Standartlari


MAVZU. KONSOLIDATsIYaLASh ASOSLARINI HISOBGA OLUVChI STANDARTLARINING TAVSIFI



Download 1,94 Mb.
bet43/136
Sana27.10.2022
Hajmi1,94 Mb.
#857151
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   136
Bog'liq
IFRS

MAVZU. KONSOLIDATsIYaLASh ASOSLARINI HISOBGA OLUVChI STANDARTLARINING TAVSIFI





    1. BHXS (IAS) 28 “Qaram tashkilotlardagi va qo’shma korxonalardagi

investitsiyalar”


Mazkur Standartning maqsadi qaram tashkilotlardagi investitsiyalarga nisbatan buxgalteriya hisobini belgilash hamda qaram tashkilotlar va qo’shma korxonalardagi investitsiyalarni hisobga olishda ulush bo’yicha hisobga olish usuli qo’llanilishiga nisbatan talablarni belgilashdan iboratdir.
Agarda tashkilot, bevosita yoki bilvosita (masalan sho’’ba tashkilotlari orqali), investitsiya ob’ektida 20 foiz yoki undan ko’proq ovoz berish huquqiga ega bo’lsa, bunday tashkilot jiddiy ta’sirga ega deb hisoblanadi, agarda bunday ta’sir mavjud emasligi yaqqol namoyon bo’lmasa. Aksincha, agarda tashkilot, bevosita yoki bilvosita (masalan sho’’ba tashkilotlari orqali), investitsiya ob’ektida 20 foizdan kamroq ovoz berish huquqiga ega bo’lsa, bunday tashkilot jiddiy ta’sirga ega emas deb hisoblanadi, agarda bunday ta’sir yaqqol namoyon bo’lmasa. Boshqa investor investitsiya ob’ektida sezilarli yoki ko’pchilik egalik huquqiga ega bo’lishi tashkilotning jiddiy ta’sirga ega bo’lishiga tusqinliq qilishini anglatmaydi.
Tashkilot tomonidan jiddiy ta’sirning mavjudligi odatda quyidagi holatning birida yoki bir nechasida namoyon bo’ladi:

  1. investitsiya ob’ektining direktorlar kengashida yoki sho’nga o’xshash boshqaruv organida vakilga ega bo’lish;

  2. siyosatni ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish, jumladan dividendlar yoki boshqa taqsimotlar bo’yicha muhokamalarda ishtirok etish;

(v) tashkilot bilan uning investitsiya ob’ekti o’rtasidagi ahamiyatli operatsiyalar;
(g) rahbariyat xodimlarining o’zaro almashinuvi; yoki
(d) muhim texnik ma’lumotlarni ta’minlash.
Tashkilot aktsiya varrantlarini, aktsiya “koll” optsionlarini, oddiy aktsiyalarga konvertatsiya qilinadigan qarz yoki ulushli instrumentlar, yoki, agarda qo’llanilganda yoki konvertatsiya qilinganda, tashkilotga boshqa tashkilotning moliyaviy va operatsion siyosatlari bo’yicha qo’shimcha ovoz berish huquqini beradigan yoki boshqa tomonning ovoz berish huquqini kamaytiradigan potentsialga ega boshqa sho’nga o’xshash instrumentlarga (ya’ni potentsial ovoz berish huquqlariga) egalik qilishi mumkin. Joriy davrda qo’llanilishi yoki konvertatsiyalanishi mumkin bo’lgan potentsial ovoz berish huquqlarining, jumladan boshqa tashkilotlar tomonidan egalik qilinadigan potentsial ovoz berish huquqlarining mavjudligi va ta’siri tashkilot jiddiy ta’sirga ega bo’lishi yoki bo’lmasligini baholashda inobatga olinadi. Potentsial ovoz berish huquqlari joriy davrda qo’llanilmaydi yoki konvertatsiya qilinmaydi deb hisoblanadi, qachonki ular, masalan, kelgusi sanagacha yoki kelgusi hodisagacha qo’llanilmasa yoki konvertatsiya qilinmasa.
Potentsial ovoz berish huquqlari jiddiy ta’sirga olib kelishini baholashda, tashkilot potentsial huquqlarga ta’sir etadigan barcha ma’lumotlarni va holatlarni (jumladan, potentsial ovoz berish huquqlarini qo’llash shartlari hamda alohida yoki birgalikda inobatga olinishidan qat’iy nazar, har qanday boshqa shartnomaviy
kelishuvlarni) tahlil qiladi, bundan ushbu potentsial huquqlarni qo’llash yoki konvertatsiya qilish bo’yicha rahbariyatning hohishi va moliyaviy imkoniyatlar istisno.
Qachonki tashkilot investitsiya ob’ektining moliyaviy va operatsion siyosatining qarorlarida ishtirok etish huquqini yo’qotsa, u ushbu investitsion ob’ekt ustidan jiddiy ta’sirni yo’qotadi. Jiddiy ta’sirning yo’qotilishi mutlaq yoki nisbiy egalik huquqining darajasidagi o’zgarish bilan yoki ushbu o’zgarishsiz sodir bo’lishi mumkin. Bunday holat, masalan, qaram tashkilot hukumat, sud, ma’muriyat yoki tartibga soluvchi organ nazorati ostida bo’lganida sodir bo’lishi mumkin. Bunday holat shartnomaviy kelishuv natijasida ham sodir bo’lishi mumkin.
Ulush bo’yicha hisobga olish usulida, dastlabki tan olinishda qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiya tannarxda tan olinadi, va uning balans qiymati xarid sanasidan so’ng investitsiya ob’ektining foyda yoki zararidagi investorning ulushini tan olish paytida ko’payadi yoki kamayadi. Investitsiya ob’ektining foyda yoki zararidagi investorning ulushi investorning foyda yoki zarari tarkibida tan olinadi. Investitsiya ob’ekti tomonidan taqsimlangan summalarni olish natijasida investitsiyaning balans qiymati kamayadi. Investitsiya ob’ektining boshqa umumlashgan daromadidagi o’zgarishlardan yuzaga keladigan investitsiya ob’ektidagi investorning ulushidagi o’zgarishlar natijasida ham investitsiyaning balans qiymatini to’g’rilash zarur bo’lishi mumkin. Bunday o’zgarishlar asosiy vositalarni qayta baholashdan va bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazishdagi valyuta kursi farqlaridan yuzaga keladigan o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Ushbu o’zgarishlardagi investorning ulushi investorning boshqa umumlashgan daromadida tan olinadi (BHXS 1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” ga qarang).
Investitsiya ob’ekti tomonidan taqsimlangan summalarni olish natijasida tan olinadigan daromad qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyadan investor tomonidan ishlab topilgan daromadning maqbul o’lchovini anglatmasligi mumkin, chunki olingan summalar qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning faoliyati natijalarini yetarlicha aks ettirmasligi mumkin. Investor investitsiya ob’ekti ustidan birgalikdagi nazoratga, yoki jiddiy ta’sirga, ega bo’lganligi tufayli, investor qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning faoliyati natijasida ulushga, va buning natijasida, o’z investitsiyasi bo’yicha foydalilikka egadir. Investor ushbu ulushni shunday hisobga oladiki, bunda ushbu investitsiya ob’ektining foyda yoki zararidagi investorning ulushini moliyaviy hisobotlarda aks ettirish natijasida investorning moliyaviy hisobotlari ko’lami kengayadi. Natijada, ulush bo’yicha hisobga olish usuli investorning sof aktivlari va foyda yoki zarari to’g’risida ko’proq ma’lumotlarni o’z ichiga olgan hisobotni ta’minlaydi.
Ba’zi holatlarda, tashkilot uning egalik ulushi bilan bog’liq daromadlarga unga ayni paytda huquq beradigan operatsiya natijasida, aslida, mavjud bo’lgan egalik ulushiga ega bo’ladi. Bunday holatlarda, investitsiya ob’ekti tomonidan taqsimlanadigan summalarning tashkilotga tegishli ulushi ushbu potentsial ovoz berish huquqlarining amalga oshirilishi hamda ayni paytda daromadlarni olishga huquq beradigan boshqa derivativ instrumentlardan amalda foydalanishni hisobga olgan holda aniqlanadi.
MHXS 9 “Moliyaviy instrumentlar” ulush bo’yicha hisobga olish usuli bo’yicha
hisobga olingan qaram tashkilotlardagi va qo’shma korxonalardagi ulushlarga nisbatan qo’llanilmaydi. Qachonki potentsial ovoz berish huquqlarini qamrab oladigan instrumentlar mazmunan qaram tashkilotdagi va qo’shma korxonadagi egalik ulushi bilan bog’liq daromadlarga nisbatan huquqni ta’minlasa, instrumentlar MHXS 9 ning qo’llash doirasida bo’lmaydi. Boshqa barcha holatlarda, qaram tashkilotdagi va qo’shma korxonadagi potentsial ovoz berish huquqlarini qamrab oladigan instrumentlar MHXS 9 ga muvofiq hisobga olinadi.
Qaram tashkilotdagi va qo’shma korxonadagi investitsiya, yoki investitsiyaning qismi, MHXS 5 “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugatilgan faoliyatlar” ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflanmaguncha, investitsiya, yoki sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflanmagan investitsiyadagi har qanday qoldiq ulush, uzoq muddatli aktiv sifatida tasniflanishi lozim.
Investtsiya ob’ekti ustidan birgalikdagi nazoratga, yoki jiddiy ta’sirga, ega tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish usuli bo’yicha o’zining qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyasini hisobga olishi lozim.
Tashkilot o’zining qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyasiga nisbatan ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashi talab etilmaydi, agarda tashkilot MHXS 10dagi istisno doirasida jamlangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashdan ozod etiladigan bosh tashkilot bo’lsa yoki agarda quyidagilarning barchasi qo’llanilsa:

  1. Tashkilot to’liq egalik qilinadigan sho’’ba tashkilotidir, yoki boshqa tashkilotning qisman egalik qilinadigan sho’’ba tashkilotidir va uning boshqa mulk egalari, jumladan boshqa hollarda ovoz berish huquqiga ega bo’lmagan mulk egalari, tashkilotning ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashi to’g’risida xabardor qilingan va bunga qarshilik qilmaydigan bo’lsa.

  2. Tashkilotning qarz yoki ulushli instrumentlari ochiq bozorda (ichki yoki tashqi fond birjasi yoki birjadan tashqari bozor, jumladan mahalliy va hududiy bozorlarda) savdo qilinmasa.

(v) Tashkilot ochiq bozorda instrumentlarning har qanday turkumini emissiya qilish maqsadida qimmatli qog’ozlar qumitasiga yoki boshqa tartibga soluvchi tashkilotga o’zining moliyaviy hisobotlarini taqdim etmagan bo’lsa hamda taqdim etish jarayonida bo’lmasa.
(g) Tashkilotning yakuniy yoki har qanday oraliq bosh tashkilot MHXSlarga mos keladigan jamlangan moliyaviy hisobotlarni aholi foydalanishi uchun chop etsa.
Qachonki qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiya bevosita, yoki bilvosita, venchur kapital tashkiloti bo’lgan tashkilot, yoki o’zaro fond, birlik trast fondi va sho’nga o’xshash tashkilotlari, jumladan investitsiyaga-bog’langan sug’urta fondlari, orqali egalik qilinsa, tashkilot ushbu qaram tashkilotlardagi yoki qo’shma korxonalardagi investitsiyalarni MHXS 9 ga muvofiq haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan investitsiya sifatida aks ettirishni tanlashi mumkin.
Qachonki tashkilot qaram tashkilotda investitsiyaga ega bo’lib, uning ma’lum qismi bilvosita venchur kapital tashkiloti, yoki o’zaro fond, birlik trast fondi va sho’nga o’xshash tashkilotlari, jumladan investitsiyaga-bog’langan sug’urta fondlari, orqali egalik qilinsa, bunda venchur kapital tashkiloti, yoki o’zaro fond, birlik trast
fondi va sho’nga o’xshash tashkilotlari, jumladan investitsiyaga-bog’langan sug’urta fondlari, investitsiyaning ushbu qismi ustidan jiddiy ta’sirga ega bo’lishidan qat’iy nazar, tashkilot qaram tashkilotdagi investitsiyaning ushbu qismini MHXS 9 ga muvofiq haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan investitsiya sifatida aks ettirishni tanlashi mumkin. Agarda tashkilot ushbu tanlovni amalga oshirsa, tashkilot venchur kapital tashkiloti, yoki o’zaro fond, birlik trast fondi va sho’nga o’xshash tashkilotlari, jumladan investitsiyaga-bog’langan sug’urta fondlari, orqali egalik qilinmaydigan qaram tashkilotdagi o’z investitsiyasining har qanday qoldiq qismiga nisbatan ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashi lozim.
Tashkilot sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflanish mezonini qanoatlantiradigan qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyaga, yoki investitsiyaning qismiga, nisbatan MHXS 5 ni qo’llashi lozim. Sotish uchuna mo’ljallangan sifatida tasniflanmagan qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyaning har qanday qoldiq qismi sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan qismning chiqib ketishi sodir bo’lgunga qadar ulush bo’yicha hisobga olish usulida hisobga olinishi lozim. Chiqib ketish sodir bo’lgandan so’ng, tashkilot qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi har qanday qoldiq ulushni MHXS 9 ga muvofiq hisobga olishi lozim, bunda qoldiq ulush tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish usulidan foydalanadigan holatdagi qaram tashkilot yoki qo’shma korxona bo’lishda davom etmaguncha.
Qachonki oldin sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyaga, yoki investitsiyaning qismi, bundan buyon bunday tasniflanish mezonini qanoatlantirmasa, u sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan sanadan boshlab retrospektiv tarzda ulush bo’yicha hisobga olish usuli yordamida hisobga olinishi lozim. Sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflanishdan keyingi davrlardagi moliyaviy hisobotlar o’z navbatida o’zgartirilishi lozim.
Tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish usulidan foydalanishni shunday sanadan boshlab to’xtatishi lozimki, bunda uning investitsiyasi qaram tashkilot yoki qo’shma korxonaga investitsiya bo’lib boshqa hisoblanmaydi:

  1. Agar investitsiya sho’’ba tashkilotga investitsiya bo’lib o’zgaradigan bo’lsa, tashkilot o’z investitsiyasini MHXS 3 “Biznes birlashuvlari” va MHXS 10 ga muvofiq hisobga olishi lozim.

  2. Agarda sobiq qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi qoldiq ulush moliyaviy aktiv bo’lsa, tashkilot qoldiq ulushni haqqoniy qiymatda baholashi lozim. Qoldiq ulushning haqqoniy qiymati, xuddi MHXS 9 ga muvofiq moliyaviy aktivdek, dastlabki tan olinishda uning haqqoniy qiymati sifatida hisoblanishi lozim. Tashkilot foyda yoki zararda quyidagilar o’rtasidagi har qanday farqni tan olishi lozim:

  • har qanday qoldiq ulushning haqqoniy qiymati va qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi ulush qismining chiqib ketishi bo’yicha har qanday tushumlar bilan

  • ulush bo’yicha hisobga olish usuli to’xtatilgan sanadagi investitsiyaning balans qiymati.

(v) Qachonki tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish usulidan foydalanishni to’xtatsa, tashkilot ushbu investitsiyaga nisbatan oldin boshqa umumlashgan
daromadda tan olingan barcha miqdorlarni shunday bir xil asosda hisobga olishi lozimki, xuddi investitsiya ob’ekti tegishli aktivlarni yoki majburiyatlarni bevosita hisobdan chiqarganda talab etilgan kabi asosda.
Shu tufayli, agarda investitsiya ob’ekti tomonidan oldin boshqa umumlashgan daromadda tan olingan foyda yoki zarar tegishli aktivlar yoki majburiyatlar hisobdan chiqarilganida foyda yoki zarar tarkibida qayta tasniflanadigan bo’lsa, tashkilot oldin kapitalda aks ettirilgan foyda yoki zararni ulush bo’yicha hisobga olish usuli to’xtatilganida foyda yoki zarar tarkibiga o’tkazadi (qayta tasniflash bo’yicha tuzatish sifatida). Masalan, agarda qaram tashkilot yoki qo’shma korxona xorijdagi bo’linmaga tegishli yig’ilgan kurs farqlariga ega bo’lsa va tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish usulidan foydalanishni to’xtatsa, tashkilot xorijdagi bo’linmaga nisbatan oldin boshqa umumlashgan daromadda tan olingan foyda yoki zararni foyda yoki zararga o’tkazishi (qayta tasniflashi) lozim.
Agarda qaram tashkilotdagi investitsiya qo’shma korxonadagi investitsiyaga o’zgarsa yoki qo’shma korxonadagi investitsiya tashkilotdagi investitsiyaga o’zgarsa, tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashni davom ettiradi va qoldiq ulushni qayta baholamaydi.
Agarda tashkilotning qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi egalik ulushi kamaysa, ammo tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashni davom ettirsa, tashkilot egalik ulushidagi ushbu kamayishga nisbatan oldin boshqa umumlashgan daromadda tan olingan foyda yoki zararning qismini foyda yoki zararga o’tkazishi (qayta tasniflashi) lozim, xuddiki ushbu foyda yoki zarar tegishli aktivlar yoki majburiyatlarning chiqib ketishida foyda yoki zararga o’tkazilishi (qayta tasniflanishi) talab etilganidek.
Ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llash uchun o’rinli bo’lgan amallarning ko’pchiligi BHXS 10 da izohlangan jamlash amallariga o’xshashdir. Bundan tashqari, sho’’ba tashkilotini sotib olishni hisobga olishda qo’llaniladigan amallarni belgilaydigan tushunchalar qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyani sotib olishni hisobga olishda ham qabul qilinadi.
Guruhning qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi ulushi bosh tashkilot va uning sho’’ba tashkilotlari tomonidan ushbu qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi egalik huquqlarining jamlanmasidir. Guruhning boshqa qaram tashkilotlardagi yoki qo’shma korxonalardagi egalik huquqlari ushbu maqsadda inobatga olinmaydi. Qachonki qaram tashkilot yoki qo’shma korxona sho’’ba tashkilotlarga, qaram tashkilotlarga yoki qo’shma korxonalarga ega bo’lsa, ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashda hisobga olinadigan foyda yoki zarar, boshqa umumlashgan daromad va sof aktivlar bo’lib moliyaviy hisobotlarda bir xil hisob siyosatlari aks ettirilishi uchun zarur bo’lgan har qanday tuzatishlar kiritilishidan keyin qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning moliyaviy hisobotlarida tan olingan foyda yoki zarar, boshqa umumlashgan daromad va sof aktivlari hisoblanadi (jumladan qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning uning qaram tashkilotlar yoki qo’shma korxonalari foyda yoki zararidagi, boshqa umumlashgan daromadidagi va sof aktivlaridagi ulushi) .
Tashkilot (jumladan uning jamlangan sho’’ba tashkilotlari) bilan uning qaram tashkiloti yoki qo’shma korxonasi o’rtasidagi “Pastdan yuqoriga qaratilgan” va
“Yuqoridan pastga qaratilgan” operatsiyalardan yuzaga keladigan foyda yoki zararlar tashkilotning moliyaviy hisobotlarida faqatgina o’zaro bog’liq bo’lmagan investorlarning qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi ulushlari darajasida tan olinadi. “Pastdan yuqoriga qaratilgan” operatsiyalar, masalan, qaram tashkilotdan yoki qo’shma korxonadan investorga aktivlarning sotilishidir. “Yuqoridan pastga qaratilgan” operatsiyalar, masalan, investordan uning qaram tashkilotga yoki qo’shma korxonasiga aktivlarning sotilishi yoki taqdim etilishidir. Ushbu operatsiyalardan yuzaga keladigan investorning qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning foyda yoki zararlaridagi ulushi chiqarib tashlanadi.
Qachonki yuqoridan pastga qaratilgan operatsiyalar sotiladigan yoki taqdim etiladigan aktivlarning sof sotish qiymatida kamayishni, yoki ushbu aktivlarning qadrsizlanishi natijasida olinadigan zararni, aks ettirsa, ushbu zararlar investor tomonidan to’liq tan olinishi lozim. Qachonki pastdan yuqoriga qaratilgan operatsiyalar sotib olinadigan aktivlarning sof sotish qiymatida kamayishni, yoki ushbu aktivlarning qadrsizlanishi natijasida olinadigan zararni, aks ettirsa, investor ushbu zararlardagi o’z ulushini tan olishi lozim.
Nomonetar aktivning qaram tashkilotga yoki qo’shma korxonaga qaram tashkilot yoki qo’shma korxona kapitalidagi ulush evaziga berilishi BHXS 16 “Asosiy vositalar” da izohlangandek ushbu nomonetar aktivning kapitalga qo’yilma sifatida berilishi tijorat maqsadlarida amalga oshirilmagan holatdan tashqari. Agarda ushbu qo’yilma tijorat maqsadida amalga oshirilmagan bo’lsa, foyda yoki zarar o’zlashtirilmagan deb hisoblanadi. Bunday o’zlashtirilmagan foyda va zararlar ulush bo’yicha hisobga olish usuli yordamida hisobga olingan investitsiyadan chegirib tashlanishi lozim va tashkilotning moliyaviy holat to’g’risidagi jamlangan hisobotida yoki tashkilotning investitsiyalari ulush bo’yicha hisobga olish usuli yordamida hisobga olingan moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotida muddati kechiktirilgan foyda yoki zararlar sifatida taqdim etilmasligi lozim.
Agar tashkilot qaram tashkilot yoki qo’shma korxona kapitalidagi ulushga ega bo’lishga qo’shimcha tarzda, monetar yoki nomonetar aktivlarni ham olsa, tashkilot olingan monetar yoki nomonetar aktivlarga tegishli bo’lgan nomonetar qo’yilma bo’yicha foyda yoki zararning qismini o’zining foyda yoki zararida to’liq tan oladi.
Investitsiya qaram tashkilot yoki qo’shma korxonani tashkil etadigan sanadan boshlab ulush bo’yicha hisobga olish usuli asosida hisobga olinadi. Investitsiya sotib olinganida, investitsiyaning tannarxi bilan investitsiya ob’ektining aniqlanadigan aktivlari va majburiyatlarining sof haqqoniy qiymatlaridagi tashkilotning ulushi o’rtasidagi har qanday farq quyidagicha hisobga olinadi:

  1. Qaram tashkilotga yoki qo’shma korxonaga tegishli gudvill investitsiyaning balans qiymatiga kiritiladi. Ushbu gudvillni amortizatsiya qilishga ruxsat etilmaydi.

  2. investitsiya ob’ektining aniqlanadigan aktivlari va majburiyatlarining sof haqqoniy qiymatidagi tashkilot ulushining investitsiya tannarxidan har qanday ortiq qismi investitsiya sotib olingan davrda qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning foyda yoki zararidagi tashkilotning ulushini aniqlashda daromad sifatida hisobga olinadi.

Qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning foyda yoki zararidagi
tashkilotning ulushiga xarid sanasidan so’nggi tegishli tuzatishlar, masalan, xarid sanasidagi eskirish hisoblanadigan aktivlarning haqqoniy qiymatlariga asoslangan ularning eskirishini hisobga olish maqsadida amalga oshiriladi. Xuddi shuningdek, qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning foyda yoki zararidagi tashkilotning ulushiga xarid sanasidan so’nggi tegishli tuzatishlar gudvill yoki asosiy vositalar kabilar uchun qadrsizlanishdan olingan zararlarni hisobga olish maqsadida amalga oshiriladi.
Qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning eng yaqin oradagi oldingi davr uchun moliyaviy hisobotlari tashkilot tomonidan ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashda foydalaniladi. Qachonki tashkilotning hisobot davrining oxiri qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonanining hisobot davri oxiridan farq qilsa, qaram tashkilot yoki qo’shma korxona tashkilotning foydalanishi uchun tashkilotning moliyaviy hisobotlarining sanasi bilan bir xil bo’lgan sana holatiga o’z moliyaviy hisobotlarini tayyorlaydi, bunda uni tayyorlash amaliy imkonsiz bo’lmaguncha.
Qachonki ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashda foydalanilgan qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning moliyaviy hisobotlari tashkilotning moliyaviy hisobotlari sanasidan farq qiladigan sanada tayyorlangan bo’lsa, tuzatishlar ushbu sana bilan tashkilotning moliyaviy hisobotlari sanasi orasida sodir bo’ladigan muhim operatsiyalar yoki hodisalar ta’sirlariga nisbatan amalga oshirilishi lozim. Har qanday holatda, qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonanining hisobot davri oxiri bilan tashkilotning hisobot davrining oxiri o’rtasidagi farq uch oydan ortiq bo’lmasligi lozim. Hisobot davrlarining uzunligi va hisobot davrlari oxirlari o’rtasidagi har qanday farq davrdan davrga bir xil bo’lishi lozim.
Tashkilotning moliyaviy hisobotlari bir xil bo’lgan operatsiyalar va hodisalar uchun yagona hisob siyosatlari asosida tayyorlanishi lozim.
Agarda qaram tashkilot yoki qo’shma korxona bir xil operatsiyalar va hodisalar uchun tashkilotning hisob siyosatlaridan farq qiladigan siyosatlardan foydalansa, tuzatishlar qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning hisob siyosatlarini tashkilotning siyosatlariga mos kelishini ta’minlash uchun amalga oshiriladi, qachonki qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning moliyaviy hisobotlari tashkilot tomonidan ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashda foydalanilsa.
Agarda qaram tashkilot yoki qo’shma korxona tashkilotdan tashqari boshqa tomonlar tomonidan egalik qilinadigan amaldagi kumulyativ imtiyozli aktsiyalarga ega bo’lsa va ular kapital sifatida tasniflangan bo’lsa, tashkilot foyda yoki zarardagi o’zining ulushini bunday aktsiyalar bo’yicha dividendlarga nisbatan to’g’rilagandan so’ng hisoblaydi, bunda dividendlar e’lon qilingan yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar.
Agarda qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning zararlaridagi tashkilotning ulushi uning qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi ulushiga teng yoki ortiq bo’lsa, tashkilot keyingi zararlardagi o’z ulushini tan olishni to’xtatadi. Qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi ulush, ulush bo’yicha hisobga olish usuli asosida aniqlangan qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyaning balans qiymati bo’lib, unga qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi tashkilotning sof investitsiyasining qismini, mohiyatan, tashkil etadigan har qanday uzoq muddatli ulushlar qo’shiladi. Masalan, yaqin kelajakda hisob-kitob
qilinishi rejalashtirilmagan yoki sodir bo’lish ehtimoli mavjud bo’lmagan modda, mohiyatan, ushbu qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi tashkilotning investitsiyasining ko’payishiga olib keladi. Bunday moddalar imtiyozli aktsiyalarni va uzoq muddatli debitorlik qarzlari yoki kreditlarni o’z ichiga olishi mumkin, ammo savdo bo’yicha debitorlik qarzlari, savdo bo’yicha kreditorlik qarzlarini yoki kafolatlangan kreditlar kabi tegishli garov mavjud bo’lgan har qanday uzoq muddatli debitorlik qarzlarini o’z ichiga olmaydi. Oddiy aktsiyalardagi tashkilotning investitsiyasidan ortiq miqdorda ulush bo’yicha hisobga olish usuli orqali tan olingan zararlar qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi tashkilot ulushining boshqa tarkibiy qismlariga ularning muddatiga teskari (ya’ni likvidatsiyada afzalligi) tarzda qo’llaniladi.
Tashkilotning investitsiya ob’ektidagi ulushi nolgacha kamaytirilganidan so’ng, faqatgina tashkilot yuridik yoki konstruktiv majburiyatlarga ega bo’lgan yoki qaram tashkilot yoki qo’shma korxona nomidan to’lovlarni amalga oshirgan darajada qo’shimcha zararlar qoplanadi, va majburiyat tan olinadi. Agarda qaram tashkilot yoki qo’shma korxona keyinchalik foydalarni hisobotda aks ettirsa, tashkilot faqatgina foydalardagi o’zining ulushi tan olinmagan zararlardagi ulushiga teng bo’lgandan so’ng ushbu foydalardagi o’z ulushini tan olishni boshlaydi.
Ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashdan, jumladan qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning zararlarini tashkilot qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi o’zining sof investitsiyasining qo’shimcha qadrsizlanishi bo’yicha zararni tan olishi kerak yoki kerak emasligini aniqlash uchun BHXS 39 “Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash” ni qo’llaydi.
Tashkilot sof investitsiyaning ma’lum qismini va qadrsizlanish bo’yicha zarar miqdorini tashkil etmaydigan qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi o’zining sof investitsiyasiga nisbatan har qanday qo’shimcha qadrsizlanish zararini tan olishi zarurligini aniqlash uchun BHXS 39 ni qo’llaydi.
Qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyaning balans qiymatining qismini tashkil etadigan gudvill alohida tan olinmasligi tufayli, u BHXS 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” dagi qadrsizlanishga tekshirish talablarini qo’llash maqsadida uning qardsizlanganligi tekshirilmaydi. Aksincha, investitsiyaning butun balans qiymati BHXS 36 ga muvofiq yagona aktiv sifatida uning qoplanadigan summasini (foydalanishdagi qiymat bilan sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymat o’rtasidagi ko’prog’i) uning balans qiymatiga taqqoslash yo’li bilan investitsiyaning qadrsizlanganligi tekshiriladi, agar BHXS 39 ning talablari qo’llanilishi natijasida investitsiya qadrsizlangan bo’lishi mumkinligi aniqlansa. Ushbu holatlarda tan olingan qadrsizlanish bo’yicha zarar qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyaning balans qiymatining ma’lum qismini tashkil etadigan har qanday aktiv, jumladan gudvil, hisobidan qoplanmaydi. O’z navbatida, ushbu qadrsizlanish bo’yicha zararning tiklanishi BHXS 36 ga muvofiq investitsiyaning qoplanadigan summasi oshishi darajasida tan olinadi. Investitsiyaning foydalanishdagi qiymatini aniqlashda, tashkilot quyidagilarni baholaydi:

  1. qaram tashkilot yoki qo’shma korxona tomonidan hosil qilinishi kutilgan kelgusi pul oqimlarining joriy qiymatidagi o’zining ulushini, jumladan qaram tashkilot yoki qo’shma korxona faoliyatlaridan pul oqimlari va investitsiyaning yakuniy chiqib

ketishidan tushumlardagi ulushini; yoki

  1. investitsiyadan va uning yakuniy chiqib ketishidan olinadigan dividendlardan yuzaga kelishi kutilgan baholangan kelgusi pul oqimlarining joriy qiymatini.

To’g’ri farazlardan foydalangan holda, ikkala usul ham bir xil natijani ta’minlaydi.
Qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyaning qoplanadigan qiymati har bir qaram tashkilot yoki qo’shma korxona uchun baholanishi lozim, bunda qaram tashkilot yoki qo’shma korxona o’z faoliyatida tashkilotning boshqa aktivlari bo’yicha pul oqimlaridan sezilarli darajada mustaqil bo’lgan pul oqimlarini yuzaga keltirmaguncha.



    1. Download 1,94 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish