayyan shartnoma qiymatiga taqsimlanishi mumkin bo’lgan xarajatlar quyidagilarni o’z
ichiga oladi:

  1. sug’urta xarajatlari;

  2. muayyan shartnomaga bevosita tegishli bo’lmagan konstruktorlik va texnik yordam bo’yicha xarajatlar; va

(v) qurilish bo’yicha ustama xarajatlari.
Bunday xarajatlar sistematik va ratsional hamda o’xshash xususiyatlarga ega bo’lgan barcha xarajatlarga izchil ravishda qo’llaniladigan usullar yordamida taqsimlanadi. Xarajatlar qurilish ishlari bajarilishining normal sur’atlariga asoslangan holda taqsimlanadi. Qurilish bo’yicha ustama xarajatlari, masalan qurilish bo’yicha ishchilarga to’lanadigan ish haqini hisoblash va to’lov qaydnomalarini tayyorlashga oid xarajatlarni, o’z ichiga oladi. Shartnoma bo’yicha faoliyatga umuman taaluqli bo’lgan va muayyan shartnoma qiymatiga kiritilishi mumkin bo’lgan xarajatlar qarzlar bo’yicha xarajatlarni qamrab oladi.
Shartnoma shartlari ostida buyurtmachi tomonidan alohida qoplanadigan xarajatlar shartnomada qoplanishi alohida belgilangan ba’zi umumiy ma’muriy xarajatlarni va tajriba-konstruktorlik xarajatlarini qamrab olishi mumkin.
Shartnoma bo’yicha faoliyatga taaluqli bo’lmagan yoki muayyan shartnoma qiymatiga taqsimlab kiritib bo’lmaydigan xarajatlar qurilish shartnomasi bo’yicha xarajatlarga kiritilmaydi. Bunday xarajatlarni quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. qoplanishi shartnomada alohida belgilanmagan umumiy ma’muriy xarajatlar;

  2. sotish bo’yicha xarajatlar;

(v) qoplanishi shartnomada alohida belgilanmagan tadqiqot va tajriba- konstruktorlik xarajatlari; va
(g) muayyan shartnomani bajarishda foydalanilmagan bekor turgan asosiy vosita.
Shartnoma bo’yicha xarajatlar shartnoma tuzilishi kafolatlangan sanadan boshlab shartnomani to’liq bajarishgacha bo’lgan davrda shartnomaga tegishli bo’lgan xarajatlardan tarkib topadi. Biroq, shartnomaga bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlar va shartnoma tuzilishini kafolatlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar ham shartnoma bo’yicha xarajatlarning bir qismi sifatida hisobga olinadi, agar ularni alohida ajratish va ishonchli darajada baholash mumkin bo’lsa hamda shartnoma tuzilishining ehtimoli mavjud bo’lsa. Shartnomani tuzish uchun amalga oshirilgan sarflar xarajatlar sifatida ular amalga oshirilgan davrda tan olinganida, ular keyingi davrda shartnoma tuzilganidan keyin shartnoma bo’yicha xarajatlarga kiritilmaydi.
Qurilish shartnomasining natijasi ishonchli ravishda baholanishi mumkin bo’lganida, qurilish shartnomasi bilan bog’liq bo’lgan shartnoma daromadlari va xarajatlari hisobot davri oxiridagi shartnoma bo’yicha qurilish ishlarining tugallanishi darajasi (foizi)ga bog’liq ravishda daromadlar va xarajatlar sifatida tan olinishi kerak.
Narxi qat’iy belgilangan qurilish shartnomasining natijasi quyidagi barcha shartlarga rioya etilganida ishonchli baholanishi mumkin:

  1. shartnoma bo’yicha jami daromad summasi ishonchli darajada baholanganida;

  2. shartnoma bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan olinishi

ehtimoli mavjud bo’lganida;
(v) shartnomani to’liq bajarish bo’yicha xarajatlarni va shartnoma bajarilishining hisobot davri oxiridagi darajasini ishonchli baholash mumkin bo’lsa; va
(g) shartnomaga taaluqli bo’lgan xarajatlarni, shartnoma bo’yicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarni oldingi taxminiy baholashlar bilan taqqoslash mumkin bo’ladigan darajada, aniqlash va ishonchli baholash mumkin bo’lsa.
“Xarajatlar plyus” shartnomasining natijasi quyidagi barcha shartlarga rioya etilganida ishonchli baholanishi mumkin:

  1. shartnoma bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan olinishi ehtimoli mavjud bo’lganida; va

  2. shartnomaga taaluqli bo’lgan xarajatlarni, ular alohida qoplanishi yoki qoplanmasligidan qat’iy nazar, aniqlash va ishonchli baholash mumkin bo’lsa.

Daromadlar va xarajatlarni shartnomaning tugallanishi darajasiga bog’liq ravishda tan olish tugallanish darajasi usuli deb yuritiladi. Bu usulga ko’ra shartnoma bo’yicha daromadlar shartnomaning ma’lum tugallanish darajasiga yetish uchun shartnoma bo’yicha amalga oshirilgan xarajatlar bilan solishtiriladi, buning natijasida qurilish ishlarining tugallangan qismiga tegishli bo’lishi mumkin bo’lgan daromadlar, xarajatlar va foyda mutanosib ravishda tan olinadi. Bu usul shartnoma bo’yicha qurilish ishlarining hajmi va faoliyat natijalari to’g’risida foydali ma’lumot ta’minlaydi.
Tugallanish darajasi usuli qo’llanilganda shartnoma bo’yicha daromadlar qurilish ishlari bajarilgan hisobot davrlarida daromad sifatida foyda yoki zarar tarkibida tan olinadi. Shartnoma bo’yicha xarajatlar ular tegishli bo’lgan qurilish ishlari bajarilgan hisobot davrlarida xarajat sifatida foyda yoki zarar tarkibida, odatda, tan olinadi.
Pudratchi tomonidan shartnoma bo’yicha kelgusi faoliyatga tegishli bo’lgan xarajatlar amalga oshirilgan bo’lshi mumkin. Bunday xarajatlar aktiv sifatida, agar ular qoplanishining ehtimoli mavjud bo’lsa, tan olinishi kerak. Bunday xarajatlar buyurtmachidan olinadigan summani ifoda qilib, ko’pincha tugallanmagan ishlab chiqarish (qurilish) sifatida tasniflanadi.
Qurilish shartnomasining natijasi faqat shartnoma bilan bog’liq iqtisodiy naf tashkilot tomonidan olinishi ehtimoli mavjud bo’lganida ishonchli baholanishi mumkin. Biroq, shartnoma bo’yicha daromadga kiritilgan va foyda yoki zarar tarkibida tan olingan summaning olinishi shubha to’g’dirsa, olib bo’lmaydigan summa yoki olinishi ehtimoli bo’lmagan summa shartnoma bo’yicha daromadning tuzatilishi emas, balki xarajat sifatida tan olinishi kerak.
Tashkilot odatda shartnoma natijasini ishochli bahola oladi, agar u quyidagilarni aniq belgilaydigan shartnomaga kelishgan bo’lsa:

  1. qurilishi kerak bo’lgan aktiv (qurilish ob’ekti) bo’yicha har qaysi tomonning yuridik kuchga ega huquqlari;

  2. qurilish ob’ekti evaziga olinadigan tovon; va

(v) hisob-kitoblarning shakli va shartlari.
Tashkilot uchun, shuningdek, samarali ichki moliyaviy rejalatirish va hisobot
tizimiga ega bo’lish muhimdir. Tashkilot, zarur bo’lganida, shartnoma bo’yicha baholangan daromadlar va xarajatlarni shartnoma bajarilishi sari qayta ko’rib chiqadi. Bunday qayta ko’rib chiqishlar zarurati mavjudligi shartnomaning natijasini ishonchli baholab bo’lmaydi degani emas.
Shartnomaning tugallanishi darajasi bir nechta usullar bilan aniqlanishi mumkin. Tashkilot bajarilgan ishlarni ishonchli darajada baholaydigan usuldan foydalanadi. Shartnomaning xususiyatidan kelib chiqib, bu usullarga quyidagilar kiritilishi mumkin:

  1. shartnoma bo’yicha ma’lum sanagacha tugallangan ishlarga oid amalga oshirilgan xarajatlarning shartnoma bo’yicha jami baholangan xarajatlarga nisbatini aniqlash;

  2. bajarilgan ishlarning nazorat o’lchovini o’tkazish; yoki

(v) shartnoma bo’yicha tugallangan ishlarning fizik ko’rsatkichlardagi tugallanish darajasini hisoblash.
Buyurtmachilar tomonidan ishlar bajarilishi sari amalga oshiriladigan to’lovlar va olingan bo’naklar ko’pincha ish bajarilishi darajasini ko’rsatmaydi.
Tugallanish darajasi ma’lum sanagacha amalga oshirilgan shartnoma xarajatlariga bog’liq ravishda aniqlanganida, shartnoma bo’yicha xarajatlarning tugallangan ishlarni aks ettiruvchi qismigina ushbu sanagacha amalga oshirilgan xarajatlarga kiritiladi. Ularga kiritilmaydigan xarajatlarning misollari quyidagicha:

  1. shartnoma bo’yicha kelgusi faoliyatga tegishli bo’lgan shartnoma xarajatlari, masalan qurilish maydoniga yetkazilgan yoki shartnoma bo’yicha foydalanish uchun olib qo’yilgan, lekin shartnomani bajarishda haligacha o’rnatilmagan, ishlatilmagan yoki foydalanilmagan materiallar bo’yicha xarajatlar, bundan shartnoma uchun maxsus tayyorlangan materiallar xarajatlari mustasno; va

  2. ikkilamchi pudrat bo’yicha pudratchilarga ikkilamchi pudrat shartnomasi bo’yicha oldindan bajarilgan ishlar uchun amalga oshirilgan to’lovlar.

Qurilish shartnomasining natijasini ishonchli darajada baholab bo’lmaganda:

  1. daromadlar, qoplanishi mumkin bo’lgan shartnoma xarajatlarining hajmidagina, tan olinishi kerak; va

  2. shartnoma bo’yicha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrda xarajat sifatida tan olinishi kerak.

Qurilish shartnomasi bo’yicha kutilayotgan zarar darhol xarajat sifatida tan olinishi kerak.
Ko’pincha shartnoma bajarilishining ilk bosqichlarida shartnomaning natijasini ishonchli darajada baholab bo’lmaydi. Shunga qaramasdan, tashkilot shartnoma bo’yicha amalga oshiriladigan xarajatlarni qoplashi ehtimoli mavjud bo’lishi mumkin. Shuning uchun, shartnoma bo’yicha daromad qoplanishi kutilayotgan xarajatlarning qismidagina tan olinadi. Shartnomaning natijasini ishonchli darajada baholash mumkin bo’lmagani tufayli, foyda tan olinmaydi. Biroq, shartnomaning natijasini ishonchli baholash mumkin bo’lmasada, shartnoma bo’yicha jami xarajatlar shartnoma bo’yicha jami daromadlardan oshib ketishi ehtimoli mavjud bo’lishi mumkin.
Qoplanishi ehtimoli bo’lmagan shartnoma xarajatlari darhol xarajatlari sifatida
tan olinishi kerak. Amalga oshirilgan shartnoma xarajatlarining qoplanishi ehtimoli bo’lmagan va bunday xarajatlar darhol xarajatlar sifatida tan olinishi kerak bo’lishi mumkin bo’lgan vaziyatlar misoliga quyidagi shartnomalar kiradi:

  1. ular to’liq yuridik kuchga ega emas, ya’ni ularning haqiqiyligi jiddiy shubha to’g’diradi;

  2. ularning tugallanishi hal bo’lmagan sud ishi natijasiga yoki qonunchilikka bog’liq;

(v) musodara yoki ekspropriatsiya qilinishi ehtimoli bor mulkka tegishli;
(g) buyurtmachi o’z majburiyatlarini bajarishga qodir emas; yoki
(d) pudratchi sharnomani nihoyasiga yetkazish yoki shartnoma bo’yicha majburiyatlarni boshqacha qilib bajarishga qodir emas.
Shartnoma bo’yicha jami xarajatlar shartnoma bo’yicha jami daromadlardan oshsa, kutilayotgan zarar darhol xarajat sifatida tan olinishi kerak.
Bunday zararning summasi quyidagilardan qat’iy nazar aniqlanishi kerak:

  1. shartnoma bo’yicha ishlar boshlanganligi yoki boshlanmaganligi;

  2. shartnoma bo’yicha ishlarning tugallanishi darajasi; yoki

(v) qurilish shartnomasi sifatida hisobga olinmaydigan boshqa shartnomalar bo’yicha olinishi kutilayotgan foyda summasi.
Tugallanish darajasi (foizi) usuli kumulyativ asosda shartnoma bo’yicha daromadlar va xarajatlarning joriy baholangan summalariga nisbatan har hisobot davrida qo’llaniladi. Shuning uchun, shartnoma bo’yicha daromadlar va xarajatlarning baholanishidagi o’zgarishlarning oqibatlari, yoki shartnoma natijasini baholashdagi o’zgarishning oqibati, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashdagi o’zgarish kabi hisobga olinadi (BHXS 8 “Hisob siyosatlari, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashlardagi o’zgarishlar va xatolar” ga qarang). O’zgargan baholangan summalar o’zgarish ro’y bergan davr va keyingi davrlarning foydasi yoki zarari tarkibida tan olingan daromadlar va xarajatlar summasiga ta’sir qiladi.



    1. Download 1,94 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish