Ushbu standartning maqsadi tadbirkorlik sub’ekti bir yoki bir nechta boshqa tadbirkorlik sub’ektlarini nazorat qilgan hollarda jamlangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish printsiplarini belgilashdan iborat.
Ushbu standart maqsadga erishish uchun:
bir yoki bir nechta boshqa tadbirkorlik sub’ektlari (sho’’ba tadbirkorlik sub’ektlari)ni nazorat qiluvchi tadbirkorlik sub’ekti (bosh tashkilot) jamlangan moliyaviy hisobotlar taqdim etishini talab qiladi;
nazorat qilish printsipini ta’riflaydi va nazorat qilishni jamlash uchun asos sifatida belgilaydi;
(v) investor investitsiyalar ob’ektini nazorat qilayotgani yoki qilmayotgani va, binobarin, investitsiyalar ob’ektini jamlashni amalga oshirishi yoki amalga oshirmasligi lozimligini aniqlash uchun nazorat qilish printsipini qanday qo’llashni ko’rsatadi;
(g) jamlangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash maqsadida buxgalteriya hisobiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi; va
(d) investitsion tadbirkorlik sub’ekti tushunchasiga ta’rif beradi va investitsion tadbirkorlik sub’ektining muayyan sho’’ba tadbirkorlik sub’ektlarini jamlashga nisbatan istisno holatni belgilaydi.
Investor o’zining biron-bir tadbirkorlik sub’ekti (investitsiyalar ob’ekti)da ishtiroki xususiyatidan qat’i nazar, u investitsiyalar ob’ekti ustidan nazoratga ega yoki ega emasligini baholab, o’zi bosh tashkilot hisoblanishi yoki hisoblanmasligini aniqlashi lozim.
Investor, agar u investitsiyalar ob’ektida ishtirok etishdan o’zgaruvchan daromadlar olish bilan bog’liq risklarga yo’liqqan yoki bunday daromadni olish huquqiga ega, shuningdek investitsiyalar ob’ektiga nisbatan o’z vakolatlarini amalga oshirish orqali daromadga ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lsa, investitsiyalar ob’ekti ustidan nazoratga ega bo’ladi.
Shunday qilib, investor faqat quyidagi hollarda investitsiyalar ob’ekti ustidan nazoratga ega bo’ladi:
investitsiyalar ob’ektiga nisbatan vakolatlarga ega bo’lsa;
ob’ektda ishtirok etishdan o’zgaruvchan daromadlar olish bilan bog’liq risklarga yo’liqqan yoki bunday daromadni olish huquqiga ega bo’lsa; va
investorning daromadlari miqdoriga ta’sir ko’rsatish maqsadida investitsiyalar ob’ektiga nisbatan o’z vakolatlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lsa.
Investor, agar unda hozir ahamiyatga molik faoliyatni, ya’ni investitsiyalar ob’ektining daromadiga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan faoliyatni boshqarish imkoniyatini beradigan mavjud huquqlar bo’lsa, investitsiyalar ob’ektiga nisbatan vakolatlarga ega bo’ladi.
Vakolatlar huquqlar natijasida yuzaga keladi. Ayrim hollarda vakolatlarni baholash qiyinchilik tug’dirmaydi, masalan, investitsiyalar ob’ektiga nisbatan vakolatlar ulushli instrumentlar, xususan aktsiyalar yaratadigan ovoz berish huquqlarining bevosita mahsuli hisoblansa va vakolatlarni baholash faqat tegishli aktsiyalar paketi bilan bog’liq ovoz berish huquqlarini ko’rib chiqish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. Boshqa hollarda baholash bu qiyinroq bo’ladi va bir nechta omillarni ko’rib chiqishni talab qilishi mumkin (masalan, vakolatlar bir yoki bir nechta shartnoma bo’yicha kelishuvlar mahsuli bo’lsa).
Investor, agar u investitsiyalar ob’ektiga nisbatan vakolatlarga ega bo’lish, investitsiyalar ob’ektida ishtirok etishdan o’zgaruvchan daromadlar olish bilan bog’liq risklarga yo’liqish yoki bunday daromadni olish huquqiga ega bo’lish bilan bir qatorda, investor investitsiyalar ob’ektida ishtirok etishdan oladigan daromadga ta’sir ko’rsatish maqsadida o’z vakolatlaridan foydalanish imkoniyatiga ham ega bo’lsa, investitsiyalar ob’ekti ustidan nazoratga ega bo’ladi.
Shunday qilib, qarorlar qabul qilish huquqiga ega bo’lgan investor o’zi printsipal yoki agent hisoblanishini aniqlashi lozim.
Bosh tashkilot o’xshash operatsiyalar hamda o’xshash vaziyatlardagi boshqa hodisalar uchun yagona hisob siyosati yordamida jamlangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashi lozim.
Investitsiyalar ob’ektini jamlash investor investitsiyalar ob’ekti ustidan nazoratni qo’lga kiritgan paytdan boshlanadi va investor investitsiyalar ob’ekti ustidan nazoratni yo’qotgan paytda tugallanadi.
Bosh tashkilot moliyaviy holat to’g’risidagi jamlangan hisobotda kapital tarkibidagi nazorat kuchiga ega bo’lmagan ulushlarni bosh tashkilot mulkdorlarining kapitalidan alohida ifodalashi lozim.
Bosh tashkilotning sho’’ba tadbirkorlik ob’ektida ishtirokchi sifatidagi ulushida yuz bergan, bosh tashkilot sho’’ba tadbirkorlik ob’ekti ustidan nazoratni yo’qotishiga olib kemaydigan o’zgarishlar kapital bilan operatsiyalar (ya’ni mulkdorlar bilan operatsiyalar) sifatida hisobga olinadi.
Agar bosh tashkilot sho’’ba tadbirkorlik sub’ekti ustidan nazoratni yo’qotgan bo’lsa, bosh tashkilot:
sobiq sho’’ba tadbirkorlik sub’ektining aktivlari va majburiyatlarini moliyaviy holat to’g’risidagi jamlangan hisobotda hisobdan chiqaradi.
nazorat yo’qotilgan sanada sobiq sho’’ba tadbirkorlik sub’ektida qolgan har qanday investitsiyalarning haqqoniy qiymatda tan olishni to’xtatadi va keyinchalik bunday investitsiyalarni, shuningdek sobiq sho’’ba tadbirkorlik sub’ektidan yoki uning foydasiga to’lanishi lozim bo’lgan har qanday summalarni hisob yuritishda tegishli MHXSda belgilangan tartibda aks ettiradi. Mazkur haqqoniy qiymat moliyaviy aktivni MHSS 9 ga muvofiq dastlabki tan olishda haqqoniy qiymat yoki, zarur holda, qaram
tadbirkorlik sub’ekti yoki birgalikdagi faoliyatga investitsiyalar tannarxi sifatida baholanadi.
(v) nazoratni yo’qotish bilan bog’liq bo’lgan, sobiq nazorat paketida hisobga olinadigan foyda yoki zararni tan oladi.